Amir umarxon davrida qo'qon maorifi I. Kirish II. Asosiy qism


Qo’qon xonligida madaniy h’ayot, va maorif, ularning maktab va madrasalar faoliyatiga ta`siri



Download 96,5 Kb.
bet4/4
Sana04.06.2022
Hajmi96,5 Kb.
#635871
1   2   3   4
Bog'liq
AMIR UMARXON DAVRIDA QO\'QON MAORIFI

3.Qo’qon xonligida madaniy h’ayot, va maorif, ularning maktab va madrasalar faoliyatiga ta`siri.
Jangu jadallar bilan tarix sah’nasida Qo’qon xonligi nomi ostida bo’y ko’rsatgan bu davlat XVIII asr boshlaridan XIX asrning uchinchi choragigacha bo’lgan xukmronligi davrida murakkab siyosiy jarayonlarni boshidan kechirdi. Qo’qon xonligining ichki va tashqi vaziyatidagi murakkabliklari madaniy- ma`rifiy ishlar rivojiga ozmi- ko’pmi salbiy ta`sir ko’rsatgan bo’lsada, uni to’xtatib qo’ya olmadi. Xonlikning yirik shah’arlarida XVIII - XIX asrlarda qad ko’targan masjid, madrasa, me`moriy majmualar , shuningdek maktabdorlik, ijod ah’lining yaratgan yozma va og’zaki badiiyat namunalari madaniy – ma`rifiy ishlarning to’xtovsiz davom etganligini ko’rsatadi.Qo’qon xonligi madaniy h’ayoti va ilm fan rivojiga to’xtalar ekanmiz, ta`kidlash kerakki bu davlat madaniy h’ayoti h’am boshqa xonliklar madaniy h’ayoti singari xukmdorlar davridagi ijtimoiy - siyosiy h’ayot ta`sirida o’zgarib turgan. Xonlikda ilm- fan rivoji h’am bevosita mana shunday o’zgarishlar ta`sirida bo’lgan. Xonlarning madaniy h’ayotga, jumladan maktab va madrasalar faoliyatiga munosabati turlicha bo’lgan. Xonlikdagi maktab va madrasalar faoliyatini o’rganar ekanmiz, bevosita madaniy h’ayot va ilm fan rivojiga to’xtalib o’tishimiz zarur. Chunki maktab va madrasalar faoliyatiga adabiy muxit vakillarining, tarixchilarning, xamda san`atning ta`siri katta bo’lganligini etirof etish lozim. Qo’qon xonligining madaniy h’ayotini bevosita xonlikda ta`lim tizimini vujudga kelishi va rivojlanishiga ma`naviy asos bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki ayni davrda adabiyot, san`at va ilm- fan vakillari o’z ijodlari bilan bir qatorda davomida maktab va madrasalarda muallimlik faoliyatini h’am olib borganlari oz emas. Shu o’rinda aytish kerakki, adibiyot, san`at va ilm- fan vakillari h’am ushbu davr madrasalaridagi ma`niviy asos ta`sirida etishib chiqqanlar.
Qo’qon xonligi madaniy h’ayotida o’z o’rniga bo’lganlardan: Akmal Sher (shoir Maxmurning otasi), Amiriy (Qo’qon xoni Umarxon), Boqixon to’ra, Gulxaniy, Yoriy Ho’qandiy, Zavqiy, Zoriy, Mih’jub, Maxmur, Muqimiy, Muh’tazib, Mushrif, Muh’ayyir, Muh’ammad Yunus Toib, Muh’iy, Muh’siniy, Nasimiy, Nizomiy, Ho’qandiy, Nodir, Nozil, Pisandiy, Rojiy, Sadoiy, Umidiy, Furqat, Shuh’rat va boshqalarni ko’rsagish mumkin. . Qo’qon xonligining madaniy h’ayotini bevosita xonlikda ta`lim tizimini vujudga kelishi va rivojlanishiga ma`naviy asos bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki ayni davrda adabiyot, san`at va ilm- fan vakillari o’z ijodlari bilan bir qatorda davomida maktab va madrasalarda muallimlik faoliyatini h’am olib borganlari oz emas. Shu o’rinda aytish kerakki, adibiyot, san`at va ilm- fan vakillari h’am ushbu davr madrasalaridagi ma`niviy asos ta`sirida etishib chiqqanlar.
Qo’qonda ko’plab iste`dodli shoiralar bo’lib ularning bevosita ta`lim tarbiya jarayonlariga ta`siri h’am bo’lgan. Qo’qonlik shoir va shoiralar h’aqida shoira Dilshodi Barno shunday yozadi: «Men anchadan beri yashab kelayotgan Qo’qon shoirlar shah’ridir.O’n ikki darvozalik bu katta shah’arda to’rt yuz qirq mah’alla bor deydilar va h’ar birida shoirlar bor...13 Bulardan uyidagilarning nomlarini tilga olib o’tish mumkin: Anbar otin, Bah’ri otin, Dilshod, Zebuniso, Zinnat, Karomatoy, Nodira, Saidabonu, To’ti qiz, Uvaysiy, Mah’zuna, Fazilatbonu, Fidoiya, H’afiza otin, Xayriniso va boshqalar. Qo’qon xonligida madaniy h’ayotda o’z o’rniga ega bo’lgan ayrim adabiyot va lim – fan vakillri h’ayotiga to’xtalib o’tishni joiz topdik. Zero, Xar – bir davlatda ta`lim - tarbiyaning rivoji shu davlatdagi ma`niy h’ayot qay darajada yuksalganligiga va uning ta`siriga bog’liq. Amiriy (Umarxon Norbo’tabek o’g’li, 1787-1822 y.y.) - shoir va Qo’qon xoni (1810-1822). Amiriy o’zining falsafiy va lirik g’azallari bilan boshqalardan ajralib turgan. Uning g’azallariga zamondoshlari juda yuqori bah’o berganlar. U o’zining asarlarini o’zbek va fors (tojik) tillarida yozgan. Amiriy shoir, yozuvchi, rassom, xattot va boshqa san`atkorlarning h’omiysi bo’lgan. Umarxon davrida Qo’qon adabiy muh’iti shakllanadi, ko’plab madrasa, machit va maktablar barpo etiladi. Arab va fors tillarida yozilgan kitoblar o’zbek tiliga tarjima qilinadi, Qur`on, diniy va mumtoz asarlar iste`dodli xattotlar tomonidan bezatilib ko’chiriladi.
Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida Amiriyning turli davrlarda ko’chirilgan yigirma oltita qo’lyozma devoni h’isobga olinib, ularning ilmiy tavsifi berilgan. Bular 1882 yilda Istambulda, 1905 yilda Toshkentda chop etilgan14 .Abdulkarim Fazliy (XVIII asoning birinchi yarmi-X1X asrning boshi) - tarixchi, adabiyotshunos va shokr. Asosan Qo’qon shah’rida yashagan va ijod qilgan. Qo’qon xonligida yashagaya shoirlar h’aqida "Majmuat ush-shuaro" qo’lyozma asarini yozgan. Umarxonning topshirig’i bilan "Shoh’nomayi Umarxoniy" ("Umarnoma") ni yozgan15. Bu Umarxon davriga oid she`riy (5000 baytdan ko’proq) tarixiy asar bO’lib, 1822 yil may oyida tamomlangan. Muallif bu vaqtda keksa yoshda bo’lgan. "SHoh’noma"da Norbo’tabiy, Olimxon h’ukmronlik qilgan davrlar qisqa bayon qilinib, Umarxon davri esa to’liq va batafsil yozilgan 16."Majmuai shoiron"'tazkira (1821) asarda yuzdan ortiq shoirga qisqacha she`riy tavsifnoma, Amiriyga bag’ishlangan qasidalar va uning she`rlariga nazira tarzida yozilgan payrovlar berilib, masnaviy, qasida, g’azal, ruboiy janrlaridan na`munalar keltirilgan. Asarda Amiriy, uning vaziri qosim beklarbegi, Shayxulislom Sultonxonto’ra Ah’roriy (Ado), Buxoro amirzodasi H’usaynbek, Sayid G’ozixonto’ra, Xo’jakalon kabilar ijodiga keng o’rin ajratilgan h’olda taraqqiyparvar shoirlar ijodidan faqat Amiriy g’azallariga bog’lagan naziralargina berilgan. Fazliy Qo’qon saroy shoirlariga boshchilik Qilgan va unga "Malik ush-shuaro" unvonini berishgan. Uning o’zbek va tojik tillarida yozgan asarlari ko’plab majmua va bayozlarda uchraydi. U o’z tazkirasida saroy shoirlarini madh’ etib, progressiv shoirlar ijodiga yuzaki bah’o bergan. Fazliy o’z ijodida h’ukmron doiralarni h’imoya qiladi, saroy qasidachilik va nazirago’ylik an`anasini avj oldirib, turmushni bo’yab ko’rsatishga urinadi, xalq adabiyotiga qarama-qarshi mavqeda turadi17.Maxmur (asli ismi Mah’mud, XVIII asr oxiri-1844 y.) - o’zbek shoiri18 . Shoir Shermuh’ammad Akmalning o’g’li. Qo’qondagi "Madrasai Mir"da tah’sil ko’rgan. Umarxon qo’shinida sipoh’lik qilgan. Maxmur yoshligidan she`riyatga h’avas qo’yib, Sa`diy, H’ofiz, Jomiy, Navoiy merosini chuqur o’rgangan. Iqtisodiy muh’tojlikda kun kechirgan. Maxmur oilasining och-yalang’ochligi, h’atto bolalarining ba`zan eyishiga noni yo’qligini alam bilan yozadi. U xalq tomonida turib, uning dushmanlarini ayovsiz h’ajv etadi. Saroy shoirlari Maxmurni kamsitishga uringanlar (chunonchi, Fazliy Namangoniy "Majmuat ush-shuaro"da uni tah’qirlab tilga oladi). Maxmur ularning laganbardorlik, ochko’zliklarini fosh etadi. Shoir o’zining ilg’or qarashlarini ifodalash uchun klassik she`riy shakllar (g’azal, qasida, muxammas) dan o’rinli foydalanadi. Maxmur o’z asarlarida xalqning g’oyatda ayanchli turmushini, mamlakatdagi vayronagarchilikni, kuchayib borayotgan ijtimoiy tengsizlikni ifodalaydi. O’z zamonasi ziddiyatlarini umumlashtirib, "shiru-shakar" (o’zbek va tojik tillarda) uslubida yozgan "Munojot ba dargoh’i qozi ul-h’ojot" muxammasida saroy maddoh’larini "dor ul-omon" deb maqtagan. Qo’qon xonligidagi tengsizlik, adolatsizlik, zulmni fosh etadi. Shoir zamonani qoralab, zulmga nisbatan keskin norozilik bildirsa h’am, lekin undan qutulish yo’lini topolmaydi. "H’apalak", "Ta`rifi viloyati qurama" kabi she`rlarida shu nomdagi qishloqning vayrona manzarasi (shoirning onasi shu erlik bo’lgan), undagi ah’olining ayanchli turmushi tasvirlangan. Xon-amirlar zulmi ostida xarobaga aylangan O’rta Osiyo qishloqlarining asl manzarasi aks ettirilgan. Maxmur lirik she`rlarida real h’ayot nafosatini, insoniy muh’abbatni kuylagan, go’zal ma`shuqa obrazini yaratgan. H’ofiz, Jomiy, Soib Tabriziy g’azallariga muxammaslar bog’lagan. Shoirning o’zbek va tojik tillarida yaratgan asarlari badiiy jih’atdan barkamoldir.Maxmurning h’ajviy she`rlar devoni saqlangan, unda 69 asar (3417 misra) to’plangan, lirik asarlari esa bayozlarda uchraydi. Uning ijodi XIX asrning birinchi yarmi o’zbek adabiyotida demokratik yo’nalishning kuchayishiga, tanqidiy realizm oqimining asoslanishiga katta h’issa bo’lib qo’shildi va Muqimiy, Zavqiy, Avaz O’tar singari demokrat shoirlar ijodiga barakali ta`sir ko’rsatdi19.Nodira (1792 - 1842).Moh’laroyim. Nodira XIX asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan mashh’ur shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot h’omiysidir. Shoira 1772 yili Andijon h’okimi Rah’monqulbiy oilasida tavallud topdi.Nodira Qo’qonda xon saroyida ekan davlat ishlaridan h’am voqif bo’lib boradi. Xususan, adabiyot va san`at ah’li bilan yaqinlashishga kirishadi. Shoiraning oilasida ikki o’g’il tug’iladi. Umarxonning 1822 yili bevaqt vafotidan keyin yosh Muh’ammad Alixon davlatni boshqarishga kirishdi. Nodira h’am yosh o’g’lini yoniga kirib, mamlakatni boshqarish ishida faol ishtirok eta boshlaydi.Nodira davlat va mamlakat ishlarini tadbir va adolat bilan idora qilishda h’omiylik na`munalarini ko’rsatarkan, bu yillarda mamlakatda nisbiy osoyishtalik saqlanadi. O’sha davr tarixchisi Beh’jad,Nodira davrida bino qilingan madrasalardan birini nazarda tutib, shunday yozadi: «U chiroyli bir madrasa qildiki, uning peshtoqi osmonga qarab qad ko’targan edi. Uning h’ar bir h’ujrasi jannatning qasrlariga o’xshagan, ta`lim asboblari muh’ayyo qilingan darsxona edi»20 Nodiraning mamalakatdagi qurilishlar soh’asidagi olib borgan ishlari, madaniyat va adabiyot borasida ko’rsatgan tashabbuslari shoira devonining debochasida ta`kidlab o’tilgan. o’sha davrda yashagan qozi Abdunabi Xotifning Nodira h’aqidagi xotiralari va shoiraning h’ayoti ijtimoiy faoliyatiga bag’ishlangan dostonida Nodiraning madaniyat va adabiyot h’omiysi sifatidagi sarvarligi aloh’ida ta`kidlanadi: «Umarxon vafotidan so’ng - deb yozadi Xotif, - bu iffat safafining injusi kunlarni xasratu firoq bilan shu tariqa o’tishini noshukurchilik deb bildi. U gulistondek Chah’orchaman bog’iga borib, Farg’ona, Toshkent, Xo’jand shah’arlaridan fozillar, olimlar, xattotlar, nqqoshlarni o’z h’izmatiga chaqirtirib keldi. Mamlakat xirojlaridan beh’isob tilla va javoh’irlarni sarf qilib bir madrasai oliy, naqshdor masjid, h’ammom, karvonsaroy bino qildirdi va madrasa masjidlarga h’isobsiz vaqflar tayin qildi. Bu kunlarda yana kitoblar yozdirish va ularga zebi ziynat berishga farmon qilib, bir kitobxona bino ettirdi undagi kotiblar, xattotlar, naqqoshlarga shunday karam va eh’sonlar ko’rguzdiki buning ovozasi atrof olamga mashh’ur bo’ldi. Amudaryoning bu tomonidagi yoqut qalam kotiblar, Mirali raqam roqimlar, Moniy kabi musavvirlar bu erga jam bo’ldilar. Shunday qilib bu ayol aqlu donish va yaxshi fazilatlari bilan yagonai zamona, «Nodirai davron» bo’lib tanildi va xalqlar tah’siniga sazovor bo’ldi»21.Nodira xomiyligida 1841 yilda Moxlaroyim madrasasi qad ko’targan22.
O’zbekiston Respublikasi FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Nodiraning to’la bo’lmagan bir devoni (inv.№7766),H’. S.Sulaymonov nomidagi qo’lyozmalar instituti fondida Namangandan topilgan yana bir devoni(inv.№313) mavjud.23Uvaysiy (1779-1845) O’zbek adabiyoti tarixida mumtoz o’ringa ega bo’lgan Jah’on otin XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida yashab ijod etgan, mashh’ur o’zbek shoirasidir24. U Marg’ilon shah’rining Childo’xtaron mah’allasida dunyoga kelgan. Uvaysiyning h’ayoti o’z davrida Markaziy Osiyoni katta ilm-fan madaniyat markazlaridan bo’lgan Marg’ilon h’amda Qo’qonning iste`dodli adib va shoiralari davrasida o’tdi. U Moh’laroyim Nodira bilan ijodiy h’amkorlikda bo’lgan. Saroyda she`riyat Toshkent, Andijon kabi shaxarlarda. bo’lib, ijodiy doiralar va ziyolilar bilan munosabat o’rnatgan. 1842 Buxoro amiri Nasrullaxon Qo’qonni egallagach, Marg’ilonga qaytib umrinio to oxirigacha shu erda yashagan. Oltmish yoshdan ko’proq umr ko’rgan Uvaysiydan bizga kattagina adabiy meros etib kelgan. Uning qo’lyozma devonlari Uzbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Andijon Davlat Pedagogika instituti kutubxonasida saqlanmoqda.Qo’qon xonligidagi madaniy h’ayot yuzasidan quyidagi xulosalarni berish mumkin.Qo’qon madaniy h’ayotida Umarxon va uning atrofidagi shoir va yozuvchilar aloh’ida ’rin egallaydi. Saroy va saroy ah’liga yaqin bo’lgan ijodkorlardan tashqari xalq ichida yashab ijod qilgan shoirlar h’am bo’lgan. Ularning mavzu va g’oyaviy yo’nalishlari, qadriyatlar bobida bir-biridan farq qilgan. Qo’qon shah’rida sharqning yorkin yog’dusi bo’lib dong taratgan shoiralar bo’lgan. H’ali birorta shah’arda shunchalik ko’p iste`dodli shoiralar borligini tarix bilmaydi.Shuning uchun h’am tarixda Qo’qon adabiy muh’iti bilan mashh’urdir.Bu davrda xonlikda siyosiy vaziyat og’ir bo’lishiga qaramay madaniy h’ayotda dorbozlik, qiziqchilik va ayniqsa, bastakorlik bir muncha rivojlandi.
-Xonlikda san`at, xalq tamosholari, turli o’yin va bayramlar h’am mavjud bo’lgan. Ulardan askiya, xalq teatrlari, navro’z, musulmon bayramlari kunlarida ko’rsatadigan sah’na va tamoshalar, maddoh’lik, ot chopishlar (ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi ah’oli o’rtasida), uloq va boshqalarni tilga olish mumkin.
Xulosa.
Tadqiqotlar shuni isbotlamoqdaki XIX-asrda Qo’qon xonligida madaniyatnitng deyarli barcha soxalari rivoj topgan.Shu jumladan tarixshunoslik xam yaxshi natijaga erishgan, avvalgi davrlarda arab va fors tillarda yozilgan tarixiy asarlar tarjima qilinadi va bundan tashqari yangi asarlar xam yaratiladi. Qo’qon xonligining madaniyatini oshirishda XIX- asr progressiv va istedodli aktiyorlari muxim o’rin egallaganlar. Ular o’zlarining saxna chikishlari bilan ommaga estetik zavqgina bag’ishlab qolmay, xayotdagi ikir - chikirlarni xam fosh etardilar, ochko’z boy feodallarni tanqid ostiga olardilar. O’ziga xos xususiyatlaridan biri shu ediki, aktiyorlarning ko’pi musiqachi bastakor xam bo’lgan. Qo’qonlik ayrim aktiyorlar butun O’rta Osiyo va sharq mamlakatlarida xam mashxur bo’lgan.
Ayniqsa Qo’qon askiyachilari va qiziqchi dorbozlari mashxur edi.
Qo’qon shaxrining birinchi fotografii Berdikul ismli yigit bo’lganligi 1872- yildan malumdir. Uni rus fotografii G.Krivsov Xudoyorxonning iltimosiga binoan o’rgatgan. Qo’qon shaxrida boshka o’rta osiyo shaxarlari kabi moxir xattotlar maktabi yaratilgan edi. Xattotlar minglab kitoblarni kuchiradilar, naqshlar bilan bezaydilar, xalkning savodxonligini oshirishga, madaniyatni keng tarqatishga salmoqli xissa qo’shadilar. Xusnixat bilan ko’chirgan qolyozma kitoblari dunyo kutubxonalarida saqlanmoqda.
So‘nggi o‘rta asrlarda madrasalar o‘quv kursi, asosan, ijtimoiy-gumanitar fanlar — arab tili, ilmi fiqh, ilmi kalom, falsafa, tarix va adabiyot kabi fanlarni o‘qitishga qaratilib, algebra, xandasa, falakiyot, kimyo kabi amaliy fanlarni o‘qitishga e’tibor susaydi. Qolaversa, asosiy maqsadi xalq farovonligi emas, xokimiyatni o‘z qo‘lida saklab turishga aylanib qolgan ayrim hukmdorlar davrida, ularning ommani ma’rifatli qilishga nisbatan ko‘proq o‘zaro talonchilik urushlari olib borishga ruju ko‘nganliklari oqibatida ham O‘rta Osiyo madrasalarining ilmiy salohiyati pasaydi. O‘lka chor Rossiyasi mustamlakachiligi ostiga tushib qolgach esa chor ma’murlari mahalliy ziyolilar tayyorlovchn an’anaviy milliy o‘quv yurtlari bo‘lgan madrasalarda mustamlaka tuzumiga qarshi kurash o‘choqlarini ko‘rdilar va ular taraqkiyotiga to‘skinlik qildilar. Shunga qaramasdan XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelganda o‘lka ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar, madrasa ta’limini ham chetlab o‘tmadi. Ma’rifatparvar jadid ota-bobolarimiz sa’y-harakatlari bilan madrasalar o‘quv dasturiga bir qator zamonaviy amaliy fanlar kirib kela boshladi. Bunday fanlar qatorida turk, rus, fransuz, ingliz tillari, fizika, kimyo, agronomiya, buxgalteriya, gigiena, psixologiya, metodika, trigonometriya, siyosiy iqtisod, kommersiya kabi fanlarni sanab o‘tish mumkin.
Biroq, O‘rta Osiyoda o‘rnatilgan sobiq sovet tuzumi jadidlarning madrasalar o‘quv dasturini isloh etish, uni zamonaviy amaliy fanlar bilan boyitish yo‘lidagi faoliyatini bo‘g‘ib tashladi. 20-yillar oxirida bu tuzum o‘n asrdan ziyod vaqt davomida faoliyat ko‘rsatgan an’anaviy ta’lim maskanlarini o‘quv yurtlari sifatida butunlay tugatib, ular o‘rniga ma’naviy ildizlari Sharq ta’lim-tarbiyasidan tubdan farq qiluvchi sobiq sovet ta’lim tizimini zo‘rlikbilan joriy etdi. Shu tarzda o‘zbek xalqi ajdodlarining asosiy ma’naviy beloqlariniyg biridan mahrum bo‘ldi.
Yuqorida bayon etilgan madrasalarining ilmiy tahlili bu davrda o‘qitilgan fanlarning asosiy qismi ilmiy, dunyoviy va ijtimoiy taraqqiyot uchun ijobiy ahamiyatga molik bo‘lgan, ularda jahon miqyosida ayrim fanlarning asoschilari, deb tan olingan yurtdoshlarimiz tomonidan yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari asosida ta’lim-tarbiya berilgan hamda bu ilmiy merosdan mustaqil O‘zbekistonning ma’naviy sog‘lom va barkamol avlodini tarbiyalab voyaga etkazishda qadriyat sifatida amalda foydalanmoq lozim, degan xulosaga olib keladi.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati.



  1. Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.-Toshkent: Sharq, 1998 yil.

  2. Karimov I.A.Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi.-Toshkent: O’zbekiston, 2005 yil.

  3. Ahmedov B.R.O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari. Toshkent. 2001 yil. 3.Atayeva A. Madrasalar tarixiga bir nazar,- Moziydan sado. 2008 yil.

  4. Alixo’jayev M.O.Qo’qon madaniyati tarixidan. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari.-Toshkent.2004 yil.

  5. Arslonzoda R.Qo’qon xonligi tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi.- Farg’ona.2010 yil.

  6. Ilhomov I. Yakobjanov Y. Qo’qonga sayohat qilgan rus olimi, ТДПУ имени Низами. 2008 год.

  7. Ilhomov Z.A Qo’qon xonligi tarixshunosligining ayrim masalalari,- Toshkent. 2007 yil.

  8. Ismoilova D.Qo’qon me’moriy yodgorliklar: Qo’qon asrlar silsilasida Respublika ilmiy anjuman materiallari,- Qo’qon. 2004 yil 14-may.

  9. Ismoilova J.XIXasr oxiri-Xxasr boshlarida Farg’ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarida: Respublika ilmiy anjuman materiallari. 2007 yil.

  10. Hamidov H. XVI-XIX asrlar yurtimiz madaniyati tarixidan lavhalar, - Toshkent: Fan. 2009 yil.

  11. Qayumov A. Qo’qon adabiy muhiti,- Toshkent. 1961 yil.

  12. Qosimov Y.Qo’qon xonligio tarixi,- Toshkent:Namangan, 1994 yil.

  13. Rasulov B M. O’zbekistonda musulmon maktab va madrasalar tarixidan- Andijon, 1996 yil. 10 Xudayqulov T.D.XIX-asrda Qo’qon xonligini ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli. Tarix.fan.nom.diss.Toshkent, 2009 yil.

  14. Vohidov SH.X.XIX-XX-asr boshlarida Qo’qon xonligida tarixnavislikning rivojlanishi. Tarix.fan.dok.diss.Toshkent,1998 yil.

Toshkent.2009 yil.

  1. Muhammad Aziz Marg’iloniy.Tarixi Aziziy.Toshkent: Man’aviyat. 1999 yil.

Ibrat. Tarixi Farg’ona. Toshkent: Meros. 1991 yil.



1Isaboyeva G.S. XIX asrda Qo’qon xonligida madaniy hayot: Tarix fan. nomz…diss. – Toshkent: O’zMU, 2010. 79-b.

2Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон... − Б. 22.

3 Bobobekov H.N. Qo’qon tarixi. T.: Fan, 1996. – b. 123.

4 Alixojiyev M. Qo’qon xonligining madaniy hayotida maktab va madrasalarning tutgan o’rni. (1800-1876): Tarix fan. nomz…diss. – Toshkent, 2012. 86-b

5 Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги тарихи (хонлик тарихи – манбаларда). – Тошкент: 2014, 60-б.

6 Xudoyorxonzoda. Anjum at-tavorix. T: 2014. 265-b

7 Xudoyorxonzoda. Anjum at-tavorix. T: 2014. 265-b

8 Ibrat Ishoqxon Junaydulloxo’ja o’g’li. Farg’ona tarixi. T.: Kamalak, 1991.

9 Xudoyqulov T.D. XIX asrda Qo’qon xonligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti: Tarix fan. nomz…diss. – Toshkent: O’zMU, 2009. 78-b.



10 Qayumov. A. Qo’qon adabiy muhiti. T.: O’zfanakadnashr, 1961. 185-b

11 Qayumov. A. Qo’qon adabiy muhiti. T.: O’zfanakadnashr, 1961. 185-b

12 Xudoyorxonzoda. Anjum at-tavorix. T: 2014. 275-b

13 Мuxtorov A. Дилшад и её место в истории обшественной мисли таджикского народа в XIX - начале XX вв.,302-305-betlar.

14  Аmiriy / O’zbekiston Мilliy ensiklapediyasi , 9- jild Т;O’zМE 2005.- b. 90-91.

15 Сочинение Фазли Фаргони «Умарнома» // Аdabiy meros. 1991. - №4. - b. 28-33;

16 Стори Ч.А. Персидская литература, ч. II, Москва, 1972, 1187-1188-бетлар. Boshqa tarixchilar ҳaqidagi malumotlarning ko’pi qisqartirilib, Ch P Storning ushbu asaridan foydalanilgan (1188-1201-betlardan).

17  O’zbek Sovet ensiklopediyasi , 11-jild, 651-bet

18 QayumovA. Maxmur. Т.:Fan, 1956. - 57-bet.


19 O’zbek milliy insiklopedyasi. 6-jild. Т.: O’z ME. 2003. :


20 Nodira o’zbekcha devonning fotokopiyasi 137-беbet. M Qodirova’’ Davr Nodirasi’’. T. Fan» 1991.


21 М. Qodirovа. Nodira (xayoti va ijodi),O’zR FA ning «Fan» nashryoti. Т, 1965,91-97 b.

22  Qo’qon asrlar silsilasida Qo’qon -2004, 259 b .



23 М. Qodirova .O’zbek shoiralari bayozi.(Uvaysiy Nodira)O’zR FA «Fan”.nashryoti Т, 1993, 126-127.

24  Z.Qobilova Uvaysiy. filolog. fan.nomzodi. dis. - T, 2008


Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish