Pistadoshlar (Anacardiaceae) — ikki pallalilar sinfiga mansub daraxt va butalardan iborat oʻsimliklar oilasi. 60 turkumi, 500 ga yaqin turi bor. Asosan, tropik va subtropik hududlarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 4 turkumi uchraydi. Shundan 2 tasi (pista va totim) yovvoyi hodda oʻsadi; 2 tasi (Cotinus toxicodendron) ekiladi. Gullari toʻgʻri, bir yoki ikki jinsli, gul-qoʻrgʻoni murakkab (baʼzan oddiy), kosacha va gultojibarglari 3 yoki 5 ta, changchilari 6 yoki 10 ta. Barglari oddiy yoki murakkab, qaramaqarshi yoki ketma-ket joylashgan. Mevasi — pista yoki yongʻoqcha.
Pista, xandon pista - pistadoshlar oilasiga mansub buta yoki daraxtlar turkumi, yongoqmevali daraxt. 300 yilgacha yashaydi. 20 dan ortiq turi bor. Janubiy Yevropa, Garbiy, Orta va Sharqiy Osiyoda, Shimoliy, Sharqiy Afrika va Markaziy Amerikada osadi. Orta Osiyoda yovvoyi hodda osadigan chin P. va tomtoq bargli P. turlari bor. Boyi 2.5–10 m, shox-shabbasi tarqoq, 10–12 m kenglikda. P. ikki uyli osimlik, - 40° sovuqqa chidaydi. Apr. - may boshlarida dastlab erkak, songra urgochi daraxtlari gullaydi, guli murakkab rovaksimon topguldan iborat, shamol yordamida changalanadi. Mevasi bir urugli danak. Pistasi avg. - sentabr pishadi. Qobigi yupqa, qattiq, yetilganda bazan uchidan yoriladi. Magzi yashil, mazali, tarkibida 63% gacha moy, 22% oqsil, 7% gacha uglevodlar, V guruhi vitaminlari, A provitamini bor; asosan, qovurilgan holda yeyiladi, qandolatchilikda ishlatiladi. P. lalmi yerlarda 10 - 12, sugorma yerlarda 7 - 8-yili hosilga kiradi. Yovvoyi holdagilari 15 kg gacha, payvand qilingan 8 - 10-yillik daraxtlari 30–45 kg meva beradi. P. barglarida paydo boladigan gudda-bujg-unlarda tannid, boyoq mod-dalari bor. P. Qurgoqchilikka chidamli. Urugidan va payvandlab, bachkisidan parhish qilib kopaytiriladi. P. yogochi duradgorlikda qadrlanadi. Ozbekistonda P. ni ekib ostirish ishlari 1937 yildan Bobotog toglarida boshlangan, Kattaqorgon suv ombori atroflarida 2 ming ga dan ortiq P.zorlar tashkil etilgan. Respublikada urugidan ekib ostirilgan P. zorlarning umumiy maydoni 80 ming ga dan koproq. Ozbekiston ormonchilik i.t. institutida, P.ning 6 navi yara-tilgan, 30 dan ortiq P. navlari kolleksiyasi barpo etilgan.
Asosiy zararkunandalari: P. qurti va P. qalqondori.
Pistadoshlar (Anacardiaceae) oilasi Totim (Rhus) turkumining vakillari kichik daraxt yoki buta hamda liana o‘simliklaridir. Ular asosan tropik va subtropik hamda mo‘tadil iqlimli mintaqalarda tarqalgan. Barglari navbat bilan joylashadi, murakkab toq patsimon tuzilgan. Gullari novdaning uchki qismida shingilcha hosil qiladi, changchi va urug‘chi gullari ayrim-ayrim shingilchalarda rivojlanadi. Ular sariq va yashil bo‘ladi. Mevasi danakcha, rangi qizil bo‘lib, bezchalarga o‘xshash tuk bilan qoplangan. Bu turkumning 150 ta turi bor. Ulardan 14 tasi Toshkent Botanika bog‘iga introduksiya qilingan. Oshlovchi totim (Сумах дубильный) — Rhus coriaria L. - bo‘yi 1-3 m bo‘ladigan buta yoki kichik daraxt. Totim yovvoyi holda O‘zbekistonning janubida To‘polang va Sangardak daryolari havzasida o‘sadi. Barglari murakkab, toq patsimon, 4-8 juft cho‘ziq-tuxumsimon yoki nishtarsimon, yirik arrasimon qirrali barglardan tashkil topgan bo‘lib, bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket o‘rnashgan. Bir jinsli, mayda, ko‘rimsiz, besh bo‘lakli, yashil-oq rangli gullari ayrim-ayrim (changchi va urug‘chi) holda ro‘vaksimon gul to‘plamiga joylashgan. Mevasi - qizg‘ish rangli, sharsimon yoki buyraksimon, mayda, quruq, danakli meva. Totim iyun - iyul oylarida gullaydi, mevasi sentabr-oktabrda yetiladi. Totim Kavkaz, Qrim, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistonning quruq, toshloq va ohakli tog‘ qiyaliklarida, dengiz sathidan 900-1700 m balandliklardagi tog‘ qiyaliklarida, ba’zan o‘rmonlarda va o‘rmon chekkalarida o‘sadi. Bu daraxt tog‘ qiyaliklarini yomg‘irda yuvilib ketishidan saqlashda muhim rol o‘ynaydi, chunki ildizi baquvvat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |