uzoqlashtiruvchi mushak.
195
birida serbar fassiya ikki qatlamdan iborat. Uning yuza qatlami
yuqori tomondan chov boylamiga birikkan bo‘lib, son qon to-
mirlarining oldidan o‘tib son venasining yon tomonida o‘roqsi-
mon qirrani hosil qilib tugaydi. O‘roqsimon qirra oval teshikni
o‘rab ikki shoxdan iborat. Uning pastki shoxi ustidan oyoqning
katta teri osti venasi o‘tib, son venasiga quyiladi. Yuqori shoxi
esa chov boylamiga birikib ketadi. Oval teshik to‘r shaklida tu-
zilgan g‘alvirsimon fassiya bilan qoplangan. Sonning keng fas-
siyasi son mushaklarini o‘rab ularni bir-biridan ajratuvchi qat-
lamlar hosil qilib son suyagiga birikadi. Son mushaklariaro late-
ral devor
son suyagi g‘adir-budir chizig‘ining lateral labiga biri-
kib, oldingi guruh mushaklarni orqa guruhdan ajratadi. Son mu-
shaklariaro medial devor
son suyagi g‘adir-budir chizig‘ining me-
dial labiga birikib, oldingi guruh mushaklarini medial guruh mu-
shaklaridan ajratadi. Sonning qirra fassiyasi tizza bo‘g‘imining
old va yon tomonidan o‘tib boldir fassiyasiga davom etadi. Orqa
tomondan esa taqim osti chuqurini qoplagan taqim osti fassiya-
siga o‘tib ketadi.
Boldir fassiyasi
boldirni o‘rab, katta boldir suyagining oldin-
gi va medial qirralariga birikib oldingi va orqa mushaklararo de-
vorni hosil qiladi. Boldirning oldingi mushaklariaro devori boldir-
ning oldingi guruh mu shaklarini lateral guruhdan ajratsa, boldir-
ning orqa mu shaklariaro devori lateral va orqa guruh mushaklari
o‘rtasida yotadi.
Boldirning orqa yuzasida fassiya ikki: yuza va chuqur varaqdan
iborat bo‘ladi. Yuza varaq boldirning uch boshli mushagini o‘ra-
sa, chuqur varaq chuqur guruh mushaklarini o‘rab boldir suyakla-
riga birikadi.
Boldir fassiyasi ichki va tashqi to‘piqlarning asosi sohasida
boldir suyaklari o‘rtasida ko‘ndalang tortilgan fibroz tolalar das-
tasi hisobiga qalin lashib, boldirning oldingi guruh mushaklari payi
ustidan o‘tuv chi yozuv chi mushaklarning payini ushlab turuvchi
yuqorigi va past ki bo g‘ich larni hosil qiladi. Ularning ostidan uch-
ta yozuvchi mu shaklarning pay qinlari o‘tadi.
Ichki to‘piqning orqasida fassiya qalinlashib bukuvchi mu-
shaklarning payini ushlab turuvchi bog‘ich hosil qiladi. Uning os-
tida bukuv chi mushaklarning uchta pay qini o‘tadi.
Boldir-oyoq panja bo‘g‘imi sohasida tashqi to‘piqning orqasi-
da kichik boldir mushaklarini ushlab turuvchi yuqorigi va past-
196
ki bo
g‘ichlar
bor. Kichik boldir mushaklarini ushlab turuvchi
yuqo rigi bo g‘ich ostidan kichik boldir mushaklarining umumiy
pay qini o‘tadi. Kichik boldir mushaklarini ushlab turuvchi past-
ki bog‘ich
ostida kichik boldir mu shaklarining umumiy pay qini
ikkiga bo‘linadi. Kalta-kichik boldir mu shagi pay qini kichik bol-
dir mushaklarini ushlab turuvchi pastki bog‘ich ostidan chiqqan
joyda tugasa, uzun kichik boldir mushagi pay qini oyoq kafti os-
tiga yo‘naladi.
Do'stlaringiz bilan baham: