Amir Temur oʻzini mohir diplomat sifatida ham namoyon qilaolgan. Uning Vizantiya, Venetsiya, Genuya, Ispaniya, Fransiya, Angliya, boshqacha aytganda, oʻsha vaqtda koʻproq maʼlum va mashhur boʻlgan Ovroʻpo davlatlari bilan iqtisodiy aloqalar oʻrnatish va uni mustahkamlash sohasidagi faoliyatini fransuz va ingliz qirollarining unga yozgan maktublari bilan dalillash mumkin. Manbalarda sohibqiron Amir Temur – yorqin xislatlarga ega ekanligi, xotirasi oʻtkir, shijoatli va qatʼiyatli, birsoʻzli, zoʻr ruhiy qudrat egasi, salobatli inson sifatida taʼriflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |