BOSH MIYA
Bosh miya (cerebrum) uni o‘ragan pardalari bilan birga kal-
laning miya qismi ichida joylashadi. Uning ustki yon yuzasi kalla
qopqog‘i ichki yuzasiga mos ravishda gumbaz hosil qiladi. Past-
ki yuzasi kallaning ichki asosidagi chuqurchalarga mos murakkab
relyefga ega.
Bosh miyaning og‘irligi katta odamlarda 1100 dan 2000 g ga-
cha, o‘r tacha: erkaklarda – 1394 g, ayollarda – 1245 g, yangi
tug‘ilgan chaqaloqlarda – 330–390 g. Homila davrida va bola
hayo tining birinchi yillarida, bosh miya tez o‘sadi, 20 yoshlarda u
o‘zining doimiy kattaligiga ega bo‘ladi.
Bosh miya uch yirik qismdan: bosh miya yarimsharlari, miya-
cha va miya so‘g‘onidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |