juft medial va lateral kindik burmala-
rini
hosil qiladi. O‘rtadagi kindik bur-
masida homilada qovuqning uchidan
kindikkacha boruvchi bitib ketgan siy-
123-rasm. Qorinpardaning ayollar qorin
bo‘shlig‘ida yo‘nalishi. Sagittal kesma:
1–jigarning tojsimon boylami; 2–jigar;
3–jigar-osh qozon boylami; 4–charvi qop-
chasi; 5–oshqozon osti bezi; 6–ko‘ndalang
chambar ichak tutqichi; 7–o‘n ikki barmoq
ichak; 8–ingichka ichak tutqichining ildi-
zi; 9–to‘g‘ri ichak; 10–bachadon; 11–to‘g‘ri
ichak-bachadon chuqurchasi; 12–siydik qo-
pi; 13–to‘g‘ri ichak-qovuq chuqurchasi;
14–yonbosh ichak; 15–och ichak;
16–katta charvi; 17–parietal qorinparda;
18–ko‘ndalang chambar ichak;
19–qorin parda bo‘shlig‘i;
0–oshqozon; 21–diafragma.
240
dik yo‘li yotadi. Medial kindik burmasida bitib ketgan kindik ar-
teriyasi, lateral burmada esa pastki qorin usti arteriyasi joylashadi.
Qovuq ustida o‘rta kindik burmasining yon tomonlarida o‘ng va
chap qovuq usti chuqurchasi, medial va lateral burmalar o‘rtasida
medial chov chuqurchasi joylashadi. Lateral burmadan tashqari-
da lateral chov chuqurchasi bo‘lib, unga chov kanalining chuqur
teshigi to‘g‘ri keladi. Qorinning old devorini qoplagan qorinpar-
da yon tomonga yo‘nalib o‘ng tomondan qorinning orqa devoriga
o‘tib, ko‘richak va chuvalchangsimon o‘simtani hamma tomon-
dan o‘rab uning tut qichini
hosil qiladi.
Qorinparda ko‘tariluvchi chambar ichakni old va ikki yon to-
mon dan o‘rab, o‘ng buyrakning pastki qismining oldingi yuzasi-
dan o‘tadi. So‘ngra ichki tomonga yo‘nalib, belning kvadrat mu-
shagi va siydik yo‘lining oldidan o‘tib, ingichka ichak tutqichi
ildizi
oldida tut qichning o‘ng varag‘iga aylanadi. Tutqich ildi-
zida uning chap varag‘i qorin devorining orqa tomonini qopla-
gan qorinpardaga o‘tadi. Ingichka ichak tut qichi yuqoridan past-
ga, chapdan o‘ngga II bel umurtqasi sohasidan dumg‘aza-yon-
bosh bo‘g‘imigacha qiya joylash gan. Uning uzunligi 15–18 sm,
tutqich ning erkin qismi ildizga baravarlashish uchun 18–20 ta qo-
vuzloq hosil qiladi. Tutqichning ikki varag‘i o‘rtasidan qon, lim-
fa tomirlar va nervlar o‘tadi. So‘ngra qorinparda chapga tomonga
chap buyrak pastki qismining oldingi yuzasidan o‘tib, pastga tu-
shuvchi chambar ichakni uch: old va ikki yon tomondan qoplaydi.
Uning pastki qismi sigmasimon ichakni hamma tomondan o‘rab
uning tutqichini
hosil qiladi. Keyin qorinparda qorinning yon de-
voridan oldingi devoriga buriladi. Qorinning orqa devoridan past-
ga yo‘nalgan qorinparda to‘g‘ri ichakning yuqori qismini o‘rab
qolmay, uning o‘rta qismini va siydik-tanosil a’zolarini ham qis-
man o‘raydi. Erkaklarda to‘g‘ri ichakni oldingi yuzasini o‘ragan
qorinparda to‘g‘ri ichak-qovuq chuqurchasini
hosil qilib, qovuq-
ning orqa, keyin ustki yuzasidan o‘tib, qorinning oldingi devorini
qoplagan qorinpardaga davom etadi (122-rasm).
Ayollarda (123-rasm) qorinparda to‘g‘ri ichakning oldin-
gi yuza sidan qinning yuqori qismi orqa devoriga, undan yuqoriga
ko‘tarilib, bachadonni orqasidan, so‘ngra oldidan qovuqqa o‘tadi.
Bunda to‘g‘ri ichak bilan bachadon o‘rtasida to‘g‘ri ichak-bacha-
don chuqurchasi,
bachadon bilan qovuq o‘rtasida esa qovuq-ba-
chadon chuqurchasi hosil bo‘ladi.
241
Qorinparda bo‘shlig‘i shartli ravishda ikki: yuqori va pastki qa-
vat ga bo‘linadi. Yuqori qavat yuqori tomondan diafragma bilan,
pastdan ko‘ndalang chambar ichak va uning tutqichi bilan che-
garalanadi. Yuqori qavatda oshqozon, jigar, o‘t pufagi, taloq va
o‘n ikki barmoq ichakning yuqori qismi hamda oshqozon osti be-
zi joylashadi. Qorinparda bo‘shlig‘ining yuqori qavati uchta qop-
chaga bo‘linadi.
Jigar qopchasi
o‘roqsimon boylamdan o‘ng tomonda joylashib,
unda jigarning o‘ng bo‘lagi joylashadi. Bu qopchani yuqoridan
diafragma, oldindan va yon tomondan qorin devori chegaralaydi.
Oshqozon oldi qopchasi
oshqozon oldida joylashib, yuqori-
dan diafragma, o‘ng tomondan o‘roqsimon boylam, oldindan qo-
rinning oldingi devori bilan chegaralangan. Unda jigarning chap
bo‘lagi va taloq joylashadi.
Charvi qopchasi oshqozon va kichik charvi orqasida yotadi.
Uni yuqo ri tomondan jigarning dumli bo‘lagi, pastdan ko‘ndalang
chambar ichak tutqichi va uning chap bo‘lagi, oldindan oshqo-
zonning orqa devori, kichik charvi, oshqozon-chambar ichak va
oshqozon-taloq boylamlari, orqadan chap buyrak usti bezi, chap
buyrak, oshqozon osti bezining oldingi yuzasi, pastki kavak vena
va aortani qoplagan parietal qorinparda chegaralaydi. Chap to-
mondan charvi qopchasi taloq darvozasigacha borib, taloq chu-
qurchasini hosil qiladi. Charvi qopchasi o‘ng devoridagi 2–3 sm
kattalikdagi charvi (Vinslov) teshigi va dahlizi vositasida jigar qop-
chasi bilan qo‘shilib turadi. Bu teshik yuqoridan jigarning dumli
bo‘lagi, pastdan o‘n ikki barmoq ichakning yuqori qismi, oldin-
dan kichik charvi va orqadan pastki kavak venani qoplagan parie-
tal qorinparda bilan chegaralanadi.
Qorinparda bo‘shlig‘ining pastki qavati ko‘ndalang cham-
bar ichak va uning tutqichidan pastda joylashib, kichik chanoq
bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi. Bu qavatda ingichka va yo‘g‘on ichak,
siydik va tanosil a’zolari joylashadi.
Qorinparda qorin bo‘shlig‘i a’zolarini turlicha o‘raydi. Agar
qorin parda a’zolarni har tomondan o‘rasa, ularni intraperitoneal
a’zolar deb ataladi. Bunday a’zolarga: oshqozon, och va yonbosh
ichak, ko‘richak va chuvalchangsimon o‘simta, o‘n ikki barmoq
ichakning boshlang‘ich qismi, ko‘ndalang chambar ichak, sig-
masimon ichak, to‘g‘ri ichakning yuqo ri qismi, taloq va bacha-
don kiradi.
242
Agar qorinparda a’zolarni uch tomondan o‘rasa, ularni mezo-
peritoneal a’zolar deb ataladi. Bunday a’zolarga: ko‘tariluv chi va
tushuv chi chambar ichak, jigar, to‘g‘ri ichakning o‘rta qismi va
to‘lgan holatdagi qovuq kiradi.
Qorinparda a’zolarni bir tomondan o‘rasa bunday a’zolarni
ekstraperitoneal a’zolar deb ataladi. Ularga: oshqozon osti bezi,
o‘n ikki barmoq ichakning pastga tushuvchi qismi, to‘g‘ri ichak-
ning oxirgi qismi, buyrak, buyrak usti bezi va siydik yo‘li kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |