Mavzu:Amir Temur-yurt farzandi.Sohibqiron Temur bobom.
(Sahna gullar,sharlar shiorlar bilan bezatilgan.Amir Temur portreti yonida shamlar yoqilgan.Elektron ko’rgazmalar tayyorlangan.O’quvchilar bir xil kiyimda.)
Amir Tarag’ay Bahodirning Shayx Samsiddin Kulolga ko’rgan tushini aytib ta’bir so’rayabti.
-Bugun tongotarda g’alati tush ko’ribman tushimda arabga o’xshash bir yigit qo’llarimga qilich berib quyoshga qarab silkit deb buyurarmish shunday qilgandim,olam birdan yorqin bo’lib charaqlab ketganmish.Ko’rgan tushimning ta’biri qanday bo’lmish?
Tangri sizga bir o’g’il farzand ato etgay.Peshanasiga sohibqironlik bitilgan bu bolaning ismi Temur bo’lgay.
Ikki bola jarchi bo’lib,dunyoga jar solib,xushxabardan insonlarni voqif qilyaptilar.
Odamlaru – odamlar
Bog’da bitgan bodomlar
Eshitmadim demanglar
Eshitganlar jilmanglar
Bu kun Chig’atoy amiri Tarag’ay Bahodirxon xonadonlarida zo’r shodiyona. Ular o’g’il farzang ko’rdilar, he – he –hey.
Bugun Amir Tarag’ay Bahodirxon farzandlari sharafiga katta ziyofat berurlar.Saylimizga marhamat.Shoshilinglar he-he-hey.
Salomlarim avval aziz elimga,
Muqaddas tuprog’im,yurtim elimga
Ona zaminimga,ona xalqimga
Assalomu aleykum,salom-assalom.
Sog’-omon bormisiz qadrdonlarim,
Opalar-singillar,ustozjonlarim!
Xushbo’ylar tarovchi,gul rayhonlarim
Assalomu aleykum,salom assalom.
Assalomu alaykum aziz mehmonlar,qadrli ustozlar,hurmatli o’quvchilar.Bugungi buyuk sarkarda,qudratli saltanat asoschisi,jahongir bobomiz Amir Temur tavalludiga 683 yil to’lishi munosabati bilan o’tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz.
Muhammad Tarag’ay Bahodir o’g’li Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Shahrisabz yaqinidagi Xo’jailg’or qishlog’ida tug’ilganlar va 35 yillik hukmronliklari davrida 27 mamlakatni birlashtirib buyuk imperiya barpo etganlar.
Bugun biz buyuk sarkarda va davlat arbobi,millatimiz faxri,iftixori,sohibqiron bobomiz Amir Temur tavalludi kunida uning xotirasini yod etib,ushbu tadbirga yig’ildik.
Sohibqiron bobomiz faqat bizninggina emas,balki jahon tarixining eng ulug’,eng yorqin siymolaridan biridir.Yetti iqlimga mashhur ulug’ jahongir tengi yo’q sarkarda sifatida tan olingan,uning nomi tarix sahifalarida manguga bitilgan.
Farzand o’z burchingni bilmog’ing kerak,
Tiriklik hissini tuymog’I kerak,
O’qib qonunlarning mohiyatini
Vatanga zo’r qalqon bo’lmog’ing kerak.
Amir Temur buyuk bobom,
Suyuklardan suyuk bobom
Dunyo ichra nomi ketgan
Sohibqiron ulug’ bobom
Yurtga qildi katta xizmat,
So’ngra topdi katta hurmat
Biz ularni qadrlaymiz
Har bir so’zi erur hikmat.
Dovyurak tog’dek mag’rur
Irodali,mard,jasur.
Yurtin muqaddas bilur,
Alp bobom,Temur bobom.
Adolat-la ishlagan.
Erk sari yo’l boshlagan
Yovni yanchib tashlagan
Alp bobom,Temur bobom
Yurt bo’lsin deb farovon
Elim bo’lsin,deb omon
Yonib yashagan har on
Alp bobom,Temur bobom.
Quvib boshdan asriy kulfatni,
Yaratdingiz buyuk davlatni.
Yuksaltirib fan-ma’rifatni,
His etdingiz nozik san’atni
Qalb sultoni-Buyuk Turonim
Temur bobom-sohibqironim.
Asrlarki, shoningiz o’chmas
Tamal toshi siz qo’ygan ko’chmas
Birlashmagan el-elat kuchmas
Daholarsiz yurt zafar quchmas
Alp hoqoni Buyuk Turonim
Temur bobom, sohibqironim
Adabiyot olovin yoqqan
Haqqoniyat yalovin toqqan
Quyosh bo’lib boshlarda balqqan
Misli tufon ko’pirib oqqan
Sharafu – shon buyuk Turomin
Temur bobom, sohibqironim.
Tish qayratib o’ch adovatda
Yog’iy bosar,beklar g’aflatda
El-yurt to’zgan siz xijolatda
A’molingiz-“Kuch adolatda’
Zo’r qalqoni buyuk Turonim
Temur bobom,sohibqironim.
Do'stlaringiz bilan baham: |