Taqim arteriyasi
(a.poplitea)
son arteriyasining bevosita davo-
mi bo‘lib, taqim osti chuqurchasining boshlanish joyida son suya-
gini orqa tomonida yotadi. Uning qolgan qismi taqim osti musha-
gi ustida yotib, shu mushakning pastki chekkasida oldingi va or-
qa katta boldir arteriyalariga bo‘linadi. Taqim arteriyasidan son
va oldingi katta boldir arteriyalari tarmoqlari bilan tizza bo‘g‘imi
to‘rini hosil qiluvchi tizzaning yuqorigi lateral va medial, tizza-
ning pastki lateral va medial, shuningdek, tizzaning o‘rta arteriya-
lari chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |