5H2C2O4+ 2МnO4- + 6H+ → 10CO2 + 2Mn2+ + 8H2O
reaksiyaga asoslangan.
Standartlash tartibi. Titrlash kolbasiga 20 ml 2 N sulfat kislota eritmasi solinadi, taxminan shuncha miqdor suv qo‘shilib, qaynaguncha qizdiriladi. So‘ngra issiq eritmaga pipetka yordamida oksalat kislotaning standart eritmasidan alikvot qism olinadi va kaliy permanganat eritmasi yordamida yo‘qolmaydigan pushti rang hosil bo‘lguncha titrlanadi. Titrlash kamida uch marta takrorlanadi. KMnO4 eritmasining normalligi N1V1=N2V2, formula bo‘yicha hisoblanadi.
NАZОRАT ISHI. ERITMADAGI TEMIR (III) IONLARI MIQDORINI ANIQLASH.
Qotishma yoki ruda tarkibidagi temir miqdorini aniqlash.
Qotishma yoki ruda tortimi H2SO4 yoki HCl eritmasida eritiladi. Eritmadagi temir (III) ioni qalay (II) xlorid tuzi bilan qizdirib qaytariladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |