Qorin mushaklari va fassiyalari
Qorin
tananing ko‘krak bilan chanoq o‘rtasida joylashgan qis-
mi bo‘lib, bu yerdagi mushaklar qorin devorini hosil qilib qorin
bo‘sh lig‘ini chegaralaydi. Qorin mushaklari (85-rasm) topografiya
nuqtayi nazaridan uch guruhga: qorinning oldingi, yon va orqa
devori mu shaklariga bo‘linadi.
Qorinning yon devorida uch qavat serbar mushaklar joy lash-
gan bo‘lib, ular: qorinning tashqi qiyshiq mushagi, qorinning ich-
ki qiyshiq mushagi va qorinning ko‘ndalang mushagidir. Bu mu-
shaklarning oldingi qismlari serbar pay – aponevroz hosil qilib,
qorinning to‘g‘ri mushagini old va orqa tomonidan o‘tib unga
aponevrotik qin hosil qiladi. So‘ngra bu aponevrozlar oldingi o‘rta
chiziqda o‘zaro birikib qorinning oq chizig‘ini hosil qiladi.
157
Do'stlaringiz bilan baham: |