An'anaviy xonandalik nazariyasi va metodikasi mundarija kirish


II.1.Barkamol avlod tarbiyasida vokal va estrada qo‘shiqchiligining o‘rni



Download 58,53 Kb.
bet4/5
Sana02.01.2023
Hajmi58,53 Kb.
#897390
1   2   3   4   5
Bog'liq
ananaviy xonandalik

II.1.Barkamol avlod tarbiyasida vokal va estrada qo‘shiqchiligining o‘rni
Yosh avlodning tarbiyasida musiqaning, qo‘shiqning o‘rni beqiyos. Ma’lumki, qo‘shiqchilik san’ati qadim zamonlarda vujudga kelgan va hozirgi kunlarda ham o‘z rivojini davom ettirayotgan ijodiyot turidir. Qo‘shiq azal-azaldan insoniyat hayotida hamroh bo‘lib kelgan va insonning ma’naviy va madaniy, g‘oyaviy va axloqiy tarbiyasida bosh tarbiyachi rolini o‘tagan. Bugun ham qo‘shiq hayotimizda ma’naviy va madaniy, axloqiy tarbiyani joriy qiladigan asosiy omillardan biridir. Bu borada “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida ham alohida keltirilgan. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida musiqa va qo‘shiq san’ati rivojiga katta ahamiyat qaratildi, bu san’at turi millatning qiyofasi, tarbiya vositasi sifatida baholandi. Buning bosh sababi – milliy anglash, milliy yuksalish va milliy uyg‘onishdir. Haqiqatan ham qo‘shiq insonlarning qalbiga tez kirib boradigan, qalb pardalarini chertadigan, dillarning tub-tubida cho‘kib yotgan vatanparvarlik tuyg‘ularini anglatib yuboradigan, ezgu ishlarga da’vat qiladigan kuchli omildir. Insonning ruhan poklanishida qalban ulg‘ayishiga chorlaydigan, irodasi, iymon- e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch ham qo‘shiqdir. Barkamol inson, komil inson tarbiyasida musiqaning, qo‘shiqning kuchi va ahamiyati kattadir. Barkamol inson va barkamol jamiyat haqida fikr yuritar ekanmiz, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning nutq, ma’ruza va suhbatlarida, yaratilgan asarlarida ana shu barkamol inson qiyofasini shakllantirish manbai va asosi bo‘ladigan, ushbu qiyofani komillik darajasini belgilaydigan omillar bosqichma-bosqich qayd etilganining guvohi bo‘lamiz. Islom Karimov mamlakatimizning yorqin kelajagi, bu kelajak sohibi bo‘ladigan yuksak ma’naviyatli barkamol avlod haqida “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida shunday deydilar: “Tabiiyki, milliy g‘oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga oladi... Vatan ravnaqi va taraqqiyoti – ma’naviyati yuksak va mustahkam, barkamol avlodga bog‘liq. Tarix haqiqati shuni ko‘rsatdiki, tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi” 2. Ta’kidlab o‘tish joizki, ma’naviy-axloqiy barkamollik, insoniy komillik bizga ota- bobolarimizdan o‘tib kelayotgan bebaho merosdir. Aslida insonning eng oliyjanob va muqaddas burchi – Vatanga, millatga fidoyi bo‘lib xizmat qilishdir. Tabiiyki, yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda tarixiy va milliy ma’naviy omillar bilan birga vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarning kuchi va ahamiyati kattadir. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, davlatimiz rahbariyati tomonidan qo‘shiqchilik san’ati rivojiga, ayniqsa Vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarga katta e’tibor berilmoqda. 1996 yildan beri O‘zbekistonimiz bo‘ylab keng qanot yozgan “O‘zbekiston – Vatanim manim”, “Yagonasan, muqaddas vatan”, “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali kabi tanlovlar, Mustaqillik, Navruz va boshqa davlat konsert tadbirlari dasturiga kiritilgan vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar ijrosi shuning dalilidir. Oxirgi yillar ichida o‘zbek ijodkorlari tomonidan minglab Vatanni, tinch hayotni madh etuvchi qo‘shiqlar yaraldi. Bugungi kunda har bir professional xonandaning repertuaridan Vatan mavzusidagi qo‘shiq o‘rin olgan. Vatanparvarlik asarlari asosida yosh avlodni va jamiyatni haqiqiy vatanparvar millat etib, Vatan manfaati bilan yashash, uning istiqboli va taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilish va kurashishni tarbiyalash, insonning ongiga Vatan tuyg‘usini singdirish mumkin Qo‘shiqchilik san’at turli millatning qiyofasi, tarbiya vositasi sifatida baholanyapti. Buning bosh sababi – milliy anglash, milliy yuksalish va milliy uyg‘onishdir. Qo‘shiq san’ati insoniyatning tarixiy taraqqiyot yo‘lida jamiyat bilan birgalikda sayqallanib kelmoqda. U shaklan va usluban juda ko‘p o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazgan, davrlar o‘zgargan sayin transformatsiyalanib kelmoqda. XX asrga kelib bu janr “estrada qo‘shig‘i” qiyofasida dunyoni zabt eta boshladi va eng ommabop janrga aylandi. Dunyo miqyosida estrada qo‘shiqchilik san’ati kundan-kunga rivojlanib, yangi turli oqimlar va ko‘rinishlarni kashf etmoqda, estrada osmonida yangi yulduzlar paydo bo‘lmoqda. Bu yangicha ko‘rinishlar va stilistik uslublar Respublikamizning estrada san’atiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Biz o‘zbek estrada qo‘shiqchilik san’atiga umumiy baho bersak, aytish mumkinki, milliy estradamizning bugungi ko‘rinishi, kechagi tarixi bu sohada katta ishlar qilinganidan dalolat beradi. O‘zbek milliy estradasiga asos solgan taniqli san’atkor Botir Zokirovdan boshlab, bugungi bu sohaning kenja avlodi ham jahondagi eng katta sahnalarda jahon qo‘shiq shinavandalarini qoyil qoldirishga erishganlar va erishmoqdalar. Misol qilib Sevara Nazarxon, Rovshan Namozov, Sogdiana, Xurshid Inagamov, Diana Ziyatdinova, Sardor Milanolarning jahondagi eng murakkab va nufuzli Xalqaro tanlovlarda va baland sahnalarda o‘zbek millatini, o‘zbek madaniyatini, o‘zbek san’atini yuksak pog‘onalarda targ‘ib qilayotganlarini g‘urur bilan aytishimiz mumkin. Ular kam bo‘lsa-da, o‘zbek xalqidan ham dunyo sevib eshitadigan san’atkorlar yetishib chiqayotganligi quvonarli hol. XX asrning 60–80-yillarida O‘zbekiston hududida barmoq bilan sanoqli estrada xonandalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsalar-da, bugungi kunda, istiqlol tufayli yoshlarning ijodiy erkinlikka ega bo‘lishi, senzura masalasida hamma to‘siqlar olib tashlanganligi, zamonaviy ovoz yozish studiyalarining texnik imkoniyatlari o‘sib ketgani tufayli, teleradio efirlaridaminglab yosh ijrochilarning chiqishlarini kuzatmoqdamiz. O‘sib chiqayotgan yosh estrada san’atkorlari orasida ustoz va maktab ko‘rgan, haqiqiy iste’dod va ovoz egalari: Sevara Nazarxon, Gulsanam Mamazoitova, Yulduz Turdieva, Ozodbek Nazarbekov Dilnoza Ismiyaminova kabi professional, yuqori badiiy didga ega xonandalar bilan bir qatorda o‘zlarini “yulduz” darajasida xisoblagan, musiqa savodidan xabarsiz, ma’naviy va madaniy ongi past, san’at va sahna talablariga javob bera olmaydigan, saviyasi past havaskor yoshlarning chiqishlariga chidashga majbur bo‘lyapmiz. Bunday ahvolga ijobiy baho berish qiyin. Bugungi sahna va teleradio efirlaridagi achinarli ahvol bo‘yicha ko‘p savollar tug‘ilmoqda. Xo‘sh, umuman, bugungi yoshlar qanday qo‘shiqlarnikuylashmoqda? Ularning san’at to‘g‘risidagi tasavvuri nima bilan izohlanadi? Radio va televidenie efirlari qanday xonandalarni va qanday qo‘shiqlarni targ‘ib qilmoqda? O‘sib kelayotgan yosh avlod bog`chadan boshlab maktab va Oliy yurtlarda qanday musiqa asarlari orqali tarbiyalanmoqda? O‘zbeknavo estrada konsert birlashmasi, O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi havaskor san’atkorlar va qo‘shiqlar saviyasini oshirish masalasida qanday chora-tadbirlar o‘tkazmoqda? Teleradio kompaniyasida musiqiy dasturlarni efirga uzatayotgan muharrir va rejissyorlarning ma’lumoti, ma’naviy, madaniy, axloqiy dunyoqarashi qay darajada, musiqa va san’at targ‘iboti bilan shug‘ullanishga ularning ma’naviy huquqi bormi? Ayonki, qo‘shiqchilik san’ati, yosh avlodning ma’naviy va madaniy tarbiyasi ko‘proq davlat tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq. Zamon talablariga javob bera oladigan, o‘zbek Estrada san’atini yuqori pog‘onalarga olib chiqadigan, xalqaro miqyosda o‘zbek estrada qo‘shiqchiligini munosib targ‘ib qila oladigan yuqori malakali yosh mutaxassislarni tayyorlash masalasi davlat ta’lim dasturining asosiy mezonidir. Professional, yuqori malakali estrada xonandasini tarbiyalash masalasi ko‘pqirrali va nihoyatda murakkab jarayondir.Har bir yosh ijodkorning barcha tomonlarini hisobga olib yondashishimiz zarur: uning iste’dod qirralari va doirasi, uning umumiy musiqiy tayyorgarlik darajasi, ovoz diapazoni va vokal texnik imkoniyatlari, ijodiy fikrlash doirasi, fizik holati. Har bir vokal pedagogining vazifasi bo‘lajak estrada san’atkorining vokal imkoniyatlari va ijodiy qirralarini ochib berishdan iboratdir Kasbiy estrada xonandalarini tayyorlovchi O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Estrada xonandaligi” ta’lim yo‘nalishida yosh professional estrada xonandalarining professional ko‘nikmalari: vokal texnikasini, ijrochilik mahoratlarini, yangi stilistik janr va yo‘nalishlarinimukammal darajada egallashga va yuqori ma’naviy-g‘oyaviy ruhda tarbiyalashga qaratilgan. Yosh xonandaning kasbiy yetukligi – uning estetik qadriyat nima ekanligi, insonlar tinglab zavqlanishi uchun sahnaga chiqqanda yetuk darajadagi ijro mahoratini, estrada yo‘nalishidagi zamonaviy stilistik yo‘nalish va uslublarni egallaganini, ijrodagi ovoz texnikasi ko‘nikmalari borligini, musiqa va sahna qonunlarini puxta egallagan, qolaversa, o‘z milliy madaniy merosini buzmagan holda zamonaviy ko‘rinishda yarata olishdan iboratdir. Vokal pedagogikasining vazifasi – bo‘lajak estrada san’atkorining vokal imkoniyatlari va ijodiy qirralarini ochib berishdan iboratdir. Shu bilan birga, yosh xonandaning ijro dasturi, ya’ni repertuar masalasi zarur omillardan. biridir.

Xulosa
Musiqa san’ati insonni axloqiy, madaniy-ma’rifiy tarbiyalshda muhim vosita hisoblanadi. Shu bois, hamma davr va jamiyatda musiqa san’ati va uning taraqqiyotiga katta e’tibor berib kelingan.
O’zbek musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega. Uning mazmunida xalqimizning milliy ruhiyati hayoti oliy insoniy faoliyatlari, badiiy ma’naviyati istiqlol va mustaqillik uchun kurashi, orzu umidalri aks etadi. Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsadi yosh avlodni, maktab o’quvchilarini, milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazib tarbiyalshdan iboratdir. Buning uchun o’quvchilar musiqa san’atini butun nafosati, go’zalligi bilan o’rganishalri, uni badiiy idrok etish, jamoaviy tarzda kuylash, raqs tushish va ijodkorlik malakalarini egallashlarida musiqa madaniyati mashg’ulotlarida keng foydalanish talab etiladi. O’quvchilarning musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san'atiga mehr-ishtiyoqini oshirish, musiqadan zarur bilim va amaliy malakalar doiarasini tarkib toptirish ularning musiqa haqidagi bilimlarini kengaytirishda jumladan opera asarlarini tahlil eta olish mazmuni-mohiyatini to’g’ri tushinish kabilarni amalga oshirish ustoz-o’qituvchidan katta mahorat, samarali uslublardan foydalanishni taqozo etadi. Musiqa sabog’iga badiiy axloqiy “Shuni unutmasligimiz lozimki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlaridan yaratiladi. Boshqacha aytganda, xalqaimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”.(I.Karimov”Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” 61-bet).
O’quvchilarda vokal va zamonaviy qo`shiqlarni o‘ragatish uslublarini maktabda tajribada tadqiq qilish jarayonida quyidagi xulosalarga keldik
1. Vokal va zamonaviy qo`shiqlarni tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish ma'naviy barkamol insonni shakllantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
2.Bolalar zamonaviy qo`shiqlaridan namunalar kuylash jarayonida o’quvchilar qo’shiq matnida mazmun moqiyatini go’zallikka yanada oshno bo’lishni, xullas insoniylikka xos barcha ijobiy fazilatlarni o’zida mujassamlashtira boradi.
3. Vokal janrining qamrovi ancha kеngdir, uning tarbiyaviy imkoniyatlari insonni ma'naviy jihatdan kamol topishida muhim o’rin tutadi va yaxshi samaralar bеradi.
4.Tinglangan vokal asarlari tinglovchi tomoshabin va o‘quvchilarning badiiy estеtik tafakkurini shakllantirshga yordam bеradi.
5.Opera asarlarini o‘rganish orqali bolalarning estetik madaniyati rivojlanadi. Yosh avlodning musiqa madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda opera san’atini o‘rganish muhim o‘rin egallaydi.
Mustaqil rivojlanish davrida xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan buyuk maqsadlarining ushalishini ta’minlovchi eng ishonchli yo‘llaridan biri: bu – ta’lin va tarbiya, yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish ma’naviy va ma'rifiy rivojlanishini eng yuksak darajaga ko’tarishdir. Bu ulkan vazifalarni bajarishda “Musiqa madaniyati” mashg‘ulotlaridan unumli foydalanish, musiqaning ta’sirchan vositalarini ishga solish kerak. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan tub yangilanishlar yangi shart-sharoitlar o‘qituvchining mehnat faoliyatiga salbiy-pedagogik tayyorgarligiga ham talablar qo‘ymoqda. Ilgari fan o‘qituvchisi asosiy e’tiborni o‘z predmeti bo‘yicha ta’lim metodlarini takomillashtirishga qaratgan bo‘lsa, bugun ta’lim jarayonuda o‘quvchilarning tarbiyasini va rivojlanishini umumlashtirgan holda olib borish talab etiladi chunki musiqa sa’ati bugumgi kunda yoshlarimizga yetuk ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda kuchliroq ta’sir etmoqda.
Xullas komil insonni tarbiyalashda biz ustoz o‘qituvchilar birdek harakat qilishimiz, barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz lozim.


Download 58,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish