Kurak-til osti mushagi (m. omohyoideus) o‘zaro oraliq pay
bilan bo‘lingan ikki: pastki va ustki qorinchalardan iborat. Past-
ki qorinchasi
kurakning ustki qirrasini kurak kemtigidan ichka-
riroqda bosh lanib, yuqoriga va oldinga qiya ko‘tariladi. To‘sh-
o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning orqa chekkasida oraliq payga
o‘tadi. Oraliq paydan boshlangan ustki qorinchasi til osti suyagi
tanasining pastki chekkasiga birikadi.
2.
To‘sh-til osti mushagi (m. sternohyoideus) to‘sh suyagi
dastasining orqa yuzasidan, o‘mrov suyagining to‘shga qaragan
uchi va orqa to‘sh o‘mrov boylamidan boshlanib, til osti suyagi-
ning pastki chekkasiga birikadi.
3.
To‘sh-qalqonsimon mushagi (m. sternothyroideus) to‘sh
suyagi dastasining orqa yuzasidan va I qovurg‘a tog‘ayidan bosh-
lanib, hiqildoq qalqonsimon tog‘ayining qiyshiq chizig‘iga biri-
kadi.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |