Yurak fiziologiyasi. Yurak arteriya va venalar o‘rtasidagi doi-
miy qon bosimi farqini hosil qiladi va uni ushlab turib, qon
oqishini ta’ minlaydi. Yurak to‘xtaganida arteriya va venalarda
ortasidagi bosim tezda tenglashadi va qon aylanish to‘xtaydi. Yu-
rak qopqoqlari qon bosimi ta’sirida avtomatik ravishda yopilib,
qonni bir tomonga oqishini ta’minlaydi.
Sog‘lom odamning yuragi mo‘tadil holatda ritmik ravishda
minutiga 70 marta qisqaradi. Jismoniy ishda yurak qisqarishi
miq dori oshishi mumkin. Yurak qisqarishi 70 marta bo‘lganida
y urak faoliyatining to‘liq sikli 0,8 s bo‘ladi. Bo‘lmachalar va qo-
rinchalar ketma-ket qisqaradi. Y urak mushagini qisqarishi sistola,
bo‘shashishi esa diastola deyiladi.
Yurak faoliyatini sikli uch bosqichdan iborat: birinchi bosqich
– bo‘lmasalar sistolasi (0,1 s), ikkinchi – qorinchalar sistolasi
(0,3 s) va uchinchi – umumiy pauza (0,4 s). Umumiy pauza vaq-
tida bo‘lmacha va qorinchalar bo‘shashadi. Yurak sikli davomida
bo‘lmachalar 0,1 s qisqaradi va 0,7 s diastolik bo‘shashgan holatda
turadi. Qorinchalar 0,3 s qisqaradi, ularning diastolasi 0,5 s da-
vom etadi. Yurak urishi tezlashgan vaqtda yurak siklini qisqarishi
umumiy pauzani qisqarishi hisobiga bo‘ladi. Bo‘lmacha va qorin-
chalar sistolasi davomiyligi esa o‘zgarmaydi. Umumiy pauza vaq-
tida bo‘lmachalar va qorinchalar mushaklari bo‘sha shadi, tabaqa-
li to‘sqichlar ochilgan, yarim oysimon qopqoqlar esa yopiq bo‘la-
di. Qon bosim farqi ta’siri ostida venalardan bo‘lmachalarga oqa-
di, bo‘lmacha va qorinchalar o‘rtasidagi qopqoqlar ochiq bo‘lgani
uchun qorinchaga erkin oqadi. Shunday qilib umumiy pauza vaq-
tida yurak sekin-asta qon bilan to‘ladi va pauzani oxirida qorin-
chalar qon bilan 70 % to‘lgan bo‘ladi.
Bo‘lmachalar sistolasi yurakka quyadigan venalarni quyilish
joyi
o‘ragan halqasimon mushaklarning qisqarishidan boshlana-
di. Bu qonni bo‘lmachadan venaga qaytishiga to‘sqinlik qiladi.
Bo‘machalar sistolasida ularda qon bosimi 4–5 mm simob ustuni-
gacha ko‘tariladi va qon faqat bir tomonga qorinchalarga yo‘nala-
di. Bo‘lmachalar sistolasi tugaganidan keyin qorinchalar sistolasi
boshlanadi va uning boshlanishida bo‘lmacha va qorinchalar ora-
sidagi qopqoqlar yopiladi. Qorinchalar sistolasi ikki bosqichdan:
362
kuchlanish bosqichi (0,05 s) va qonni haydash bosqichi (0,25 s).
Kuchlanish bosqichi tabaqali va yarim oysimon qopqoqlar yopiq
bo‘lgan vaqtda o‘tadi. Bu vaqtda yurak mushaklari siqilmagan qon
atrofida kuchlanadi va mu shak kuchlanishi oshishi bilan qorin-
chalarda bosim oshadi. Qorinchalarda qon bosimi arteriyalarda-
gi bosimdan osh gan vaqtda yarim oysimon qopqoqlar ochilib qon
qorinchalarga aortaga va o‘pka poyasiga otilib chiqadi. Qorincha-
lar sistolasining ikkinchi bosqichi – qonni haydash bosqichi bosh-
lanadi. Chap qorinchada sistola bosimi 120 mm simob ustuniga,
o‘ng qorinchada esa 25–30 mm simob ustuniga teng. Qonni hay-
dash bosqichidan so‘ng qorinchalar diastolasi bosh lanadi va ularda
bosim pasayadi. Aorta va o‘pka poyasidagi bosim qorinchalardagi-
ga nisbatan yuqori bo‘lgan vaqtda yarim oysimon qop qoqlar yopi-
ladi. Shu vaqtda bo‘lmacha-qorinchalararo qopqoqlar bo‘lmacha-
da to‘plangan qon bosimi ostida ochiladi. Umumiy pauza boshla-
nadi. Keyin yurak faoliyatini sikli qaytariladi.
Yurak mushaklari skelet mushaklariga o‘xshab qo‘zg‘aluvchan-
lik, o‘tkazuvchanlik va qisqaruvchanlikka ega, ammo yurak mu-
shaklarining bu xususiyatlari o‘ziga xos bo‘ladi. Yurak mushaklari
skelet mu shaklariga o‘xshab tetanik qisqarmay, sekin qisqaradi va
yakka qisqarishlar tartibida ishlaydi.
Yurak avtomatizmga ega bo‘lib qisqartiruvchi impulslar un-
da paydo bo‘ladi. Agar yurakka kelayotgan barcha nervlarni ke-
sib tash lab, uni organizmdan ajratib olsak, u uzoq vaqt ritmik
ravish da qisqaradi. Elektrofiziologik izlanishlar yurakning o‘tka-
zuvchi tizimi hujayralarida ritmik ravishda yurak mushagini qis-
qartiruvchi qo‘zg‘alish lar hosil qiladigan hujayra membranasini
depolyariza tsiyasi paydo bo‘lishini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |