Biriktiruvchi to‘qima o‘smalari. Fibroma biriktiruvchi to‘qi-
ma hujayralari va kollagen tollalardan tashkil topgan o‘smadan
iborat. U biriktiruvchi to‘qima bo‘lgan barcha a’zolarda rivojla-
nishi mumkin. Fibromalar bachadonda, teri osti yog‘ kletchat-
kasida va terida hammadan ko‘p paydo bo‘ladi. Odatda, u sekin
o‘sadi va aniq chegaralangan hamda birmuncha qattiq tugunlar
ko‘rinishida bo‘ladi.
Lipoma – yog‘ to‘qimasidan tashkil topgan o‘sma. U ko‘pin-
cha, teri osti yog‘ kletchatkasida rivojlanadi. Lipomalar sekin o‘sa-
di. Ammo juda katta bo‘lib ketishi ham mumkin.
Osteoma – atipik suyak to‘qimasidan hosil bo‘ladigan o‘sma.
U kompakt yoki g‘ovaksimon suyak turida tuzilgan bo‘lishi mum-
kin. Ba’zan suyak va tog‘ay to‘qimasidan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |