Ammo bu jarayonni inson ishtirokisiz, kompyuterlar o‘rtasida kabelli al


INTERNETning ba’zi foydali manzillari ro‘yxati



Download 55,8 Kb.
bet10/10
Sana16.01.2022
Hajmi55,8 Kb.
#372180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
INTERNETning ba’zi foydali manzillari ro‘yxati

http://www.w3.org

-  internetning  rasmiy  hujjatlar  saqlanadigan  serveri,  hususan,  siz  bu

yerda HTML tilining amaldagi andozalarini va uning yangi namuna versiyalari bayonini, internet

ishi  masalalari  muhokama  qilingan  konferentsiya  (anjuman)larga  murojaatlarni,  global

kompyuter tarmog‘ining boshqa manbalariga murojaatlarini topasiz.

http://www.tsau.uz

. Bu Toshkent Davlat Agrar Universiteti sayti bo‘lib, undan universitet

haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.

http://www.machaon.ru/digest/

.  Agar  siz  ingliz  tilini  yaxshi  bilmasangiz,  bu  sahifada

internetda ishlash haqidagi rus tilida yozilgan hujjatlarga murojaatlarni topasiz.

http://web.canlink.com/helpdesk/window.htmlда

ishlab  chiqaruvchi  kompaniyalarning

WWW  adreslar  ko‘rsatilgan.  HTML  muharrirlarining  ro‘yxati.  Bunda  erkin  tarqatiladigan

dasturlarni ko‘rsatilgan serverlardan yuklab olishingiz mumkin.

http://www2.imagiware.com/RxHTML/htdocs/single.html

-  HTML  doktori.  HTML  hujjat

tuzilishi,  jadvallar,  formatlarning  to‘g‘riligi,  murojaatlarning  haqiqiyligini  tekshiradi.  Masalan:

rasmga  mavjud  bo‘lmagan  murojaat  ishlatiladi  yoki  ochiluvchi  va  yopiluvchi  teglar  soni  teng

emas. Bu holda dastur xato qilingan hujjat satrining nomerini ma’lum qiladi.

Http://www.chat.ru

sahifa  o‘lchami  3  mb  gacha  bo‘lishi  mumkin.  Pochta  qutisi  havola

qilinadi.

Http://www.real.com/.  Bu  server  Internet  orqali  “jonli”  va  video  uzatish  muammolariga

bagishlangan.  Tarmoq  orqali  radio  eshitishni  va  video  ko‘rishni  xoxlovchilar  uchun  juda  ko‘p

tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.

IP protokoli o‘z vazifasini bajarishi uchun axborotlar almashinuvida ishtirok etuvchi

kompyuterlarga nomerlar yoki adreslar berish kerak .

TSR/IR tarmog‘iga ulangan har bir kompyuter o‘zining IR adresiga ega bo‘lib,  u 32

razryadli ikkilik son bilan ifodalanadi. Masalan, 01001011001001001011010010100101.

Bunday ko‘rinishdagi adresni albatta yodda saqlash qiyin. Shu boisdan IP protokolida

adreslarning  har biri 8 baytdan iborat bo‘gan 4ta  blokka bo‘linib o‘nli sanoq sistemasidagi son

ko‘rinishida yoziladi. Barcha baytlar bir-biridan nuqtalar bilan ajratiladi, masalan, 123.45.67.89,

195.158.8.173, 192.168.0.1,196.201.90.0  204.1.1.23 va h.k. Dastlabki ikkita blok tarmoq

identifikatorini, keyingi ikki blok esa tugun identifikatorini anglatadi. Masalan, ushbu

195.158.8.173 adresda 195.158 tarmoq identifikatorini, 8.173 esa tugun identifikatorini bildiradi.

Tarmoq identifikatori

Tugun identifikatori

Network ID: 195.158

Host ID: 8.173

IP adresdagi dastlabki blok adres sinfini anglatadi. Adres sinflari esa uchta bo‘ladi: A, V va

C.

Adres



sinfi

Birinchi


blok qiymati

Mumkin bo‘gan

tarmoqlarSoni

Mumkin bo‘lgan tugunlar 

soni

A sinf



V sinf

S sinf

1-126

128-191



192-223

126

16384

2 097 152



16 777 214

65 534

254

Odatda kichik korxonalarga S sinfdagi adreslar beriladi. Korxona lokal tarmog‘iga 254



donagacha  kompyuterlarni o‘zaro bog‘lash mumkin.

Internetdagi asosiy protokollar va ularning qo‘llanilishi

Internet  orqali  taqdim  etiladigan  barcha  xizmatlar  standart  protokollar  orqali  amalga

oshiriladi va foydalaniladigan kompyuterlarga bog‘liq emas, albatta. Protokollar texnologiyalar

orasidagi  mantiqiy  ko‘prik  bo‘lib  kommunikatsiyaning  ko‘plab  elementlarini  boshqaradi.

Internet protokollari haqidagi axborotni RFC (Request For Comment)da topish mumkin. RFC bu

fayl ko‘rinishida taqdim etilgan Internet hujjatidir.

Odatda  internet  tizimidagi  barcha  prokollar  "mijoz-server"  sxemasi  bo‘yicha  ishlaydi.

Server - bu ma’lum bir tarmoqda bir guruh kompyuterlar yoki dasturlarga markazlashgan holda

xizmat  ko‘rsatishga  mo‘ljallangan  kompyuter  va  uning  dasturiy  ta’minotidir.  Agar  server

foydalanuvchilar  kompyuterlariga  kirishlarni,  ularga  kerakli  fayllarni  olish  va  uzatish  imkonini

bersa,  unda  u  fayl-server  vazifasini  bajaradi.  Bitta  server-kompyuterda  bir  vaqtning  o‘zida  bir

necha  xizmatlarni  ko‘rsatish  imkoniyati  bo‘lishi  mumkin,  masalan,  WWW,  FTP,  E-mail  va

Proxy  serverlar.  Mijoz  -  bu  server  resurslaridan  foydalanuvchi  kompyuter  yoki  dasturdir.

Serverga  uning  dasturiy  imkoniyatlaridan  kelib  chiqib  bir  vaqtning  o‘zida  bir  nechta  mijoz

bog‘lanib,  undan    ma’lumot  almashinish  imkoniyatiga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Internet  tizimida

asosan quyidagi protokollar keng qo‘llaniladi:

Telnet  –  masofada  joylashgan  kompyuter  bilan  ulanib,  o‘zaro  axborot  almashinish

protokoli:

FTP – fayllarni uzatish va qabul qilish xizmati:

HTTP (Hypertext Transfer Protocol) –gipermatnlarni uzatish protokoli;

Gopher – matnli ma’lumotlarni qidirish va ko‘rish protokoli:

WAIS –(Wide –Area Information Servers) – ma’lumotlar omboridan axborotlarni qidirish

protokoli.

World  Wide  Web  (WWW)-  Gipermatn  (matn,  tovush,  tasvir,  video,  animatsiya)

ko‘rinishdagi hujjatlarni izlash, ko‘rsatish protokoli.

Shu protokollar bilan yaqindan tanishib chiqaylik.

Telnet protokoli

Telnet  bu  terminalning  emulyatsiya  protokolidir.  U  orqali  Internetga  olisdan  turib  kirish

mumkin.  Terminal  emulyatsiyasi  bu  boshqa  kompyuterga  bog‘lanishni  ta’minlovchi  ish  rejimi

bo‘lib,  foydalaunvchilar  boshqa  kompyuter  bilan  uning  terminali  sifatida  muloqotda  bo‘ladi.

Ko‘p  hollarda  DEC  firmasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  UNIX  operatsion  tizimi  uchun

mo‘ljallangan vt100 terminal emulyatsiyasidan foydalaniladi.

UNIX  operatsion  tizimida  fayllarni  boshqarish  DOSdagi  kabi  kataloglar  asosida  amalga

oshiriladi.

Telnet  dasturini  foydalanuvchi  Windows  yoki  Dos  muhitidan  ishga  tushirishi  mumkin.

Agar u Windowsda bo‘lsa, «Pusk» menyusi orqali komandalar satrida telnet komandani kiritishi

lozim;  DOSda  esa  mazkur  dastur  yozilgan  papkadan  telnet.exe  faylini  ishga  tushirishi  kerak.

Telnet  dasturiga  kirgach  foydalanuvchi  bog‘lanmoqchi  bo‘lgan  xohlagan  mashina  nomini  yoki

IP  adresini  ko‘rsatish  lozim.  Masalan,  telnet    well.cf.ca.us  komandaga  ko‘ra  well.cf.ca.us

tugundagi  server  bilan  bog‘lanish  amalga  oshadi.  Olisdagi  kompyuter  foydalanuvchining

ro‘yxatga  olingan  nomini  (Login)  va  parolini  (Password)  so‘raydi.  Chunki  telnet  aloqani

o‘rnatish uchun foydalanuvchi ushbu olislashgan kompyuterda ro‘yxatga olingan bo‘lishi kerak.

Agar telnet komanda qatorida turib Telnet ning barcha komandalari haqida ma’lumot olish kerak

bo‘lsa, klaviatura orqali so‘roq (?) belgisini kiritishi lozim.

Telnet dasturiga ega bo‘lgan kompyuter lokal, aloqa o‘rnatatiladigan kompyuter esa

olislashgan (masofadagi) kompyuter deb hisoblanadi.

FTP protokoli

FTP protokoli internet tizimi orqali fayllarni jo‘natish va qabul qilish uchun maxsus 

yaratilgan. Fayllar matn, tasvir, tovush, video va animatsiya yoki bajariladigan dasturlardan

iborat bo‘lishi mumkin. FTP uchun kerakli fayllar arxivlar deb ataluvchi fayllarni o‘z ichiga

olgan maxsus serverlarda bo‘ladi. Server arxividagi fayllar mavzulari bo‘yicha kategoriyalarga

ajratilgan bo‘ladi. FTP serverlarida foydalanuvchilar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan dasturlarni

ham topishlari mumkin. Bugungi kunda mijozlarning yaratgan WEB sahifalari asosan FTP

protokoli orqali uzatilib  yangilanib boriladi. FTP protokollar foydalanuvchiga oddiy matnli yoki

grafik interfeysli ko‘rinishida xizmat ko‘rsata oladi.  Matn ko‘rinishli FTP protokoli asosidagi

ish seansi quyida keltirilgan:

Matnli FTP protokolidan foydalanish uchun maxsus komandalarni bilish lozim, bu esa 

mijozlardan ba’zi bilim va malakalarni talab qiladi.

Quyida FTP protoklida foydalaniladigan buyruqlardan na’munalar keltirilgan:

Buyruq

(komanda)

Tavsif

Ascii


Matnli fayllarni uzatish rejimiga o‘tish

Binary


Ikkilik kodlar ko‘rinishidagi fayllarni uzatish rejimiga o‘tish

Cd

Olisdagi kompyuterda papkaning yo‘lini almashtirish



Dir

Olisdagi kompyuterda joylashgan fayllar ro‘yxatini ko‘rish

Get

Olisdagi kompyuterdan mijoz kompyuteriga faylning nusxasini ko‘chirib



yozish

Help

FTP buyruqlari xaqida ma’lumot (yordam) olish

Mget

Olisdagi kompyuterdan mijoz kompyuteriga bir necha fayllar nusxasini

ko‘chirish.

Mijozlar  foydalanishi  qulay  bo‘lishi  uchun  keyinrok  grafik  interfeysli  protokollar  ham

yaratilgan.  Ulardan  bugungi  kunda  ko‘plab  mijozlar  keng  miqyosda  foydalanishmoqda.  Grafik

interfeysli protokolning ish seansi quyidagi rasmda keltirilgan:

HTTP protokoli

(Hypertext  Transfer  Protocol)  –gipermatnlarni  uzatish  protokoli.  U  internet  orqali  WEB

sahifalarni uzatish uchun ishlab chiqilgan. HTTP protokoli WWW ning asosi bo‘lib hisoblanadi.

Brauzerlar  interfeysi  orqali  mijozlar  HTTP  ning  buyruqlarini  berishadi.  Berilgan  buyruqqa

binoan    brouzer  WEB  serveridan  so‘ralgan  resurslarni  (sahifalarni)  oladi.  HTTP  protokoliga

asoslangan  internet  resurslarining  adreslari  quyidagi  ko‘rinishda  bo‘lishi  mumkin:

http://www.uzpak.uz

Gopher  protokoli

Gopher – matnli ma’lumotlarni qidirish va ko‘rish protokoli. U 1991 yilda ishlab chiqilgan.

WWW  protokolidan  avval  iyerarxik  fayl  strukturasidan  axborotlarni  olish  uchun  Gopher

protokolidan foydalanilgan. Bu protokol yordamida mijozlar bir sahifadan ikkinchisiga menyular

yordamida  o‘tishgan.  Gopher  mijoz  dasturi  tekstli  interfeysga  ega  bo‘lgan.  Quyida  Gopher

xizmatidagi axborot resursining adresi keltirilgan:

Gopher:// Gopher.tc.umn.edu

WAIS protokoli

WAIS – (Wide–Area Information Servers) – ma’lumotlar omboridan axborotlarni qidirish

protokoli.  Bu  protokol  ma’lumotlar  omboridan  kerakli  axborotlarni  qidirish  uchun  yaratilgan.

WAIS axborot tizimi taqsimlangan ma’lumotlar omboridan tashkil topib, ular alohida serverlarda

joylashgan  bo‘ladi.  Ma’lumotlar  haqidagi  axborotlar  shu  serverlardagi  kataloglarda  yozib

qo‘yilgan  bo‘ladi.  Axborot  resurslarini  ko‘rish  WAIS  –  mijoz  dasturi  yordamida  amalga

oshiriladi.  Kerakli  ma’lumotni  qidirish  mijoz  tomonidan  kiritilgan  kalit  so‘z  orqali  amalga

oshiriladi.  Kalit  so‘z  yordamida kerakli ma’lumotlar joylashgan ma’lumotlar ombori qidiriladi.

Qidiruv  natijalari  topilgan  ma’lumotlarga  murojaatlar  ko‘rinishida  chiqadi.  Internetda  WAIS



resurslari adresi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: WAIS://site.edu

WWW protokoli
Download 55,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish