Tahlil jarayonida ko‘pincha moddani juda oz miqdorini (izini) ochishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik analitik reaksiyalarni ochish minimumi m=10-3 – 10-4 mkg bo‘lgani xolda ba’zan, yanada kam, 10-7 – 10-8 mkg miqdordagi moddalarni ochish zarur bo‘ladi.
Bunday oz miqdordagi moddani ochishdan avval uni analitik reaksiya imqoniyatidagi ochish minimumi qiymatigacha konsentrlash
(konsentratsiyasini ortdirish) kerak.
Konsentrlash va ajratish tushunchalari:
Dastlabki aralashma tarkibiy qismlarini bir biridan ajratish uchun bajarilgan amal-ajratish, aralashmadagi mikro-tarkibiy qismni konsentratsiyasini makro-tarkibiy qismga nisbatan ortdirish amali konsentrlash deb ataladi. Nisbiy va absolyut konsentrlash usullari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |