AMIR TEMURNING YAQIN SHARQ VA MISR MAMLAKATI BILAN OLIB BORGAN DIPLOMATIK MUNOSABATLARI
Obloqulov Dilmurod Ixtiyorvich
Buxoro davlat universtetining
Tarix yo`nalishi 2-bosqich talabasi
Tarixiy qisqa vaqt ichida qudratli saltanatga aylangan Temuriylar davlati va uning ulug’ hukmdori Amir Temur zamondoshlarining e’tiborini tortibgina qolmay, o’sha davr Sharq dunyosidagi siyosiy-iqtisodiy, madaniy-harbiy voqealarga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
XIV asr oxiri XV asr boshlarida Yaqin Sharqda murakkab siyosiy vaziyat vujudga keldi. Bu vaqtda bir tomondan harbiy qudrati tobora ortib borayotgan Turkiyaning Bolqon yarimoroli davlatlariga nisbatan tahdidi kuchayib, butun Yevropani xafv ostiga solayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan bu qudratli davlatning o’zi G’arbga tomon shiddat bilan kirib kelayotgan xavfli raqib –Amir Temur qo’shinlari bilan to’qnashish tahlikasi ostida qolgan edi. Bunday vaziyatda xalqaro diplomatiya har qachongidanda jadallik bilan faollashdi. Yaqin Sharq va Yevropa davlatlari Boyazidning daxshatli hujumidan o’zlarini asrab qolish maqsadida o’z elchilarini Amir Temur tomon yubora boshladilar.
Annotatsiya:Buyuk bobokalonimiz Amir Temur bizning yurtimizga qo`shgan buyuk hissasi bugungi kunda o`quvchi yoshlar kelajakda bobomiz Amir Temurga o`xshab mard oliyjanob bolishiga shakshubhamiz yoq.Bugungi kunda bobomiz 33 davlatda 500dan ziyod kitoblari saqlanadi bu bugungi tahlikali dunyoda Amir Temur bobomizning Tashqi siyosatda qanday muamoli yo`lardan oson yechim topganlari bilishga harakat qilishga undaydi.
Tarixda shunday shaxslar borki ularning nomi hechqchon yoq bol`maydi shulardan biri Amir Temur hisoblanadi bu shaxs 36 yil davlat rahbari bo`lib uning davrida Movorounahr har qachonkidanda yuksaldi ayniqsa 150 yillik mo`g`larning yurtimizni mustamlakaga aylantirgandan so`ng Amir Temurning hokimyat tepasiga kelishi mamlakatni gullab yashnatdi va o`z qudrating cho`qqisiga erishdi.
Temur o`z faolyatini birinchi davrda barcha harakatini Movorounnahrdagi tushkunlikka va tanazulga yuz tutgan CHig`atoy ulusi o`rniga markazlashgan mustaqil davlat tuzishga qaratdi.{20}
Temur Movorounahrda hokimyatni qo`liga olgach dastlabki tadbirlardan biri reja asosida “qurultoy”lar o`tkazish bo`lgan. Temurning yurtga tichlik o`rnatgandan so`ng shaharlarga xususan Samarqandga alohida etibor qaratdi va uni ` davlatining poytaxtiga aylantirdi.Ispan elchilarining rivoyatiga ko`ra Samarqand Ispanya poytaxti Sevilyadan ancha kengroq edi{53}Ibn Arabshohning guvohlik berishicha Temur bosib olgan shaharlarniham qayta qurdirgan bunga misol qilib Damashqni aytishimiz mumkin.
Temur hokimyatni qo`liga olgach uning qurultoylardan birida:Davlat tizimini shakllantirish,shahar va qalalarni tamirlash va tiklash xususida o`z rejalarini o`rtaga tashladi So`ng mablag`dan so`z ochdi:
Qalalarni tamirlash va mastahkamlashga xozircha aqchamiz yo`q chunki xali xazina yo`q bu ishni shaxsi mablag`imiz va xashar yo`li bilan bajarishimiz zarur.{68}Temurning bu oqilona siyosati davlat yuksalishining dastlabki qadamlari edi.
Amir Temur tashqi siyosatida juda ko`plab hududlarni bosib oldi uning tashqi siyosatida asosiy maqsadi bosib olingan yurtlarni talash zug`um emas balki tinchlik va markazlashgan davlatga asos solish edi.Temur bosib olingan yurtlarda tinchlik o`rnatdi Ibn Arabshohning guvohlik berishicha Temur o`z xoxishi bilan “moli omon” to`lagan yurtlarga tegmagan deb yozadi.shuni aytishimiz keraki Temur Xuroson,Iroq,SHomda, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarda parokandalikka barham berdi natijada bordi keldi savdosi rivojlandi qadimgi “ipak yo`lini”tikladi. Amir Temur saltanatidan hayratlanib fransuz olimi Alfons de Lamartin:Ovropa na Iskandarda, na Attilada va na Maskoviya zafarini quchgan yangi fotix Napolyonda adolatli qonunlar asosida qurilgan bunday boshqaruvni bunyod etgan emas dep yozgan.Bu esa Amir Temurni butun jahon tan olganligidan dalolat beradi
Bugungi kunda Sobiq Sovet davrida o`qigan xalqimizning o`rta qismi Amir Temur haqida yaxshi bilimga ega emas chunki Sovet davrida Temurning nomi qoralangan edi bu muammoni bartaraf etishda ko`proq Temur haqidagi kitoblarni ko`paytirishimiz,turlixil video dasturlar tayyorlab televidenyalarga chiqarishimiz zarur .
Xulosa.Amir Temurning jahonda tutgan o`rni bugungi hayotda uning martabasi qanchalik ulug` ekanligini va shu shaxsga munosib ajdod bolishimiz kerakliga undaydi .Ayniqsa bugungi tahlikani dunyoda hushyor bo`lishimiz harbir muammoni adolat yo`li bilan yengib o`tishimiz kerak .Butun dunyo tan olgan bobomizning avlodlari ekanimizdan faxrlanamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Xerman Vamberi “ Buxoro yoxud Movorounahr tarixi”G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti 1990
2.Ibroxim Mo`minov “Amir Temur O`rta osiyoga tutgan o`rni va roli”Fan nashriyoti 1993
3. “Amir Temur Ajdodlari” Qomuslar bosh taxriryati 1992
4.Bo`riboy Axmedov “Amir Temur haqida hikoyalar” Yozuvchi nashriyoti 1998
5.Л Керен А Саидов <<Амир Темур ва Франция>> Адолат1996
Do'stlaringiz bilan baham: |