Bosh mushaklari va fassiyalari
Bosh mushaklari mimika va chaynov mushaklariga bo‘linadi.
Mimika mushaklari tananing boshqa sohasi mushaklaridan o‘zi-
ning kelib chiqishi, birikishi va faoliyati bilan farq qiladi (90-
rasm). Ular teri ostida yuza joylashib, fassiyalar bilan qoplanmay-
di, suyaklardan bosh lanib, teriga birikadi. Shuning uchun ular-
ning qisqarishi terini harakatga keltirib, odamning hissiyotini ifo-
dalaydi. Mimika mu shaklari ko‘proq tabiiy teshiklar atrofida joy-
lashgan bo‘lib, tolalari aylanma yoki radial yo‘nalishga ega. Joy-
lashgan joyiga qarab mimika mu shaklari kalla gumbazi mushak-
lari; ko‘z yorig‘ini o‘ragan mu shaklar; burun teshigini o‘ragan
mushaklar; og‘iz yorig‘ini o‘ragan mushaklar va quloq suprasini
o‘ragan mushaklarga bo‘linadi.
168
Do'stlaringiz bilan baham: |