Anatomiya 2014. indd



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet617/722
Sana02.01.2022
Hajmi4,54 Mb.
#309004
1   ...   613   614   615   616   617   618   619   620   ...   722
Bog'liq
Anatomiya 2014. indd

Bosh miya

 markaziy nerv tizimining odamda kuchli taroq-

qiy etgan eng katta va faoliyat jihatidan ahamiyatga ega qismi. 

Bosh miyaning bo‘ylama yorig‘i uni o‘ng va chap yarimsharlar-

ga ajratadi. Yarim sharlar o‘zaro qadoq tana vositasida qo‘shilgan. 

Yarim sharlar orqa tomonda ko‘ndalang yorig‘ vositasida miya-

chadan ajrab turadi. Miya yarim sharlarining tashqi yuzasida turli 

chu qurlikdagi egatlar joy lashgan. Chuqur egatlar yarimsharlarni 

bo‘ laklarga ajratsa, mayda egatlar pushtalarni chegaralaydi.

Bosh miyaning pastki yuzasi yoki asosi (183-rasm) yarim-

sharlar, miyacha va miya so‘g‘o-

nining ventral qismlaridan hosil 




426

bo‘lgan. Uning oldingi qismlarida peshona bo‘lagining ostki yu-

zasida hidlov piyoz chasi joylashgan. Uning ventral yuzasiga bu-

run bo‘shlig‘idan g‘alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinka-

sidagi teshiklardan o‘tuv chi 15–20 hid lov nervlari – I juft bosh 

miya nervi keladi. Hid lov piyoz chasidan orqaga qarab hidlov yo‘li 

yo‘naladi. Uning orqa qism lari kengayib, hidlov uchburchagini 

hosil qiladi. Hidlov uchburchagining orqa tomonida ol dingi il-

ma-teshik modda joylashib, bu teshiklar or qali miya ichiga arte-

riyalar kiradi. Ilma-teshik modda oralig‘ida ko‘ruv nervi kesish-

masi joylashgan. U ko‘ruv nervi – II juft bosh miya nervi tola-

laridan hosil bo‘ladi. Ko‘ruv nervi orqa tomonga ko‘ruv trak-

ti bo‘lib davom etadi. Ko‘ruv nervi kesish masining orqa tomoni-

da kulrang tepacha yotadi. Uning pastki qismi torayib, quyg‘ichni 

hosil qiladi. Quyg‘ichning uchida ichki sekretsiya bezi gipofiz tu-

radi. Kulrang tepachaning orqa tomonida oq sharsimon shakldagi 

ikkita so‘rg‘ichsimon tana bor.

So‘rg‘ichsimon tananing ikki yon tomonida bo‘ylamasiga 

joylash gan ikkita yo‘g‘on oq to‘sinlar singari miya oyoqchalari 

joylashgan. Ular o‘rtasida oyoqchalararo chuqurcha bo‘lib, uning 

tubini orqa ilma-teshik modda hosil qiladi. Bu teshiklar orqa-

li miya ichiga qon tomirlar kiradi. Miya oyoqchalarining ichki 

yuza sidan III juft bosh miya nervi ko‘zni harakatlantiruvchi nerv-

ning ildizi ko‘rinadi.

Miya oyoqchalarining tashqi yuzasidan IV juft bosh miya ner-

vi g‘altak nervining ildizi chiqadi. Miya oyoqchalari orqa tomon-

da ko‘ndalang bolish shaklidagi ko‘prikka borib taqalgan. 

Ko‘prikning tashqi qismlari miyacha tomon yo‘nalib, miya-

chaning o‘rta oyoqchasini hosil qiladi.

Ko‘prik bilan miyachaning o‘rta oyoqchasi chegarasida V juft 

bosh miya nervi uch shoxli nervning ildizi ko‘rinadi. Ko‘prikdan 

past da uzun choq miyaning ventral qismi joylashgan. Unda o‘zaro 

oldingi o‘rta yorig‘ bilan ajralgan uzunchoq miyaning piramidasi, 

ulardan tashqarida esa yumaloq tepacha oliva ko‘rinadi. Ko‘prik 

bilan piramidaning o‘rtasidan VI juft bosh miya nervi uzoqlashti-

ruvchi nerv ning ildizi chiqadi. Undan chekkaroqda miyachaning 

o‘rta oyoq chasi bilan oliva o‘rtasidan ketma-ket joylashgan VII 

juft yuz nervi va VIII juft dahliz-chig‘anoq nervining ildizi chiqa-

di

Uzunchoq miyaning olivasi orqasidagi egatdan birin-ketin IX 

juft til-halqum nervi, X juft adashgan nerv va XI juft qo‘shimcha 



427

nerv ning ildizlari chiqadi. XII juft til osti nervining ildizi esa pi-

ramida bilan oliva o‘rtasidagi egat dan chiqadi.

Bosh va orqa miya pushtning tashqi varog‘i – ektodermadan ri-

voj lanadi. Tananing dorsal qismida ektoderma hujayralaridan nerv 

plastinkasi hosil bo‘lib, keyinchalik nerv nayiga aylanadi. Nerv nayi-

ning oldingi qismi pusht taroqqiyotining uchinchi haftasida ken-

gayib, bir-biridan nerv nayining uncha katta bo‘lmagan toraymala-

ri bilan ajragan uchta: oldingi, o‘rta va orqa birlamchi miya pufak-

chalarini hosil qiladi. Homila taroq qiyotining ikkinchi oyida oldin-

gi va orqadagi birlamchi pufakchalar ikkiga bo‘linadi va bir-biriga 

qo‘shilgan beshta: oxirgi, oraliq, o‘rta, ort qi va uzunchoq miya pu-

faklari hosil bo‘ladi. Taraqqiyot davrida miya pufakchalari devori 

bir tekis o‘smaydi. Keyinchalik uzinchoq miya pufagidan uzunchoq 

miya hosil bo‘ladi, ortqi miya pufagining ventral qismidan ko‘prik, 

dorsal qismidan esa miyacha hosil bo‘ladi. Rombsimon miyaning 

umumiy bo‘shlig‘i IV qorinchaga aylanadi. O‘rta miya pufagidan 

miya oyoqchalari va to‘rt tepalik plastinkasi hosil bo‘ladi. Oraliq 

miya pufagi devori bir tekis o‘smaydi. Uning lateral devori sezilarli 

o‘sib ko‘ruv bo‘rtig‘ini hosil qiladi. Uning yon devorlaridan yon to-

monga ko‘z pufakchalari o‘sib chiqadi, orqa devoridan esa g‘urrasi-

mon bez (epifiz) taroqqiy etadi. Pastki devoridan kulrang do‘mboq, 

quyg‘ich va gipofizning orqa bo‘lagi hosil bo‘ladi. Oraliq miya pu-

fagi bo‘shlig‘idan III qorincha hosil bo‘lib, u o‘rta miyaning suv 

yo‘li vositasida IV qorincha bilan qo‘shiladi. Oxirgi miya pufagi ik-

kita yarimsharga bo‘linganidan keyin uning bo‘shlig‘i yon qorincha-

larga aylanadi. Orqa miya nerv nayining pastki qismidan rivojlana-

di, unung qoldiq bo‘shlig‘i esa orqa miyaning markaziy kanaliga ay-

lanadi.


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   613   614   615   616   617   618   619   620   ...   722




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish