Yonbosh-qovurg‘a mushagi (m. iliocostalis) qismlarining joyla-
shish sohasiga qarab uchga bo‘linadi. Belning yonbosh-qovurg‘a
mu shagi pastki oltita qovurg‘aning burchagiga birikadi. Ko‘krak-
ning yonbosh-qovurg‘a mushagi pastki oltita qovurg‘aning oldingi
mu shak birikkan joyidan ichkariroqda boshlanib, yuqoridagi olti-
ta qovurg‘aning burchagiga va VII bo‘yin umurtqasining ko‘nda-
lang o‘siq chasining orqa yuzasiga birikadi. Bo‘yinning yonbosh-
qovurg‘a mu shagi III–VI
qovurg‘a burchagining oldingi mushak
birikkan joyidan ichkarida boshlanib, IV–VI bo‘yin umurtqasi-
ning ko‘ndalang o‘siqchasini orqa do‘mboqchasiga birikadi.
Faoliyati: umurtqa pog‘onasini yozadi, qovurg‘alarni pastga
tushiradi. Bir tomonlama qisqarsa, umurtqa pog‘onasini o‘sha to-
monga bukadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |