Oyoq kamari suyaklari
Chanoq suyagi
(os coxae,
48-, 49-rasm) juft yassi suyak bo‘lib,
odamning tana og‘irligini oyoqqa o‘tkazadi va chanoq bo‘shlig‘ida-
gi a’zolarni tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. 16 yoshgacha
chanoq suyagi 3 ta alohida: yonbosh, qov va quymich suyakla-
ridan iborat bo‘lib, ular o‘zaro tog‘ay qatlam vositasida birik-
kan. Keyinchalik bu suyaklar suyaklanib, bir butun chanoq suya-
gini hosil qiladi. Uning tashqi yuzasida (3 ta suyakning o‘zaro
birlashgan joyida) son suyagining boshchasi kirib turadigan quy-
mich kosachasi
bor. U qirra bilan o‘ralgan bo‘lib, medial tomo-
nida o‘ymasi
bor. Quymich kosachasini chetini son suyagi bosh-
chasi bilan bo‘g‘im hosil qiluvchi yarim oysimon yuza
egallagan,
tubi esa g‘adir-budir.
Do'stlaringiz bilan baham: |