Amonboyev mahammadsidik bozor infratuzilmasi


Ijtimoiy-maishiy infratuzilma



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/154
Sana22.02.2023
Hajmi3,98 Mb.
#913637
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154
Bog'liq
61a1df565b84c4.81967751

Ijtimoiy-maishiy infratuzilma 
bevosita kishilaming ij­
timoiy, m a’naviy, madaniy, m a’rifiy, ilmiy va shu kabi faoliyat 
yo‘nalishlaridagi harakatlari, munosabatlari, o‘zaro bog‘liqligi va 
aloqadorligini ta ’minlash, rivojlantirishga xizmat ko‘rsatuvchi tar­
moq va subyektlar majmuidan iborat bo‘lgan iqtisodiyotning alo-
31


hida bir bo‘g ‘inidir. Ya’ni, ijtimoiy-maishiy infratuzilma aholining 
turmush tarziga bevosita bogMiq boMgan uy-joy qurilish, sogMiqni 
saqlash, ta’lim-tarbiya berish, jismoniy tarbiya va sport, madaniy 
va maishiy, maxsus aloqa va transport, umumiy ovqatlanish xizmat­
larini ko‘rsatish hamda kishilaming har tomonlama rivojlanishiga 
ta’sir etuvchi boshqa sohalami o ‘z ichiga oluvchi, ulami bogMovchi 
tizim sifatida ifodalanadi.
Shuningdek, iqtisodiy manbalarda ushbu soha “noishlab 
chiqarish sohasi”, “xizmatlar sohasi”, “sotsial infratuzilma” va shu 
kabi nomlar bilan ham ataladi. Shu tufayli ijtimoiy-maishiy in­
fratuzilma sohasiga qarashlaming bir xil emasligi moddiy ishlab 
chiqarish sohasi va xizmatlami aniq chegaralashda m a’lum qiyin­
chilik tug‘diradi. Xizmatlar va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqar­
ish asosan ishlab chiqarish sohasining bir qismini hamda taqsimot 
va iste’mol munosabatlarini o ‘z ichiga oladi. Bu jarayonda jamiyat 
a ’zolarining hayoti va faoliyati uchun moddiy, madaniy-maishiy va 
ijtimoiy sharoitlar yaratiladi. Bu sharoitlar esa jamiyatda erishilgan 
ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va mavjud ishlab chiqarish mu­
nosabatlarini o ‘zida aks ettiradi. Ijtimoiy-maishiy infratuzilma aho­
lining ijtimoiy va shaxsiy ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarini qondiruv- 
chi ikki tomonlama xizmatlami o ‘zida mujassamlashtirgan boMib, 
uning tarmoqlarini ijtimoiy va maishiy guruhlarga birlashishini 
taqozo etadi.
Ijtimoiy infratuzilma insonning ijtimoiy va shaxsiy 
ehtiyojlarini qondiruvchi ijtimoiy va ma’naviy ne’matlar ishlab 
chiqarishning sharti boMib maydonga chiqadi. Bunga xalq ta ’limi, 
sogMiqni saqlash, madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport 
kiradi. Maishiy infratuzilma esa aholining hayoti va faoliyati uchun 
uy-joy, maishiy sharoit yaratadi. Bu sohaga asosan savdo, umumiy 
ovqatlanish, yoMovchi tashuvchi transport va xizmat k o ‘rsatuvchi 
tarmoqlar kiradi. Infratuzilmaning bu qismi ijtimoiy infratuzilmadan 
ko ‘ra ko‘proq moddiy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga 
bogMiq boMadi. Ijtimoiy-maishiy infratuzilma qandaydir asosiy
32


tuzilma uchun yordamchi va uzatuvchi xizmat ko‘rsatuvchi 
mexanizm hisoblanmaydi. Chunki, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish 
obyekti — aholi - noishlab chiqarish sohasi bilan ishlab chiqarish, 
iqtisodiyot va ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilma 
munosabatlari bilan umumiy aloqasi bo‘lmagan munosabatda 
boMadi.
Ijtimoiy-maishiy infratuzilmaning asosiy funksiyalari sifatida 
quyidagilami ko'rsatish mumkin:
- yosh avlodni tarbiyalash, ta’lim berish, qayta malakasini 
oshirish (maorif, ta’lim);
- ish vaqti davomida mehnat unumdorligi pasayishining 
oldini olish (umumiy ovqatlanish, yoMovchi transporti);
- mehnatga layoqatlilik davrining davomiyligini uzaytirish;
-xodim lam ing dam olish shart-sharoitlami yaratish, ularning
madaniy saviyasini oshirish (turarjoy xo‘jaligi, madaniyat, san’at).
Shu o ‘rinda ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish va ijtimoiy- 
maishiy infratuzilmaning o ‘xshash tomoni ham mavjud: har ikkala 
sohada ham tovar qiymatining o ‘zgarishi xizmat ko'rsatish orqali 
amalga oshiriladi.

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish