Mushaklarning tasniflanishi. Mushaklarning tasniflanishi. Mushak qisqargan vaqtda uning bir uchi harakatsiz bo‘lib, harakatsiz nuqta deyiladi. Bu nuqta asosan mushakning boshlanish qismida bo‘ladi. Harakatli nuqta mushak birikkan ikkinchi suyakda bo‘lib, mushak qisqargan vaqtda u o‘z holatini o‘zgartiradi. Skelet mushaklari shakl jihatidan uch xil: uzun, kalta va keng bo‘ladi. Uzun mushaklar duksimon tuzilishga ega bo‘lib, ular qo‘l va oyoqlarda richag vazifasini bajaradilar. Keng mushaklarga esa tana mushaklari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |