Urug‘ olib ketuvchi nay (ductus deferens, 138-rasm) juft naysi-
mon a’zo bo‘lib, u moyak ortig‘i nayining bevosita davomidir.
Uning uzunligi 40–45 sm, kengligi 2,5–3 mm, nay bo‘sh-
lig‘ining keng ligi 0,5 mm. Urug‘ olib ketuvchi nayda to‘rt: yorg‘oq
qismi, tizimcha qismi, chov qismi va chanoq qismi tafovut qi-
linadi. Uning yorg‘oq qismi moyakni orqasida, tizimcha qismi
urug‘ tizimchasi tarkibida joylash gan. Chov qismi
chov kanali-
ning chuqur teshigidan chiqqandan so‘ng, kichik chanoq devo-
ri bo‘ylab pastga tushadi va chanoq qismini
hosil qiladi. Chanoq
qismi kichik chanoq bo‘shlig‘ida kengayib, duksimon urug‘ olib
ketuvchi nay kengaymasini
hosil qilib tugay-
di (139-rasm). Kengay maning uzunligi 3–4
sm, keng ligi 1 sm. Uning pastki uchi tora-
Do'stlaringiz bilan baham: |