Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xiz-
matlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga
qilinadigan barcha sarflar tushuniladi:
к = s + v.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy
va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya xarajatlari, asosiy
kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, foiz
to‘lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Korxona tomonidan ishlab
chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi
mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin:
bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (11.1-rasm).
315
11.1-rasm. Xarajatlarning namoyon bo‘lish sohasiga ko‘ra
turkumlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |