Afferent o‘tkazuv yo‘llari
ekstratseptiv, propriotseptiv va in-
tratseptiv tizim tolalariga bo‘linadi. Ekstratseptiv markazga inti-
luvchi yo‘llar orqali tashqi muhit ta’sirida hosil bo‘ladigan nerv
impulslari o‘tadi. Bu yo‘llarga harorat, og‘riq, tanaga bo‘ladigan
bosim hamda sezgi a’zolaridan keluvchi o‘tkazuv yo‘llar kiradi.
Propriotseptiv markazga intiluvchi yo‘llar mushaklar, paylar,
bo‘ g‘im xaltasi, boylamlardan kelayotgan nerv impulslarini orqa
miya dan bosh miyaga o‘tkazib beradi.
Sezuvchi uzun proyeksion o‘tkazuv yo‘llari ekstratseptorlar,
propriotseptorlar va interotseptorlardan kelayotgan impulslarni
orqa miyadan bosh miya po‘stlog‘ining sezuv, harakat markaziga
va miyachaga o‘tkazib beradi. Bu yo‘llarning o‘ziga xos xususiyati
shundan iboratki, ular uch neyrondan iborat bo‘lib, birinchi ney-
roni bosh va orqa miyadan tash qarida, orqa miya tuguni yoki bosh
miya nervlarining sezuvchi tugunlarida joylashgan soxta unipolyar
hujayralar tash kil qiladi.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |