2. Kichik ko‘krak mushagi (m.pec-
toralis minor)
uchburchak shak
lidagi
yassi mushak. Katta ko‘krak mushagi-
ning orqasida yotadi, II–V qovurg‘alar-
ning oldingi uchiga yaqin joydan bosh-
lanadi. Yuqoriga va lateral yo‘nalib, qis-
qa pay bilan kurakning tumshuqsimon
o‘simtasiga birikadi.
Faoliyati: kurakni oldinga va pastga
tortadi, agar qo‘l qimirlamay tursa, qo-
vurg‘alarni ko‘tarib, nafas olishda ish-
tirok etadi.
3. O‘mrov osti mushagi (m. subcla-
vius)
I qovurg‘a tog‘ayidan boshlanadi
va lateral yo‘nalib, o‘mrov suyagining
akromion uchi pastki yuzasiga birikadi.
Bu mushak o‘mrov suyagi bilan I qo-
vurg‘a oralig‘ida joylashadi.
Faoliyati: o‘mrov suyagini pastga va
ichki tarafga tortadi, to‘sh-o‘mrov bo‘g‘i-
mini mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |