3-
савол
баёни
:
Odam yoshini davrlarga ajratilish asosiy sababining poydevorida barcha
organ va sistemalarning anatomo-fiziologik hususiyatlari va ijtimoiy kriteriyalari
ya'ni bolaning yasli, bog`cha va maktabdagi tarbiyalanish sharoiti yotadi. Masalan,
yaslida tarbiyalansa, yasli yoshi, bog`chada bog`cha yoshi, maktabda ta'lim olsa,
maktab yosh davrlari deb ataldi. Fanda rus gigiyenisti N.P.Gundobin tuzib bergan
yoshlik davrlari sxemasi qo`llaniladi. U odamning yoshlik yillarini quyidagi
davrlarga birlashtirgan. Har bir davr o`z ichiga bir necha yillarni qamrab oladi va har
bir davrda o`ziga xos jarayonlar sodir bo`ladi.
17
1.Ona qornidagi rivojlanish davri. Bu davrda homilaning oziqlanishi, nafas
olishi tana harorati va boshqalar bevosita ona organizmiga bog`liq bo`ladi.
2.Yangi tug`ilgan chaqaloqlik davri. 1 kundan — 10 kungacha (kindik
tushguncha). Bu davrda bola yangi hayotga moslasha boshlaydi. Ilk bor mustaqil
ravishda nafas oladi. Analizatorlar tizimi mustaqil ishlay boshlaydi.
3. Ko`krak yosh davri 1 yoshgacha. Bu davr bola hayotidagi katta
ahamiyatga ega bo`lgan davr hisoblanadi. Bu davrda bolaning bo`yiga o`sishi 1,5
marta, og`irligi 3 martaga oshadi, nutq paydo bo`ladi. Qalqonsimon, ayrisimon va
gipofiz bezlarining funktsiyasi kuchayadi. Ba'zi tizimlarning funktsional jihatdan
mustahkam bo`lmasligi, jumladan ovqat hazm qilish va nafas olish, bu yoshdagi
bolalar orasida oshqozon—ichak kasalliklari va nafas olish organlarining
kasalliklarining tarqalishiga olib keladi.
4. Bog`cha yoshigacha bo`lgan davr (1-3 yoshgacha). Bu davrda tananing
bo`yiga o`sishi, og`irligining ortishi biroz susayadi. So`z boyligi ortadi, o`zligini
taniydi, taqlidchanligi ortadi, organ va tizimlar faoliyati takomillashadi.
5. Bog`cha yosh davri (3-6, 7 yoshgacha). Bu davrda xotira, fikrlash
tasavvur qilish protsesslari rivojlanadi, intizom paydo bo`ladi, miya po`stlog`i juda
ko`p shartli bog`lanishlar vujudga kela boshlaydi.
6. Kichik maktab yosh davri, (7-12 yosh). Skeletning suyaklashuvi davom
etadi, tana proportsiyasi o`zgaradi, bosh miya katta yarim sharlari roli, jinsiy
bezlarning gormonal ta'siri orta boradi.
7.O`rta maktab yosh davri (12-15 yosh). Bu davrda ikkilamchi jinsiy
belgilar paydo bo`ladi, tormozlanish va qo`zg`alish protsesslari muvozanatlashadi,
umumlashtirish protsesslari ortadi.
8. Katta maktab yosh davri yoki balog`at yosh davri. Qizlar uchun 15 –
yosh, o`g`il bolalar uchun 15-20 yoshgacha. Bu davrda jinsiy bezlar kuchaygan
bo`ladi, ikkinchi darajali jinsiy belgilar rivojlanadi, tananing bo`yiga o`sishi va
og`irligining ortishi tezlashadi. Barcha organ va sietsmalarning funktsiyasi
takomillashadi. Bolaning ruxiy xolati o`zgaradi.
1965 yili Moskvada yosh davrlariga bag`ishlangan kengashda quyidagi
yosh davrlari sxemasi qabul qilingan:
1. Yangi tug'ilgan davr 1-10 kun
2. Emizikli davr 10-1 yoshgacha
3. Go'daklik davri 1-3 yosh
4. Birinchi bolalik davri 4-7 yosh
5. Ikkinchi bolalik davri (o'g'il bolalar) 8-12 yosh
6. Ikkinchi bolalik davri (qiz bolalar) 8-11 yosh
7. O'smirlik davri (o'g'il bolalar) 13-16 yosh
8. O'smirlik davri (qiz bolalar) 12-15 yosh
9. Navqironlik davri (qiz bolalar) 16-20 yosh
10. Navqironlik davri (o'g'il bolalar) 17-21 yosh
11. Yetuklik I davri (erkaklar) 22-35 yosh
12. Yetuklik I davri (ayollar) 21-35 yosh
13. Yetuklik (to'lishgan yosh) II davri (erkaklar) 36-60 yosh
14. Yetuklik (to'lishgan yosh) II davri (ayollar) 35-55 yosh
18
15. Keksalik yoshi (erkaklar) 61-74 yosh
16. Keksalik yoshi (ayollar) 56-74 yosh
17. Qarilik yoshi (ayollar va erkaklar) 75-90 yosh
18. Uzoq umr ko'ruvchilar 90 yosh va undan ortiq
Do'stlaringiz bilan baham: |