Qoqio`tkabilar sinfchasi – Asteridae
Reja
1. Sinfchaning muhim belgilari.
2. Sinfchaning qabila va oilalarning harakterli belgilari, ularning keng tarqalgan vakkilari.
3.Tabitdagi Ahamiyati.
4 Tokdoshlarning turlari
5 Jiydadoshlar xaqida malumot
1. Bu sinfcha ikki pallalilar sinfining sinfchalari orasida eng kattasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda uning tarkibiga asosan o`t o`simliklar, ba`zan chala buta, buta va daraxtalr ham kiradi. Harakterli hususiyatlaridan biri zaxira oziqa modda sifatida uglevodlarning (inulin) bo`lishidir. Ko`pchilik vakillarining vegetativ a`zolarida sutsimon shira mavjud. Gullari to`gri yoki notug`ri. Gultojbarglari qo`shilgan.
Sinfchaning tarkibiga 5 ta qabila kiradi. Ulardan ayrimlariga to`xtab o`tamiz.
1. Qo`ng`iroqgulnamolar kabilasi - Campanulales
Bu kabila 7 ta oilani birlashtiradi. Oila vakillari asosan o`t o`simliklar, ba`zan buta, kamdan-kam hollarda daraxtlari ham uchraydi.
1. Qo`ng`iroqguldoshlar oilasi – Campanulaceae
Bu oilaga 80 turkum, 2300 ga yaqin tur kiradi. Ular er yuzida keng tarqalgan, o`t, chala buta va buta o`simliklardir. Barglari ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari, tug`ri yoki notug`ri, 5 a`zoli. Gultojbarglari qo`shilgan qo`ng`iroqsimon. Gul formulasi:
|
|
Ca(5)Co(5)A5 G (3) ba`zan (2-5)
|
Mevasi ko`sakcha. Urug`i endospermli.
Oila vakillari: Tig`izgulli qo`ng`iroqgul (Campanula glomerata), ko`p yillik o`t, tog` yonbag`irlarida o`sadi. Kodonopsis (Codonopsis clematidea) ko`p yillik o`t. Azineuma (Asyneuma argutum) ko`p yillik o`t.
Ahamiyati: Oila vakillari manzarali o`simlik. Ayrimlari dorivor o`simliklar hisoblanadi.
2. Qoqio`tnamolar qabilasi - Asterales
Bu qabilaga faqat Qoqio`tdoshlar (murakkabguldoshlar) oilasi kiradi.
1. Qoqio`tdoshlar oilasi – Asteraceae
Bu oila guli o`simliklarning 12-15 % ni o`z ichiga olgan eng katta oila hisoblanadi. Oilaning 1000 ga yaqin turkum va 25000 turi ma`lum. Ular er sharining hamma qit`alarida turli ekologik sharoitlarda o`sishga moslashgan. Hayot shakllari: ko`p yillik va bir yillik o`t o`simliklar, ba`zan chala buta va tropikada daraxtsimonlari (senicio) ham uchraydi. Berglari oddiy, poyaga asosan ketma-ket ba`zan qarama-qarshi yoki xalka bo`lib joylashgan. Barg yaprog`ining shakli har-hil, yon bargsiz. Gullari to`p gulli bo`lib, savatchada joylashgan. Savatcha sirtidan bir yoki bir necha qator o`rama bargchalar bilan qoplangan. Savatcha yassi, bo`rtgan yoki botiq gul o`rni atrofida hosil bo`ladi. Gul o`rni silliq yoki pardasimon, qiltiqli ba`zan tuqli bo`lishi mumkin. Savatchada hosil bulgan gullarni soni bittadan tortib, bir nechtagacha bo`ladi. Ular ikki jinsli, ayrim jinsli yoki pushtsiz (changchi va urug`chilar rivojlanmagan) bo`ladi. Gulkosacha bargi reduktsiyalanib, oddiy yoki patsimon tuklarga, g`oxo qiltanoqlarga aylangan. Bular mevada saqlanib qolib, keyinchalik urug`larning shamol yordamida tarqalishiga xizmat qiladigan popuk (ukpari) yoki kokillarga aylanadi. Gultojbarglari hamisha tutash bo`lib, to`g`ri yoki noto`g`ridir. Changchilari 5 ta, chang iplari erkin bo`lib, chang xaltachalari birikkan holda naycha hosil qiladi. Urug`chisi 1,2 ta mevabargchaning qo`shilishidan hosil bo`lgan. Tugunchasi ostki. Mevasi pistacha.
Oila vakillari gultojbarglarini tuzilishiga qarab 5 ta tipga bo`linadi:
1. Naychasimon gullar. Bunday gullarni gultojibarglari to`g`ri ikki jinsli qo`ng`iroqsimon, 5 tishli.
Gul formulasi:
|
|
Ca(5)-0-pap Co(5)A5 G(2)
|
Û 2. Ikki labli gullar. Ular zigomorf, ikki jinsli, gultojibargning ustki labi 2 ta, ostkisi 3 ta gultojibargning birikib o`sishidan hosil bo`lgan.
Gul formulasi:
↑
|
|
Ca(5)-0-pap Co(2+3)A5 G(2)
|
3. Tilsimon gullar. Gultojibargi noto`g`ri, ikki jinsli, 5 tishli, uzun tilsimon plastinkadan iborat.
Gul formulasi:
↑
|
|
Ca(5)-0-pap Co(5)A5 G(2)
|
4. Soxta tilsimon gullar. Bu xildagi gullarning gultojibarglari ham noto`g`ri. Bunday gullar faqat urug`chidan tashkil topgan.
Gul formulasi: ↑ ♀ Ca(5)-0-pap Co(3)yoki (3+2)A0 G(2)
5. Varonkasimon gullar. Bularning gultojibarglari noto`g`ri, tishlari 5 ta, ular bir tekistda emas, past-baland bo`ladi. Changchisi ham urug`chisi ham bo`lmaydi. Ular savatchaning chetki qismlarida joylashgan bo`lib, hashorotlarni jalb qilish uchun xizmat qiladi.
Gul formulasi: ↑ Ca(5)-0-pap Co(5-7) A0 G0
Yuqorida keltirib o`tilgan belgilarga asosan oila 2 ta oilachaga bo`linadi:
1. Tilsimongullilar oilachasi- Lactucoideae. Bu oilachaga o`simliklarning savatchasidagi barcha gullar tilchasimon, noto`g`ri, ikki jinslidir. Vakillari:
1. Odiiy qoqio`t (Taraxacum officinale). Ko`p yillik o`t. Ildizida inulin to`planadi. Barglari vitaminga boy.
2. Oddiy sachratqi (Cichorum intubus). Ko`p yillik o`t. Dorivor o`simlik.
3. Tatar suto`t (Lactuca tatarica). Ko`p yillik o`t. Begona o`t.
4. Sabzavot bo`ztikoni (Sonchus oleraceus). Bir yillik o`t. Begona o`t.
5. Tog`saqich (Scorzonera tau-saghlus). Chala butacha. Kauchukli o`simlik.
6. Echki soqoli (Tragopogon malicue). Ko`p yillik o`t.
2. Nachagullilar oilachasi – Asteroideae. Bu oilacha vakillari savatchalaridagi gullarining hammasi naysimon, ba`zan ikki labli yoki har-xil bo`lishi mumkin. Vakillari:
1. Oddiy kungaboqar (Helianhus annuus). Bir yillik o`simlik.
2. ermon (Artemisia absinthum). Ko`p yillik o`t. Dorivor o`simlik. Cho`l, adir va tog` zonalarida o`sadi.
3. Oddiy bo`yimodaron (Achillea millefolium). Ko`p yillik. Dorivor o`imlik.
4. Moychechak (Matricaria recutita). Bir yillik o`t. Dorivor o`simlik.
5. Ko`ztikan (Centaurea iberica). Ikki yillik o`t.
6. O`rmalovchi kakra (Acreptilon repens). Ko`p yillik o`t. Begona o`t.
Ahamiyati: Oila vakillari orasida moy beruvchi o`simliklar bo`lib, ularning urug`ini tarkibidagi moyi oziq-ovqatga ishlatiladi. Bundan tashqari ba`zi turlari bo`yoq beruvchi, kauchuk saqlovchi, dorivor va manzarali o`simliklar hisoblanadi. Shuningdek, chorva, qorako`l qo`ylari uchun em-hashak o`simliklari hisoblanadi.
Ayiqtovondoshlar – ikkipallalilar sin-fining ayritojlilar kenja sinfiga mansub osimliklar oilasi. A. asosan kop yillik ot. Buta yoki chala buta turlari ham uchraydi. Bar-glari ketma-ket ornashgan, kopincha yon bargchasiz, panjasimon – oyma yoki qirqma, oddiy. Gullari ikki jinsli, kopchilik turlarida togri, ayrim turlarida qiyshiq. Gulqorgoni oddiy yoki qoshqavat. Sallagul, suvyigar, parpi, isfarak, ayiktovon kabi turkumlarga mansub osimliklarning gulkosasi, kopchilik turlarida esa gultojlari ham besh bargli. Aksariyat turlarida changchi va urugchilar kop. Mevalari – bargak yoki yongoqcha, kamdan-kam hollarda kosakcha shaklida. A.ning 1500 ga yaqin turi bor. Tropik zonadan boshlab shimolidagi barcha mintaqalarda uchraydi. Markaziy Osi-yoda 200 dan ziyod turi bor. Ozbekistonda A.ning ayiktovon, isfa-rak, pufanak, adonis, suvyigar kabi turkumlariga mansub juda kop turlari osadi. Ba’zilari, mas, sal-lagul, isfarak, suvyigar xushmanzara osimlik, ayrimlari esa, mas, adonis, ayiqtovon, parpilar dorivor osimlik. A.ning ayiqtovon, parpi singari tur-kumlariga mansub turlarning tarkibida zaharli moddalar bor. Shu sababli bundam osimliklar osgan otloqlarda mol boqish xavfli.
Adonis: Adonis Adonis - ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o tlar turkumi. Adonis sayyora - kichik sayyora.
Guli salim Paeonia intermedia - ayiqtovondoshlar ayiqtovongullilar oilasi ga mansub ko p yillik manzarali o simlik. Dengiz sathidan 1500 - 2500 m balandlikdagi
Qarg atuyoq, po fanak Anemona - ayiqtovondoshlar oilasiga mansub ko p yillik ildizpoyali o tlar turkumi, dorivor o simlik. 90 ga yaqin turi ma lum. Rossiyada
Mushuko t, sassiqmatal Adonis parvifl ora - ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bir yillik o t. Bo yi 50 - 60 sm. Bargi patsimon, tub barglari qisqa bandli
Ko kboshchitir Delphinium songoricum - ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bir yillik o t. Poyasi oddiy yoki ostki qismidan shoxlangan, bo yi 15 - 20 sm.
Sanchiqo t Thalictram minus - ayiqtovondoshlar oilasiga mansub ko p yillik o t. Bo yi 80 - 100 sm. Ildizi ggopuksimon sershox. Bargining uz. 7 - 30 sm, 3 -
Tok (Vitis) — uzumdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik daraxtsimon lianalar turkumi; rezavor meva ekini; Markaziy va Jan. Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikada 60—70 turi maʼlum. Uzok, Sharq, Kavkaz, Oʻrta Osiyo va Jan. Yevropada 7—8 turi keng tarqalgan. Madaniy T. (V. vinifera) barcha qitʼalarda yetishtiriladi. Jahon boʻyicha tokzorlar maydoni 7426 ming ga, hosildorlik 81,7 s/ga, yalpi hosili 60687 ming t. Fransiya (871 ming ga), AQSH (350 ming ga) Ispaniya (1,16 mln.ga), Italiya (880 ming ga)da katta maydonlarda yetishtiriladi (1999). Oʻzbekistonda tokzorlar maydoni 140 ming ga, yalpi hosil 516,4 ming t, hosildorlik 51,0 s/ga (2003).
T. Oʻrta dengiz atroflari vn Gʻarbiy Osiyoda mil. dan bir necha ming yillar ilgari yetishtirilgan. Madaniy T. taxminan oʻrmon T.i (V. sylvestris) va boshqa yovvoyi turlaridan kelib chiqqan. Ekiladigan navlarning koʻpchiligi shu turga mansub. Shuningdek, Shim. Amerika T. turlari V. labrusca, V. riparia, V.rupestris va boshqaham ekiladi. Amur T.i (V. amurensis) — manzarali oʻsimlik. Tyan shan va PomirOlay togʻlarida oʻsuvchi hisor uzu mi (V. hissarica) Qizil kitobga kiritilgan.
Madaniy T.ning baquvvat ildizi 7 m va undan ortiq chuqurlikkacha boradi. T. tanasi — liana. Uning koʻp yillik novdalari (zang va madang) turli yoʻgʻonlikda boʻladi. Bir yillik novdalari uzun (3–5 m) va ingichka boʻlib, boʻgʻimida barg , barg qoʻltigʻida kurtaklar rivojlanadi. Novdaning pastki, asosan 3—5boʻgʻimlarida gul toʻplami, ustkilarida gajaklar (bargning qaramaqarshi tomonida) paydo boʻladi. Barglari yaxlit, panjasimon, asosan, 3 va 5 boʻlakli, navbat bilan joylashgan. Shoʻralari shokila yoki roʻvaksimon. Gullari mayda, koʻkimtirsargʻish, madaniy turlariniki, asosan, ikki jinsli, ayrimlariniki bir jinsli. Xasharotlar, shamol yordamida va oʻzoʻzidan changlanadi. Gʻujumi (uzumi) rezavor, 1—4 urugʻli, etli, sersuv yoki kamsuv. Urugʻsiz navlari (kishmishlar) ham bor. Gʻujumlari turli shakl va rangda, shingilga toʻplangan.
T. issiqsevar, sovuqqa chidamli, asosan, vegetativ yoʻl bilan koʻpaytiriladigan oʻsimlik, koʻchatlari qalamchalaridan, payvand qilish orqali, seleksiya maqsadida urugʻlaridan koʻpaytiriladi, 2, 3 yili hosilga kiradi. T.ning koʻpchilik navlari —18°, —20°, ayrimlari —28°, —30° gacha sovuqqa chidaydi, 25—30° da yaxshi oʻsadi, 40° dan yuqori harorat yomon taʼsir koʻrsatadi. T. yogʻinlar miqdori 300 mm dan kam boʻlganda sugʻorib yetishtiriladi. T. aslida yer tanlamaydi, ammo qumoq tuproqli, sugʻoriladigan, unumdor yerlarda yaxshi oʻsadi. T. 30—300 yil yashaydi, oʻz ildiziga ega tuplari 60—80-yil, payvand qilinganlari 30—40-yil hosil beradi. Oʻrtacha hosildorligi 70—400 s/ga ga boradi. T.ning uzumi yeyiladi, qayta ishlanadi (konserva qilinadi, turli vinolar, konyak, qiyom, shinni, sharbat, kompot tayyorlanadi, mayiz solinadi va boshqalar). Uzum tarkibida 6585% suv, 33% gacha qand, 0,51,4% organik kislotalar, 0,15—0,9% oqsil, 0,3—1,0% pektin, 0,3—0,5% mineral moddalar, shuningdek, S, V,, V2 vitaminlar, provitamin A, gʻujumi poʻstida oshlovchi va boʻyoq moddalar, pektin va boshqa, urugida 4—19% moy, 1,8—8% oshlovchi moddalar bor.
T., asosan, tekis, shuningdek, qiyalik yerlarga (terrasa solib) ham ekiladi. Ekishdan oldin gektariga 30— 40 t chirigan goʻng , 600–1000 kg superfosfat, 150 kg kaliyli oʻgʻit solinadi, yer plantaj plug bilan 60 sm chuqurlikda gʻaydaladi, T.ning bir yillik yaxshi pishgan novdalaridan kuzda 35—40 sm uzunlikda qalamchalar olinadi, koʻchatzorlarda koʻchat yetishtiriladi. T.ning bir yillik koʻchatlari navi, tuproqiqlim sharoiti, ustirish usuliga qarab qator oraligʻini 2— 3—4 — 5, tup oraligʻini 2 — 3 – 4 m qilib, kuz va bagʻorda ekiladi. Novdalari yozning 2yarmida chekanka qilinadi. Kelgusi yili bahoridan tuplarga shakl beriladi. T. novdalarini koʻtarmay (yertok) yoki novdalarini soʻri, simbagʻiz, ishkomga kutarib yetishtiriladi, Kamdankam hollarda aymoqi (daraxtlarga chirmashtirib) qilib oʻstiriladi. Oʻzbekiston sharoitlarida kuzda kesilib, novdalari qoʻndoq qilingan holda tuproq yoki barda, poxol bilan yopiladi va erta bahorda ochilib, madang va novdalari koʻtarib bogʻlanadi.
T.ning oʻsishi va hosildorligi xomtok, novda uchlarini 1—2 sm chilpish (gullash boshlarida), novdalarini kesish (qarang Tok kesish) kabi agrotexnika usullari bilan rostlanib boriladi. Har gektar tokzorga har 2—3 yilda 20—30 t chirigan goʻng , har yili 300–400 kg ammiakli selitra, 400–500 kg superfosfat, 60–90 kg kaliyli ugit solinadi. Yer sharoitiga qarab, gektariga 600—1000 m3 normada 2—6 marta sugʻoriladi, qishda 1—2 marta 1500—2000 m3 normada yaxob suvi beriladi. Hosildorlikni oshirish uchun T. navlari (ayniqsa, urgʻochi gulli Charos, Nimrang va boshqalar) qoʻshimcha changlanadi. Karigan yoki sovuq urgan T. tuplari ustki k,ismini kesib tashlash bilan yoshartiriladi, noyob navlarini iskana payvand yoʻli bilan koʻpaytirish mumkin.
T. navlari ertapishar (120—130 kunda), urtapishar (135—140 kunda), kechpishar (150—170 kunda) navlar guruhlariga boʻlinadi. Oʻzbekistonda 250 ga yakin uzum navlari rnlashtirilgan. 21-asr boshida respublikada ekiladigan va davlat reyestriga kiritilgan 40 ga yakin uzum navlari (2004) 3 guruhga boʻlinadi: 1) xoʻraki (Nimrang , Parkent, Kattaqoʻrgʻon, Toifi, Sultoniy, Charos, Kitob surxagi, Husayni, Qora janjal, Haliliy, Chillaki, Daroyi, Rizamat, Hoʻja Axroriy va boshqalar); mayizbop (Ok kishmish, Kora kishmish (shivilgʻoni), Pushti kishmish, Shakarangur, Sultoniy, Kattaqoʻrgʻon, Nimrang va boshqalar); 3) vinobop (Baxtiyoriy, Aleatiko, Tarnoye, Bayan shirey, Muskatlar, Risling , Bihishti, "VIR", Saperavi va boshqalar) navlar.
Asosiy zararkunandal ar i: uzum barg oʻrovchisi, oʻrgimchakkana, gʻallakana, buzoqboshi, qurtlar.
Kasalliklari: ragʻa, kul, mildyu, dogʻli antraknoz, serkosporioz va boshqa
Jiyda (Elaeagnus L.) — jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Jan. Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada oʻsadigan 40 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda J.ning qargʻajiyda. (E. angustifolia; yovvoyi holda oʻsadi), sharq jiydasi (E. orientalis), tikanakli J. (E. pungens), kumushsimon J. (E. argentea), non J. (E. edulis) turlari oʻsadi. Sharq J.sining bargi oddiy, ensiz, kumushrang . Daraxti 8–10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushboʻy, efir moyli. Mevasi sargʻish, magʻizsiz danakli, eti 31,2—88,7%, unsimon, xushxoʻr. Tarkibida 46—65% qand, 10% oqsil, 1,3% kislota, 200 mg% S vitamini mavjud. J.ning mevasi yangiligida yoki quritib isteʼmol etiladi. Mevasidan spirt va kuchsiz alkogolli ichimliklar tayyorlanadi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yogʻochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfyumeriya sanoatida, gulidan efir moy olinadi.
J. qurgʻoqchilikka chidamli, yer osti suvlari yuza va shoʻr tuproqlarda ham oʻsaveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan koʻpayadi. Koʻchati oʻtkazilgach, 3—5- yili hosilga kiradi. May—iyun oyida gullaydi, mevasi sent.—okt.da pishadi. Bir tupi 50 kg gacha hosil beradi. J. 60—80-yil yashaydi. Non J. mevali daraxt sifatida ekiladi, oʻrta boʻyli daraxt. Sernam yerlarda yaxshi oʻsadi. Serhosil. Mevasi yirik, mazali, qizgʻish-qoʻngʻir rangli. Oʻzbekiston oʻrmonchilik i.t. institutida uning 20 ga yaqin navi taʼriflangan (Qizil J., Raʼno, Urganch, Xurmoy, Toshkent deserti, Choʻli qandak, Kizil qandak va b.). Hoz. davrga kelib sanoat ahamiyatini yoʻqotdi. Oʻzbekiston, Tojikiston va koʻpgina mamlakatlarda ayrim tomorqa bogʻlarida havaskorlar ekadi. Koʻproq yoʻl yoqalari, kanal boʻylari, dala-ihota oʻrmon mintaqalari, tashlandiq yerlarga ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi
Do'stlaringiz bilan baham: |