Kaftni bilak tomonga yozuvchi uzun mushak (m. extensor
carpi radialis longus)
yelka suyagining lateral do‘ng usti do‘mboq-
chasi va yelka mushaklari o‘rtasidagi lateral devordan boshlana-
di. Bilakning o‘rta qismida yassi payga davom etadi va yozuvchi
mushaklarni ush lab turuv chi bog‘ich ostidan o‘tib II kaft suyagi
asosiga birikadi.
Faoliyati: panjani orqa tomonga yozadi, bilakni qisman bukadi.
2.
Kaftni bilak tomonga yozuvchi kalta mushak (m. extensor
carpi radialis brevis)
yelka suyagining lateral do‘ng usti do‘mboq-
chasi, bilak suyagi tomonidagi kollateral boylam va bilak fassiyasi-
dan boshlanib, III kaft suyagiga birikadi.
Faoliyati: panjani orqa tomonga yozadi.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |