Bo‘yin fassiyalari. Bo‘yin fassiyalari uchta plastinkadan iborat.
1. Yuza plastinka
bo‘yinning teri osti mushagi orqasida joy-
lashib, bo‘yinni har tomondan o‘raydi. U trapetsiyasimon va
to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushaklarga qin hosil qiladi.
2. Kekirdak oldi plastinkasi o‘mrov suyagi va to‘sh suyagi das-
tasining orqa yuzasi bilan til osti suyagi o‘rtasida tortilgan. U yon
tomondan kurak-til osti mushagiga birikkan bo‘lib, bu mushak
qisqargan vaqtda taranglashib bo‘yin venalaridan qonni oqishini
yaxshilaydi. Bu plastinka til osti suyagidan pastda joylashgan mu-
shaklarga qin hosil qiladi.
3. Umurtqa oldi plastinkasi halqumning orqasida joylashib,
umurt qa oldi va narvonsimon mushaklar uchun qin hosil qiladi.
166
Do'stlaringiz bilan baham: |