2. Miyaning o‘rta arteriyasi ichki uyqu arteriyasining eng yi-
rik tarmog‘i hisoblanadi. U yuqori tomonga yo‘nalib bosh miya-
ning yon egatiga kirib, orolchani yonlab o‘tadi va miya yarim-
sharlarining ustki lateral yuzasini qon bilan ta’minlaydi.
3. Tomirli chigal pardaning oldingi arteriyasi ichki uyqu arte-
riya sidan chiqib, yon qorinchalarning pastki shoxiga, so‘ngra III
qorinchaga kiradi. Uning tarmoqlari qorinchalar tomirli chiga-
lini hosil qilishda ishtirok etadi. Shuningdek, uning tarmoqlari
ko‘ruv trakti, tash qi tizzachali tana, bazal o‘zaklar va gipotalamus
o‘zaklarini qon bilan ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |