Har xil jarayonlar uchun entropiya o’zgarishini hisoblaymiz.
1.Izotermik jarayonlar uchun (suyuqlanish, qaynash, muzlash va x.k.) Bu jarayonni fikran qaytar o’tkazamiz va yuqorida keltirilgan tenglama orqali entropiya o’zgarishini aniqlaymiz
Sf.œ
Bu yerda f.œ.faza o’tishidagi issiqlik; T faza o’tish absolyut temperaturasi; bosim va hajm o’zgarmas hollar uchun.
SURconst; SUVconst
2.Biror jism (sistema)ni T1 dan T2 temperaturagacha hajm o’zgarmas sharoitda isitilganda (V = const). Bunda (yo’l ma'lum bo’lganligidan) jarayon issiqligi holati funktsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi va jarayon yo’liga bog’liq bo’lmaydi. Ilgari keltirilgan tenglamadan foydalanib
Qv=dU=nCvdT
Agar Cv =const deb qabul qilinsa
SnCv ln T2/T1 bo’ladi.
3.Biror jismni o’zgarmas bosimda isitilganda
CpconstSnCp ln T2 4.Ideal gaz uchun har xil jarayonlar uchun quyidagicha ifodalarni keltirib chiqarish mumkin. Izotermik jarayonda hajm yoki bosim o’zgarishidagi entropiya o’zgarishini quyidagi tenglamadan topish mumkin.
SnRln V2V1=nRln P1/P2 bu yerda V1,P1 lar dastlabki va V2, P2 lar keyingi hajm va bosimlar. Ikki ideal gazlarning o’zaro diffuziyasida entropiya o’zgarishini hisoblaymiz. Misol uchun 1 va 2 gaz biror hajmda teshigi bor to’siq orqali ajralgan bo’lsin. Agar boshida to’siq bir tomonida n1 mol V1 hajmdagi 1-gaz va boshqa tomonda n2 mol V2 hajmdagi 2 -gaz bo’lib (ularning bosim va teperaturalari bir xil), bir qancha vaqtdan so’ng teshik orqali gazlar aralashib, to’siqning ikkala tomonida bir jinsli gazlar aralashmasi hosil bo’ladi. Bunda n1 + n2 mol gazlar hamma hajmni (V1+V2) egalaydi. Diffuziyasidagi entropiya o’zgarishini hisoblash uchun har bir gazning izotermik kengayishidagi (V1 yoki V2 dan V1+V2 hajmgacha) entropiya o’zgarishini hisoblash lozim.
Yuqoridagilarni nazarda tutib
S1n1R ln V1 V2 /V1S2 = n2 RlnV1V2 /V2
Ikkala gaz uchun (umuman sistema uchun)
Sum =S1+S2 = R(n1 ln V1+ V2/V1 + n2ln V1 + V2/V2)
Gazlarning molyar qismlarini N1 va N2 bilan belgilansa
nn n V1V1 V2 N2 = n2/n1 + n2 = V2/V1+V2 Bu ifodani yuqoridagi tenglamalarga qo’yib 1 mol gazlar aralashmasi uchun entropiya o’zgarishini topish mumkin.
S= -R(N1 ln N1+N2 ln N2)
Yuqorida keltirilgan tenglama va ifodalardan quyidagi xulosalarni qilish mumkin. O’z – o’zidan boruvchi real, qaytmas jarayonlar entropiya ortishi bilan borar ekan (sistema isiganida, hajm ortganda, bosimi kamayganda gazlar diffuziyasida va x.k.).
Demak entropiya qiymati ortish bilan boradigan jarayonlar o’z –o’zidan boradi va sistema muvozanat holatiga yaqinlasha boradi. Entropiya qiymati shu shart - sharoit uchun maksimal qiymatga etganda, muvozanat qaror topadi. Binobarin, izolirlangan sistemada termodinamika muvozanat shartini quyidagicha yozish mumkin.
dS = O d2S
Shunday qilib, izolirlangan sistemalarda entropiya jarayonning borish - bormasligini, yo’nalishini va muvozanat shartlarini belgilovchi mezondir.