Qorinning ko‘ndalang mushagi (m. transversus abdomi-
nis)
uchinchi qavatni hosil qilib tolalari orqadan oldinga va me-
dial tomonga gorizontal yo‘nalgan bo‘ladi. Uning tolalari oltita
pastki qovurg‘alardan, ko‘krak-bel fassiyasining chuqur qatlami-
dan, yonbosh suyagi qirrasining ichki labi oldingi yarmidan va
chov boylamining lateral 1/3 qismidan boshlanib, keng aponev-
rozi qarama-qarshi mu shak aponevrozi bilan birikib, qorinning
oq chizig‘ini hosil qilishda ishtirok etadi.
Faoliyati: qorin bosimini oshiradi, qovurg‘alarni oldinga, o‘rta
chi ziqqa tortadi.
Qorinning old devorida qorinning to‘g‘ri mushagi va pirami-
dasimon mushak joylashgan.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |