Emission usulni sifat analizida ishlatilishi.Atom-emission sifat analizini amalga oshirish uchun eng qulay manba elektr yoyidir. Elektr yoyining harorari induktiv boglangan plazmaning haroratidan kichik bo’lganligi uchun unda spektral chiziqlar kamroq bo’ladi, spektral chiziqlarning kamligi esa sifat analizi uchun ancha qulaydir. Atom-emission usul ko’p elementli analiz usulidir, bu usul yordamida ko’plab elementlarni topish mumkin. Buning uchun tekshiriladigan moddaning chiqarish (emission) speklri fotoplastinka yoki fotoplenkaga tushirib olinadi (spektrografik usul). Наг bir element ko’p sonli spektral chiziqlarga ega bo’lganligi uchun ular orasidan intensivligi eng yuqori bolgani (analitik yoki oxirgi chiziqlar) tanlanishi kerak. Spektral chiziqlarni identifikatsiya qilish uchun maxsus atlaslardan foydalaniladi. Turli xil spektrograflar uchun maxsus atlaslar mavjud.
Atlaslarda temirning 20 marta kattalashtirilgan spektral chiziqlari bo’lib, ularning soni ham ko’p bo’lganligi uchun har chiziqning to’lqin uzunligi ko’rsatilgan bo’ladi. Atlasdagi temirning spektrlari yuqorisida elementlarning xarakterli spektral chiziqlari va belgilari joylashiirilgan. Masalan, ZnI4 275,65 nm to’lqin uzunligi 5,65 tarzida yozilgan boladi. Bu yerda element belgisining o’ng tomonida pastdagi rim raqami elementning qo’zg’atilgan (I) yoki ionining bir (II), ikki (III) martaqo’zg’atilganligmi ko’rsatadi. Element belgisining o’ngdan yuqorisidagi raqam (4) esa spektral chiziqning shartli sezuvchanligini l0 balli shkalada tasvirlaydi.
Konduktometrik analiz usuli.
Konduktometrik analiz usuli to`g`ri (bevosita) konduktometriya va konduktometrik titrlashga bo`linadi.
To`g`ri konduktometriya asosida eritma konsentratsiyasi bilan elektr o`tkazuvchanligi orasidagi bog`lanish yotadi. bu usul bilan eritmada bo`lgan alohida elektrolitlar miqdorini aniqlash, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish mumkin.
Masalan, suvning tozaligini, sut, vino, shifobaxsh ichimliklar va boshqalar tarkibiy qismini aniqlash mumkin.
Konduktometrik titrlashda titrlash jarayonida eritmaning elektr o`tkazuvchanligi o`lchab boriladi. olingan natijalar asosida (elektr o`tkazuvchanlikni titrant hajmiga bog`liqligi) titrlash egri chiziqlari chiziladi. aniqlanadigan moddadagi ionlar harakatchanligining turlicha bo`lishiga qarab, titrlash egri chiziqlarining ko`rinishi ham har xil bo`ladi (4.2-rasm)
a — kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash; b - cho`kma hosil qilish reaksiyasiga asoslangan titrlash; d — kuchli kislotani kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuz bilan titrlash; e — kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuzni kuchli asos bilan titrlash.
Ekvivalent nuqta titrlash egri chiziqlaridan topiladi va hisoblashlar olib boriladi. konduktometrik titrlashda neytrallanish, oksidlanish-qaytarilish, cho`ktirish, kompleks hosil qilish, qaytar va qaytmas reaksiyalardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |