Shilliq qavat bachadon nayi-
ning bor bo‘ yiga bo‘y lama burmalar
hosil qiladi. Bu burmalar ba-
chadon nayining quyg‘ich qismida ko‘proq bo‘ladi. Shilliq parda
kiprikli epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, kiprikchalar bachadon-
ga qarab harakat qiladi. Mushakli qavat silliq mushak to‘qima-
dan tuzilgan bo‘lib, tashqi bo‘ylama va ichki halqasimon qavat-
lardan iborat.
Seroz parda osti asosi biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib
mushak li qavatni seroz pardadan ajratib turadi. Seroz parda qo-
rinpardadan hosil bo‘lgan. Bachadonning keng boylamini bacha-
don nayi bilan tuxumdon tutqichi birikkan joy o‘rtasidagi qismi
bachadon nayi tutqichi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |