Amudaryo daryosiga umumiy gidrologik tavsif Mundarija Kirish Bob: Gidrologiyaga umumiy tarif



Download 1,1 Mb.
bet2/9
Sana27.04.2023
Hajmi1,1 Mb.
#932709
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amudaryo daryosiga umumiy gidrologik tavsif 1

1.Bob: Gidrologiyaga umumiy tarif.
Gidrologiya Yer haqidagi fanlar turkumiga kiradi. "Gidrologiya" atamasi qadimgi yunoncha ikki so‘zining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, "gidro" - suv va "logos" - bilim yoki fan degan ma’noni anglatadi. Umumiy qilib aytganda, gidrologiya - suv haqidagi fandir. Ma’lumki, Yer sharining suv qobig‘i ­ gidrosfera bir qancha tashkil etuvchilardan iborat. Gidrosferani tashkil etuvchi har bir suv obyekti faqat o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga egadir. Shu sababli gidrologiyaga kengroq ma’noda quyidagicha ta’rif berish mumkin: gidrologiya ­ gidrosferadagi suvlarni, ya’ni okeanlar va dengizlar, daryolar va ko‘llar, doimiy qorliklar va muzliklar, botqoqliklar, yer osti suvlari, ularning joylashishi, xususiyatlari hamda ularda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni atmosfera, litosfera va biosferada kechadigan boshqa hodisalar bilan o‘zaro aloqador holda o‘rganuvchi fandir. “Gidrologiya” fani o‘rganiladigan suv obyektlarining turiga ko‘ra ikki qismga - okeanologiya (okeanlar, dengizlar gidrologiyasi) va quruqlik gidrologiyasiga bo‘linadi. Okeanologiya - Dunyo okeani va dengizlarining umumiy xususiyatlarini hamda ularda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni atrof muhit bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Quruqlik gidrologiyasi esa Yer sharining quruqlik qismidagi suvlarni o‘rganadi. Quruqlik gidrologiyasi, o‘z navbatida, o‘rganadigan suv obyektlariga bog‘liq holda, daryolar gidrologiyasi - potamologiya, ko‘llar va suv omborlari gidrologiyasi - ko‘lshunoslik yoki limnologiya, muzliklar gidrologiyasi - glyasiologiya, yer osti suvlari gidrologiyasi – gidrogeologiya, botqoqliklar gidrologiyasi – talmatologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi. Ko‘p hollarda gidrologiya deganda, quruqlik gidrologiyasi nazarda tutiladi. 7 Gidrologiyaning bosh vazifalaridan biri - suv obyektlarining gidrologik rejimini o‘rganishdan iboratdir. Hozirgi kunda, o‘rganiladigan muammolari va tadqiqot usullariga ko‘ra hamda suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha tarixan vujudga kelgan masalalarni hal etish bilan bog‘liq holda, gidrologiyadan uning gidrografiya, gidrometriya, gidrologik hisoblashlar, gidrologik prognozlar kabi tarmoqlari mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Oxirgi ikki fan, umumiy nom bilan, muhandislik gidrologiyasi deb ham ataladi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish