Boshqarishdagi barcha tamoyillarning bir-biri bilan o’zaro aloqadorligi.
Boshqarishning barcha tamoyillari bir-biri bilan o’zaro aloqadordir. Ishlab chiqarish sharoitida bir tamoyilning buzilishi barcha tamoyillarning ham buzilishiga olib keladi. Rahbar barcha tamoyillarni yoddan bilishi shart. Faqat shundagina menejer ishlab chiqarish muammosi paydo bo’lganda uni tezda hal qila oladi. Korxonadagi ish to’xtab qolish sababini aniqlaydi va mazkur holatda qaysi tamoyil amal qilishini belgilab beradi. Shuni unutmaslik kerakki, ko’rib chiqilgan barcha tamoyillarni ro’yobga chiqarish firma boshqaruvi tizimi samarali ishlashiga imkon beradi. Shuning uchun G’arbda ushbu tamoyillar boshqarishning “oltin” qoidalari deb ataladi.
2.Boshqarish funksiyalari to’g’risida tushuncha.
Dastlab "funksiya" va "vazifa" iboralarining lug’aviy ma’nosi to’g’risida ikki og’iz so’z.
"Funksiya" tushunchasi "vazifa" tushunchasiga nisbatan torroq ma’noga ega. Zero, funksiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish korxona muhandisining funksiyasiga kirmaydi, chunki u shu bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir. "Vazifa" esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin. Boshqarish funksiyasi, deganda u yoki bu obyektiv boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga karatilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Funksiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir.
Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chikadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: loyihalash; konstruktorlik; rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi. Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni,mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish, mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash; asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun ishlab chiqarish vositalari, texnika, xom ashyo, energiya, transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur. Shundan keyin, kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish, mehnatni tashkil qilish, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi. Ko’rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’layapti. Zero, funksiyalar faoliyat turlarini, sub’ektning boshqarish obyektiga aniq, ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi. Aniq funksiyalar. Iqtisodiy funksiyalar. Qo’llanish va foydalanish miqyosiga qarab sotsial funksiyalar boshqarish faoliyati turlariga qarab ma’naviy-ma’rifiy funksiyalar. Tashkiliy funksiyalar boshqaruv funksiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o’zi ham bo’lishi mumkin emas. Funksiyalar tarkibini, ularning ko’lamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyhalash uchun muhim asos bo’lib hisoblanadi.
Boshqarish funksiyalari — ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi. Boshqarish funksiyalarining tasnifi. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi.
G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beradi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiklashtirish; nazorat; rag’batlantirish (motivlashtirish). Bu funksiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |