Aortaning qorin qismi (pars abdominalis aortae) ko‘krak aor-
tasining bevosita davomi bo‘lib, bel umurtqalari oldida joylashadi.
Uning o‘ng tomonida pastki kavak vena yotadi. Aortaning qorin
qismi XII ko‘krak umurtqasi sohasida boshlanadi. IV bel umurt-
qasi sohasida qorin aortasi aorta bifurkatsiyasini hosil qilib ikkita
umumiy yonbosh arteriyasiga bo‘linadi. Aortaning o‘zi ingichka
dumg‘azaning o‘rta arteriyasi
bo‘lib, dumg‘aza suyagining chanoq
yuzasidan pastga kichik chanoqqa qarab yo‘naladi.
Aortaning qorin qismidan parietal va visseral tarmoqlar chiqadi.
Qorin aortasining parietal tarmoqlariga diafragmaning ostki ar-
teriyasi va bel arteriyalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |