Q ovun sayli
Hosilni yig'ishtirib olish bilan bog'liq marosimlar turli tuman bo'lib, ulardan biri - "qovun sayli"dir. Qovun sayli o'rta asrlarda katta tantanalar bilan o'tkazilgan. Poliz mahsulotlari pisha boshlagan vaqtda dehqonlar qishloq oqsoqollari, qo'ni-qo'shni va yoru birodarlarini bir kun oldin:
"Ertaga falon vaqtga paykalga qovun sayliga boringlar", - deb taklif qilgan. Bunga oldindan tayyorgarlik ko'rilgan. Saharda kun isib ketmasidan oldin dehqonlar eng sara, band bergan qovunlardan uzib salqin joylarga olib qo'yilgan. Shuningdek, kelgan mehmonlar uchun biror mazali taom ham pishirilgan. Sayilga oqsoqollar, bolalar, barcha taklif etilgan. Sayilda erkaklar askiya aytishib, suhbatlashib o'tirganlar. Taomdan so'ng oqsoqollar dehqonning hosiliga baraka tilab duo qiladilar va hosil yig'imiga ruxsat beradilar. Sayil ishtirokchilari eng shirin qovunlar bilan mehmon qilingan
Bog'dorchilikka ixtisoslashgan hududlarda "olma sayli", "uzum sayli", "anor sayli", "anjir sayli" kabi bayram sayillari o'tkaziladi. Bu kabi sayillarning qadimgi xorazm va so'g'dliklarda ham o'tkazilganligi Beruniy ma'lumotlarida qayd etilgan bo'lib, unga ko'ra qadimda "qovoq bayrami" va uzum bilan bog'liq bayramlar nishonlangan.
Mehrjon Bayrami.
O'zbeklar orasida kuzgi tengkunlikda o'tkaziluvchi qadimiy taqvimiy bayram "Mehrjon" dehqon va chorvadorlarning eng tantanali ravishda o'tadigan bayramlaridan biri sanalgan. Abu Rayhon Beruniy o'z asarlarida "Quyosh va oy falakning ikki ko'zi bo'lganidek, Navro'z va Mehrjon zamonning ikki ko'zidir"10, - deb bejiz ta'kidlamagan.
Mazkur bayram qadimiy forslar taqvimidagi yettinchi oyning nomidan olingan bo'lib, 23 sentyabrdan 22 oktyabrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan. Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida yozilishicha "mehr" - Quyosh nomi, Quyosh shu kuni olamga zohir bo'lib, (bayram) uning nomi bilan atalgan". Beruniyning ta'kidlashicha "Zardusht Mehrjon bilan romro'z (ushbu oyning 21 kuni)ni birga hayit qilishni buyurgan. Keyinchalik mazkur bayram huddi Navro'zdagi singari bir oy davomida aholining turli tabaqalari o'rtasida besh kundan bayram qilingan". Demak, qadimdan "Navro'z" yangi yil va yangi ish mavsumining boshlanishi sifatida tantana qilingan bo'lsa, "Mehrjon" o'simliklar dunyosining o'sishdan to'xtab, "uyquga ketishi" va mehnat mavsumining yakunlanishi sifatida bayram qilingan. Hozirda esa "Mehrjon" o'zining asl ma'nosini yo'qotib, "birinchi chanoq", "paxta bayrami" va hosil bayramlariga bo'lingan holda davom etmoqda.
TO’Y – QADIMIY MAROSIM.
Hamma xalqlarda ham qadimiy marosimlardan biri to’ydir. Bizning xalqimizda to’yga tayyorgarlik ko’rib yashashadi. O’g’il tug’ulsa, sunnat to’yga tayyorgarlik ko’riladi. Qiz tug’ulsa, sep yig’ilib boshlanadi . Shu sababli to’y xalqimizning qadimiy marosimi, qarindosh-urug’ va do’st-u yorlar diydoriga to’yish, ular bilan uchrashish, yaxshi kuy, qo’shiqni eshitish, ko’pkari-yu kurashni tomosha qilish vositasi sifatida qadrlanadi. Xalqimiz doimo odamlarni duo qilganda “Topganing to’yga buyursin”, “To’ydan boshing chiqmasin”, “Uying to’yxona bo’lsin”, deb dou qilishadi.
Bizning xalqimizda to’ylarning bir qancha turlari mavjud, jumladan beshik to’y, nikoh, xatna to’yi, hovli to’yi, muchal to’yi, payg’ambar yoshi, yubileylar, oltin to’y, kumush to’y va hokazo.
To’y qilishdan maqsad nima? Agar buning mohiyatiga chuqurroq yondashadigan bo’lsak, nima uchun bir inson ko’p yillar topgan-tutganini bir kunda elga yedirib, ichiradi, degan savol tug’ulishi tabiiy. To’y qilgan odam ba’zan qarzga ham botadi, lekin shunga qaramay to’y qilib beradi. Nima uchun? Maqsad xalq orasida obro’ olishmi? Yoki odamlarni qoyil qoldirishmi? Yoki falonchi to’y qilmadi , elning oshini yegan, degan gapdan qochishmi?
Agar to’y qilishning bosh maqsadini o’ylab qarasak, farzandlarga xalqning duosini olib berish ekanligini ko’ramiz. Lekin sobiq Ittifoq davrida ushbu muammo, ya’ni inson uchun duoning qudrati muammosi chetga surib qo’yildi.
Ammo xorijda duoning kuchini o’rganish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, yaxshi natijalarga erishilganligi ma’lum. Islom dinida ham duoning kuchi ijobiy baholanadi.
Ota –bobolarimiz:- “Oltin olma duo ol, duo oltin emasmu”.- deb bejiz aytishmagan.Shu sababli ota-onalar bolalariga ko’pchilikning duosini olib berish uchun to’y qiladilar. Ammo, sobiq ittifoq davrida bu narsa butunlay unitildi, xudosizlar jamiyati to’yga kundalik tantana tusini berdi.Shu sabab to’ylar faqat xursandchilik qilish, yeb- ichish, o’yin kulgu qilish, tomosha qilish visitasiga aylanib qoldi va kim o’zarga to’y qilish, artistlarni ko’paytirish, kunlab ko’pkari berish poygasi boshlanib ketdi.
Natijada, to’yning haqiqiy mazmun-mohiyati butunlay o’zgarib ketdi. Hozirgi kunda, ya’ni mustaqillikdan keyin ham to’ylarni asl holiga qaytarish, tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytirish qiyin kechmoqda.
Shu sababli bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga o’tish jarayonida xalq an’analari, urf-odatlari va marosimlarini davr ruhiga moslashtirish, ularni milliy, qolaversa, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko’tarish kun tartibiga qo’yildi.
To’y marosimlar qanchalik yaxshi bo’lmasin, xalqimizning ma’naviy yuksalishida qanchalik ijobiy rol o’ynamasin, uni o’tkazish bilan bog’liq ba’zi ortiqcha rasm- rusumlar odat tusiga kirib borayotgan sun’iy udumlar jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, oilalarning maishiy barqarorligi taminlanishiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazishi tabiiydir.
Ortiqcha dabdababozlik, shuhratparastlik kabi salbiy holatlar, soxta obro’ orttirish, o’zini unutib marosimlar o’tkazilishi harom, mehnatsiz qing’ir yo’llar bilan topilgan boyliklar hisobiga bo’layapti.
Albatta, shunaqangi usul bilan soxta “insonparvarlik” namunalarini ko’rsatib mehmonnavozlik qilish, o’zini shu yo’l bilan o’zgalarga tantilikda namuna qilib ko’rsatish, marosimlarni o’tkazishda kim o’zarga harakat qilishlar xalqimizga salbiy ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi.
Shunday ekan, xalqimizning juda go’zal, mazmunan rang-barang to’y-u marosimlarini o’tkazishda kim o’zarga yo’l qo’ymay, balki avvalambor to’ylar bo’lsa yoshlarning baxt-iqboliga,marosimlar bo’lsa el-yurtga hurmat, ehtiromimizni namoyon qila olsak, hayotimiz yanada go’zallashadi.
Bu narsa bugungi gap emas. Millatimiz ichidan yetishib chiqqan taraqqiyparvar ziyolilar - jadidlarning xalqning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish uchun turli xurofot va zararli bid’atlarga qarshi kurashishni maqsad qilib qo’ygan edilar hamda ular o’z asarlari orqali serhasham va dabdabali to’y-marakalarni o’tkazishni keskin qoraladilar.
Jadidlar “Sho’royi islomiya” tashkilotining to’y – marakalarni tartibga solish to’g’risida “Najot” ro’znomasida e’lon qilingan qarornomasida shunday satrlar bitilgan: “Turkiston musulmonlarining syezdi mana shu holni e’tiborga olub ormizda bo’lib turgan ba’zi bid’at va xurofotlarni, chunonchi, to’y, maraka, gap, bazm… va janoza kuni bo’ladurg’on xurofotlarni bikulliya (hammasiga) barham berishga qaror qildi”. Shuningdek, mazkur qarornomada janoza, qiz, sunnat to’ylarini o’tkazish tartibi batafsil ko’rsatib berilgan. Ushbu qarornoma hozirgi davrda ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan.11
Afsuski,hozirgi kunda ham dabdabali, kim o’zarga, ko’z-ko’z uchun bo’layotgan to’ylar kam emas. Aslida agar to’y munosabati bilan bir qator qadrdon va vatandoshlar yor-birodarlar bir joyga yig’ilib, xursandchilik qilib,samimiy suhbat qilisalar, albatta, bir millat va xalq o’rtasida bo’lgan samimiy muhabbat va mehribonlik ziyoda bo’ladi. Ba’zilar orasida oldingi kek va kudurat shu bahonada yo’qoladi. Buning ustiga qancha miskin va muhtoj odamlar shu bahona to’y ne’matlaridan bahramand bo’ladilar. Shuning uchun ham to’y oilaviy marosimdir.
Xalqimiz turmushida "To'y" nomi bilan yuritiladigan marosimlar juda ko'p. Bunday marosimlarning chiroyli o'tishida ayollarning hissasi katta bo'lgani bois xalqimizning eng qimmatli urf-odatlarini avloddan-avlodga yetkazishda ham ularning o'rni beqiyosdir.
Garchi to'y tantanalari bir kunda, bir necha soatda o'tsa ham, ungacha tayyorgarlik ko'rish, to'ydan keyingi rasm-rusumlarini hisobga olganda bir necha kunga cho'ziladi. Nikoh to'yi marosimi o'zbeklarda qadimdari sovchilikdan boshlangan va hozir ham bu rusumga rioya qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |