Oyoqning katta teri osti venasi (v. saphena magna) medial to‘-
piq ning old tomonidan boshlanadi (173-rasm). U oyoq panjasining
kaft tomonidan keluvchi oqimlarni qabul qilganidan so‘ng boldir-
ning medial yuzasi bo‘ylab teri osti nervi bilan yuqoriga ko‘tariladi.
U sonning oldingi medial yuzasi bo‘ylab ko‘tarilib, teri osti tirqishi-
ga boradi va son venasiga quyiladi. Yo‘l-yo‘lakay oyoqning katta te-
ri osti venasiga boldir va sonning medial va oldingi yuzalaridan qon
yig‘uvchi teri osti venalari quyiladi. Bundan tashqari oyoqning kat-
ta teri osti venasi son venasiga quyilishidan oldin unga tashqi tano-
sil a’zolar va qorinning oldingi devoridan qon yig‘uvchi teri osti ve-
nalari quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |