Kichik yumaloq mushak (m. teres minor) kurakning late-
ral qirrasi va qirra osti fassiyasidan boshlanib, yelka suyagi katta
do‘mboqchasining pastki yuzasiga birikadi.
Faoliyati: yelka suyagini tashqariga (supinatsiya) buradi.
5.
Katta yumaloq mushak (m. teres major) kurakning late-
ral qirrasining pastki qismi ostki burchagi va qirra osti fassiyasi-
dan bosh lanadi. Mushak tolalari kurak suyagining lateral chek-
kasi bo‘ylab yo‘nalib, yelka suyagi kichik do‘mboqchasi qirrasi-
ga orqaning serbar mushagi payidan pastroqda va biroz orqaroq-
da birikadi.
Faoliyati: kurak qimirlamay turganida ko‘tarilgan qo‘lni past-
ga tushirib, tanaga yaqinlashtiradi va ichkariga buradi. Qo‘l qi-
mirlamay tursa, kurakning pastki burchagini tashqariga va oldin-
ga tortadi.
6.
Do'stlaringiz bilan baham: |