Qanot-tanglay chuqurchasida uchta devor tafovut qilinadi.
Uning oldingi devorini ustki jag‘ suyagining bo‘rtig‘i, orqa devo-
rini qanotsimon o‘simtaning asosi, medial devorini tanglay suya-
gining perpendikulyar plastinkasi hosil qiladi.
Lateral tomondan u chakka osti chuqurchasi bilan qo‘shiladi.
Qa not-tanglay chuqurchasi beshta teshik, kanal va yoriqlar vosi-
tasida kalla suyagining asosiy bo‘shliqlari bilan qo‘shiladi: l. Po-
nasimon-tanglay teshigi orqali burun bo‘shlig‘iga; 2. Yumaloq
teshik
orqali o‘rta kalla chuqurchasiga; 3. Ko‘z kosasining pastki
yorig‘i
orqali ko‘z kosasiga; 4. Katta tanglay kanali orqali og‘iz
bo‘shlig‘iga; 5. Qa notsimon kanal
orqali kallaning tashqi asosiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |