qism: tashqi, o‘rta va ichki quloqdan iborat. Tashqi quloqqa qu-
bo‘shlig‘i, so‘rg‘ichsimon katakchalar va eshituv nayi kiradi. An-
yarim doira kanallar) qismlariga bo‘linadi. Tashqi va o‘rta quloq
rish vazifasini bajaradi. U quloq chig‘anog‘i va tashqi eshi-
tuv yo‘lidan iborat. Quloq chig‘anog‘i elastik tog‘aydan
loq chig‘anog‘ining bo‘lakchasi bor. Quloq chig‘anog‘ining er-
kin chekkasi buralib burma hosil qiladi. Uning oldingi qismi
tashqi eshituv yo‘li ustida burma oyoqchasi bo‘lib tugaydi. Bur-
dagi burma yotadi. Tash qi eshituv yo‘lining oldida supacha joy-
503
lashgan. Qarshi burmaning pastki qismida quloq supachasiga
qarshi supacha joylashgan. Orqa tomondan qarshi burma, old
tomondan supachaning o‘rtasida tashqi eshituv yo‘liga davom
etuvchi botiqlik – chig‘anoq bo‘sh lig‘i bor.
Tashqi eshituv yo‘li gorizontal sathda joylashib «S» shaklida
bo‘ladi. Uning tashqi tomoni ochiq bo‘lib, ichkarida nog‘ora par-
da vositasida o‘rta quloqdan ajralib turadi. Tashqi eshituv yo‘lining
tog‘ay qismi quloq chig‘anog‘ining davomi bo‘lib, uning uzunligi-
ning 1/3 qismini tashkil qiladi. Uning suyak qismi esa 2/3 qismini
tashkil qilib, chakka suyagi piramidasi ichida joylashgan. Tashqi
eshituv yo‘lining tog‘ay qismini o‘tish joyi toraygan va bukilgan.
U teri bilan qoplangan va oltingugurtga boy modda ishlab chiqa-
ruvchi seruminoz bezlar bor.
Nog‘ora pardasi oval shaklidagi o‘lchamlari 11×9 mm bo‘lgan
yup qa plastinkadan iborat. U tashqi eshituv yo‘lining oxiri-
da chakka suyagi nog‘ora qismi egatida joylashib, tashqi eshituv
yo‘lini nog‘ora bo‘shlig‘idan ajratib turadi. Uning pastki keng ta-
rang qismi va ust ki 2 mm kenglikdagi chakka suyagining palla
qismiga tegib turgan bo‘sh qismi tafovut qilinadi. Nog‘ora par-
daning o‘rtasida bolg‘achaning dastasi birikishidan hosil bo‘lgan
botiqlik nog‘ora parda kindigi bor. Nog‘ora parda tashqi eshituv
yo‘li pastki devoriga nisbatan 45–55° hosil qilib qiya joylasha-
di. Nog‘ora pardaning tarang qismida fibroz qavat bo‘lib, u tash-
qi tomondan teri, ichki tomondan shilliq parda bilan qoplangan.
Bo‘sh qismida esa fibroz qavat bo‘lmay, faqat teri va shilliq par-
dadan iborat.
O‘rta quloq tarkibiga nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv nayi kiradi.
No g‘ora bo‘shlig‘i chakka suyagi piramidasi ichida joylashgan,
ichi shilliq parda bilan qoplangan, hajmi 1 sm
3
ga teng havo bi-
lan to‘la bo‘shliq. Uning oltita devori tafovut qilinadi: 1. Yuqorgi
tomli devori nog‘ora bo‘shlig‘ini kalla bo‘shlig‘idan ajratib turuv-
chi yupqa suyak plastinkadan iborat. 2. Pastki bo‘yinturuq devori
bo‘yinturuq chuqurchasi sohasiga to‘g‘ri keladi. 3. Medial labi-
rintli devori nog‘ora bo‘shlig‘ini suyak labirintdan ajratib turadi.
Bu devor o‘rtasida nog‘ora bo‘shlig‘iga turtib chiqqan tumshuq
bor. Undan yuqoriroq va biroz orqaroqda dahlizga olib boruvchi
oval teshik – dahliz darchasi joylashgan bo‘lib, uni uzangi asosi
berkitib turadi. Tum shuqdan orqada va pastroqda yumaloq te shik
– chig‘anoq darchasi bor. U nog‘ora bo‘shlig‘ini nog‘ora narvo-
504
nidan ajratib turuvchi ikkilamchi nog‘ora parda bilan qoplangan.
4. Orqa so‘rg‘ichsimon devorni pastki qismida piramidasimon te-
pacha
bo‘lib, uning ichidan uzangi mushagi boshlanadi. Orqa de-
vorning yuqori qismida nog‘ora bo‘shlig‘i so‘rg‘ichsimon bo‘sh-
liqqa davom etadi. 5. Oldingi uyqu devori nog‘ora bo‘shlig‘ini
ichki uyqu arteriyasi kanalidan ajratib turadi. Bu devorning yu-
qori qismida eshituv nayining nog‘ora bo‘shlig‘iga ochiladigan
teshigi bor. 6. Lateral pardali devorini nog‘ora parda va chakka
suyagining uni o‘ragan qismi hosil qiladi.
Nog‘ora bo‘shlig‘ida 3 eshituv suyakchalari, boylamlar va mu-
shaklar joylashgan. Eshituv suyakchalari (212-rasm) mayda suyak-
chalar bo‘lib, o‘zaro birikib, nog‘ora pardadan oval teshikkacha tor-
tilgan suyaklar zanjirini hosil qiladi.
Bolg‘achada boshchasi, dastasi, bo‘yni, lateral va oldingi o‘siq-
chalari tafovut qilinadi.
Sandonchada tanasi, qisqa va uzun oyoqchalari tafovut qilinadi.
Uzangida boshchasi, oldingi va orqa oyoqchalari bor bo‘lib,
ular uzangi asosi
Do'stlaringiz bilan baham: