An’anaviy Avgust kengash­larining fizika fani yo‘nalishi bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarini o‘quv-laboratoriya jihozlari, komputer texnikasi vositalari bilan ta’minlangan ta’lim muas­sasalarida o‘tkazish tavsiya etiladi



Download 41 Kb.
Sana29.01.2017
Hajmi41 Kb.
#1360
FIZIKA

An’anaviy Avgust kengash­larining fizika fani yo‘nalishi bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarini o‘quv-laboratoriya jihozlari, komputer texnikasi vositalari bilan ta’minlangan ta’lim muas­sasalarida o‘tkazish tavsiya etiladi.

Fizika fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-sinf o‘quv­chilarining davlat ta’lim standartlari talablarini o‘z­lash­­tirish darajasini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan moni­toring va bilimlar bellashuvi natija­lariga ko‘ra “Zichlik va uning birliklari”, “Tezlik va uning birliklari”, “Atmosfera bosimi. Torrichelli tajribasi”, “Tekis o‘zgaruvchan harakat­da tezlik”, “Tekis o‘zga­ruvchan harakatda bosib o‘tilgan yo‘l”, “Kinetik ener­giya. Potensial ener­giya”, “To‘g‘ri chiziqli harakat tezligi. Harakatning grafik tasviri” mavzulariga oid masalalarni mushohada qilish, fizik kattaliklarni to‘g‘ri yozish, zarur bo‘lgan asosiy formulani yozish, o‘lchov birliklarini bir xil tizimga keltirish, birliklarni keltirib chiqarish, rasmlarni mavzuga moslab chizish, masala uchun zarur bo‘lgan yordamchi formulalarni bir-biriga tenglashtirib yakuniy formulani hosil qilish, matematika jihatidan to‘g‘ri hisoblay olish kabi bilim ko‘nikmalarda bo‘shliqlar mavjudligi kuzatilgan.

Laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida ham tegishli asboblarni yig‘ish, ishni bajarish, mavzuga tegishli hisoblash formulasini yozish, topilgan kattaliklarni jadvalga solish, natijani hisoblash hamda absolyut va nisbiy xatoliklarni topishda qiynal­ganlar.

Ushbu kamchiliklarni bar­taraf etish uchun an’anaviy Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida quyidagilarga e’tibor qaratish lozim.

 Hozirgi kungacha yaratilgan elektron vositalar to‘g‘risida o‘qituv­chilarga to‘liq ma’lumotlar berish va ulardan dars jarayo­nida foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish zarur.

Ya’ni, “Kompyuter-Osiyo” firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Respublika ta’lim markazi qoshidagi “Fizika” fani yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy metodik kengashi tomonidan tasdiqlangan 6-, 7-, 8-sinflar uchun quyidagi elektron o‘quv filmlari:

 fizika fani haqidagi dastlabki tushunchalar;

 atmosfera fizikasi haqidagi ma’lumotlar;

 Arximed qonuni va uning qo‘llanilishi;

 oddiy mexanizmlar (richag, blok, qiya tekislik, vint, pona, chig‘iriq);

 ichki yonuv dvigatellari va bug‘ turbinasi;

 yorug‘likning tabiiy va sun’iy manbalari, Quyosh va Oy tutilishi;

 tovush manbalari va kattaliklari hamda tovush va salomatlik.

7-sinf mavzulari:

 jismlarning erkin tushishi;

 aylanma harakat haqida;

 elastiklik kuchi va prujinaning bikirligini aniqlash;

 dinamika qonunlari haqida;

 impulsning saqlanish qonuni va reaktiv harakat;

8-sinf mavzulari:

 tabiatda elektr hodisalari;

 tok manbalari va elektr generator;

 elektr qarshiligi, rezistorlar, reostatlar va potentsiometr;

 xonadonning elektr zanjiri va qisqa tutashuv;

 elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish;

 elektr sig‘imi, kon­densatorlar.

Xalq ta’limi vazirligi huzu­ridagi Multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan 6-sinf uchun 8 ta, 7-sinf uchun 6 ta, 8-sinf uchun 7 ta, 9-sinf uchun 6 ta, jami 27 ta virtual laboratoriya ishlari yaratilgan. Virtual laboratoriya ishlari 8 qismdan iborat bo‘lib, asosiy matn (mavzuga tegishli asosiy materiallar), video (laboratoriya ishi bajarilgan videolavha), interfoal tajriba (laboratoriya ishining animatsiya orqali bajarilishi), test (laboratoriyaga tegishli 15 ta savoldan iborat), mashq topshiriqlar (masa­lalar, savol va topshiriqlar), krossvord (mavzuga tegishli boshqotirma), lug‘at (alfavit tarzida tuzilgan mavzuga tegishli atamalar izohi), yordam (elektron resursdan foydalanish yo‘riq­nomasi) keltirilgan. Ushbu elektron virtual laboratoriya ishlarini Xalq ta’limi vazirligining internetdagi www.uzedu.uz elektron saytidan olish mumkin.

Umumiy o‘rta ta’lim mak­tablari o‘qituvchilari uchun N.Sh.Turdiev, Z.B.San­girova, N.Ne’matova muallifligida 6-sinf o‘qituv­chilari uchun “O‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanma” (“Sharq” nash­riyoti, 2012 y.) nashr etildi. Ushbu qo‘llanmada metodik yo‘na­lishlarga doir ma’lu­motlar, fizikadan taqvim-mavzu reja, darslarni o‘tkazish uchun konspektlar tuzishga doir tavsiyalar, darslarda tajriba-namoyi­shlar ko‘rsatish va labo­ratoriya ishlarini baja­rishda ish­latiladigan o‘quv-labo­ratoriya jihozlari tasnifi, foydalanishda rioya qili­nadigan havfsizlik texnikasi va mehnat mu­hofazasi qoidalari, elektron darslik, o‘quv filmlari, proeksion-ko‘r­gazmali materiallar va ax­borot-kommunikatsiya texno­logiyalaridan foyda­lanish masalalari keng yoritilgan. Sho‘ba yig‘ilish­larida ushbu qo‘llanmadan darsni tashkil etishda ijodiy foydalanish masalasi yuza­sidan fikr almashish ham tavsiya etiladi.

Ilg‘or pedagogik texno­logiyalarni dars jarayonida qo‘llash, samarador usullarni tajribadan o‘tkazish maqsa­dida tashkil etilgan respub­lika tajriba-tadqiqot maydon­lari faoliyati ham sho‘ba yig‘i­lishlarida muhokama etila­digan asosiy masalalardan biridir. Ta’kidlash lozimki, tajriba-tadqiqot maydonida tadqiqotchi o‘qituvchilar tomonidan “Sinkveyn”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Charx­palak”, “Blits so‘rov”, “Xotira mashqi”, «Bingo», “Kichik guruhlarda ishlash”, “Venn diagrammasi” “Kichik ma’ru­za”, “Kungaboqar” kabi interfaol metodlar sinovdan o‘tkazilib, ushbu usullar yuqori samara ko‘rsatganligi e’tirof etildi.

Jumladan, 7-sinf II-cho­rak 19-dars — “Aylanma hara­katni tavsiflaydigan katta­liklar orasidagi munosabat» mav­zusini o‘quvchilarga tushun­tirishda “Kichik ma’ru­za”, “Aqliy hujum”, “Charx­palak”, “Kichik guruhlarda ishlash” texnologiyalaridan;

8-sinf II chorak 30-dars — “O‘tkazgichlarni ketma-ket ulash” mavzusini o‘quv­chilarga tushuntirishda “Aqliy hujum”, “Faol ma’ruza”, “Kichik guruhlarda ishlash” usul­laridan, darsni mustah­kamlashda “Klaster”, «Bingo» texnologiyalaridan;

9-sinf III-chorak 40-dars — “Optik asboblar va ularning qo‘llanilishi” mavzusini o‘quvchilarga tushuntirishda “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, darsni mustahkamlashda “Sinkveyn” texnologiyalaridan foydalanish mumkin.

Sho‘ba yig‘ilishlarida fizika sohasida yangilik yaratgan va shu sohada ish olib bo­rayotgan va ijobiy natijalarga erishgan tajribali o‘qituvchilar bilan davra suhbati, ilg‘or ish tajribalari yuzasidan fikr almashishni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.



2012—2013-o‘quv yilida fizika fanidan N.Turdiyev muallifligidagi 6-sinf «Fizika», P.Habibullayev, A.Boyde­dayev, A.Bahromov ham­muallifli­gidagi 7-sinf «Fizika», P.Habibul­layev, A.Boydedayev, A.Bah­romov, M.Yuldasheva ham muallif­ligidagi 8,9-sinflar «Fizika» darsliklaridan foy­dalaniladi.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish