Amudaryo tumani xalq ta’limi bbo’limiga qarashli 13-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorining buyrug’i
Аmudaryo tumani Xalq taʼlimi boʼlimi, sizning 2021 yil 17 noyabr kungi 1-2/1-7/6sonli xatingiz boʼyicha quyidagilarni maʼlum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-sonli qarorining 5-bandi kichik (g) xatboshida taʼlim muassasalarida oʼqituvchi boʼlib faoliyat yuritayotgan:
xalqaro olimpiadalar gʼoliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz;
asosiy olimpiadalar Respublika bosqichi gʼoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi toʼlanadi deyilgan;
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9-sentyabrdagi “Iqtidorli oʼquvchilar oʼrtasida fan olimpiadalarini oʼtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʼqitish boʼyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʼgʼrisida”gi 562-son qarorining 1-ilova 7-bob Olimpiada gʼoliblari hamda ularning oʼqituvchilarini taqdirlash va ragʼbatlantirish 74-bandida Taʼlim muassasalarida oʼqituvchi boʼlib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar gʼoliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar Respublika bosqichi gʼoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi toʼlanadi;
Ushbu qarorning 7-bandi v kichik bandiga asosan umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida oʼqituvchi boʼlib faoliyat yuritayotgan olimpiadalar gʼoliblari lavozim maoshiga toʼlanadigan ustama haqlari bilan bogʼliq xarajatlar Oʼzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʼlari hisobidan amalga oshiriladi deyilgan.
Bu ustama oʼquvchisi asosiy olimpiadalar Respublika bosqichida gʼolib boʼlgan oʼqituvchi uchun emas, balki asosiy olimpidalarning Respublika bosqichida goʼlib boʼlgan oʼqituvchiga toʼlanadi. Bunda olimpiadada oʼqituvchining oʼzi qatnashishi kerak.
Umirbaeva Mayra bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan va maktab direktori jamgʼarmasi hisobidan bir oylik ish haqi miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bundan tashqari direktori jamgʼarmasi hisobidan 25 foiz har oylik ustama belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib 14-sonli umumtaʼlim maktabida faoliyat yurgizayotgan oʼquvchisi “Qozoq tili va adabiyoti” fanidan asosiy olimpiada Respublika bosqichida gʼolib boʼlganligi uchun oʼqituvchi Umirbaeva Mayraga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9-sentyabrdagi 562-son qarori bo’yicha qoshimcha ustama haq toʼlanmasligini maʼlum qilamiz.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021 yil 21-oktyabrdagi 01-01/09-4731-sonli va 2021 yil 29- oktyabrdagi 02-01/09-4894-sonli xatlari ilova qilinadi.
Аmudaryo tuman XTB mudiri: А.Ismailov
Bajaruvchi:
I.Baltabaev
Amudaryo tumani xalq ta’limi bbo’limiga qarashli 13-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Amudaryo tumani xalq ta’limi bbo’limiga qarashli 13-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Аmudaryo tumani Xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli 13 sonli umumta’lim maktabi , sizning 2021 yil 17 noyabr kungi 1-2/1-7/6-sonli taqdimnomangiz boʼyicha quyidagilarni maʼlum qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmonining 13-bandiga asosan, 2021-yil 1-yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida:
Sog’lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga (Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar ) hisobidan 20 foiz miqdorida ustama belgilash yo‘lga qo‘yilsin deyilgan;
13-sonli umumta’lim maktabida budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar bo’lmaganligi sababli ushbu 20%lik ustamani to’lash imkoniyati yo’qligini ma’lum qilamiz.13sonli umumta’lim maktabining 3/1-sonli buyrug’i bilan jismoniy tarbiya_fan oqituvchisi Yusupov Maxsudga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklatilganligini ma’lum qilamiz.
13-sonli umumta’lim maktabining 3/1_-sonli buyrug’i ilova qilinadi.
13-sonli umumta’lim maktabi direktori: I.Nurimbetova