Ekstrapiramida yo‘llari. Filogenez nuqtayi nazardan ekstrapi-
ramida yo‘li piramida yo‘liga nisbatan qadimiy hisoblanadi. Eks-
trapiramida tizimi ixtiyordan tashqari avtomatik harakatlarini
boshqarib, mushaklar tonusini qo‘llab turadi. Ekstrapiramida ti-
zimi tarkibiga dumli o‘zak, yasmiqsimon o‘zak qobig‘i, rangpar
shar, qora modda, qizil o‘zak, uzunchoq miya olivasi va to‘r for-
matsiya kiradi.
Ekstrapiramida tizimi tarkibiga kiruvchi bazal o‘zaklarning
nerv tolalari ularni o‘zaro bog‘lab qolmay, bosh miya po‘stlog‘i va
orqa miya bilan ham bog‘laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |