Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan Mo’g’ul istilosiga qadar ilm-fan - Mo’g’ul istilosiga qadar Turkistonda ilm-fan o’zining cho’qqisiga erishgandi. Xususan IX-XI asrlarda yetishib chiqqan allomalar, bitilgan asarlar nafaqat o’sha davrni har tomonlama yuksaltirdi, balki bundan keyin ham juda ko’p vaqt davomida keyingi avlodlar uchun xizmat qildi. Bu davrning eng mashhur allomalari shubhasiz: Forobiy, farg’oniy, Beruniy, ibn Sino, ar-Roziylar va ularning boshqa ko’plab zamon-doshlari bo’ldi.
Mo’g’ul istilosi davri - Turkiston mo’g’ul istilosoga qadar o’zining har tomonlama madaniyat, harbiy kuch-qudrat to-mondan ham yuksak darajaga ko’tarilgandi. 1219-1220-yilgi hujumlar turkistonning mag’-lubiyati bilan yakunlandi, mamlakat to’liqligi-cha mo’g’ullar qo’l ostiga o’tdi. Ular shu davr-gacha bo’lgan barcha ilm-fan yutuqlarini vah-shiylarcha yo’q qilishdi, butun-butun shahar-larni kultepalarga aylantirdi. Mamlakat ilm-fandan mutlaq yuz o’girdi.
Amir Temur davri - Yerli xalq mo’g’ullar zulmi-dan mutlaqo bezor bo’l-gan, mo’g’ullar hukumati zaiflasha boshlagan bir davrda yosh sarkarda Amir Temur o’z atrofiga odam to’plab, xalqni mo’-g’ullar zulmidan ozod etib boshladi, u o’z atrofida nafaqat harbiylar xususan ziyolilarni to’play bosh-ladi.
Amir Temurning ilm-fanga e’tibori - Amir Temur mamlakat tepasiga kelgandan so’ng o’z arrofiga ziyolilarni yig’ib boshladi, uning majlislarida faqat harbiylar emas balki, ziyolilar, shoirlar, tarixchilar, ilm ahli ham qatnasha bosh-ladi, xususan Amir Temurning pirlari Shayx Shamsiddin Kulol va Said Barakaning borligi, ularni sarkarda o’ziga piri-murshid deb bilgani, ularning maslahatlarini doimo inobatga olgani tarixdan ma’lum.
- Amir temur shaharlarda ilm-fan madaniyatni ri-vojlantirish uchun ko’plab ilmiy muassasalar qu-rishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar matematika, tarix, musiqa, astronomiya, adabiyot, me’morchilik fanlarining o’qitilishiga katta e’tibor bergan. “Temur tuzuklari”da aytili-shicha ilm-fanni o’rgatish uchun sohibqiron to-monidan har bir shaharga mudarrislar tayinlan-gan. Yana ushbu kitobda Amir Temur “sayyid;ar, ulamoyu-mashoyixlar, oqilu-donolar, tarixchilarni e’tiborli kishilar sanab, hurmatini joyiga qo’ydim” deyiladi.
Samarqandda ilm-fan - Amir Temur mamlakatni idora etishda muam-molarning to’qqiz ulushini tinchlik-tadbir yo’li bilan, qolgan bir ulushini boshqa iloj bo’lma-gan taqdirdagina qilich bilan hal qilgan. Amir Temur taxt tepasiga kelgandan so’ng Samar-qandda ko’p yillar tinchlik hukmronlik qildi. Bu esa ilm-fan rivoji uchun eng kerakli omil edi. Bu davrga kelib xalq uchun juda ko’plab qu-layliklar yaratildi, ko’plab yangi qurilishlar bo’ldi
Bunyodkorlik ishlari - Amir Temur o’zi ko’p vaqti harbiy yurishlarda bo’lsada, mamlakatdagi bunyodkorlik ishlariga jiddiy e’tibor qaratdi. Dastlabki yillardan ko’mi-lib qolgan ariqlar qayta tozalandi, yangi ariqlar qazildi, bog’lar, binolar yaratildi, hammomlar, yangi rabot, karvonsaroylar qurildi, bozorlar tashkillashtirildi, savdo-sotiq rivojlantirildi. Ko’plab yangi machitlar, madrasa-maktablar bunyod etildi.
Ilm-fan ahlining Samarqandga tomon yo’naltirilishi - Sohibqiron Amir Temur o’z yurishlaridan so’ng bosib olingan mamlakatdan nafaqat oltin-ku-mush, javohirlarni balki, ko’plab nodir qo’lyoz-ma asarlarni, alloma, shoirlar, donishmandlar-ni, me’mor, nuhandislarni, ilm ahlini mamlakat poytaxti bo’lmish Samarqandga olib kelar va ularga ilm-fanni yuksaltirish, yangi binolarni qurish ishlarini topshirardi. Ularga yaxshi ulufalar, martabalar tayin qilardi.
Amir Temur qurdirgan binolar. - Amir Temur davrida ko’plab bunyodkorlik ish-lariga qo’l urildi. Ularga misol qilib Kesh shah-rida qad rostlagan mahobatli Oqsaroyni, Sa-marqanddagi shoh qarorgohi bo’lmish Ko’k-saroyni, Saroymulkxonimga atab qurilgan Bibi-xonim madrasasini, Shodi Mulk xonim, Tuman Oqa maqbaralari, Amir Temur maqbarasini, Hi-rotda Gavharshodbegimning nomiga qurilgan madrasani va shu kabi ko’plab binolarni misol keltirish mumkin.
Samarqand taxtida Mirzo Ulug’bek - Amir Temurning vafotidan keyin 1405-yilda Sa-marqand taxtiga nevarasi Mirzo Ulug’bek o’tir-di. Ilm fan aynan Mirzo Ulug’bek davrida ko’p yutuqlarga erishdi. Bunga sabab qilib Ulug’bek-ning bobosidan farqli ravishda urushlarga ko’p ham chiqavermadi va barcha mablag’larini, e’tiborini ilm-fanni rivojlantirishga sarfladi. Bu-ning natijasida salkam yarim asr davomida Sa-marqand misli ko’rilmagan yutuqlarga erishdi.
Ulug’bek davrida ilm-fan - Ulug’bek davrida madrasalarda o’qitish usulla-rida o’zgarishlar: dunyoviy bilimlarning chu-qurroq o’rganish boshlandi; qizlarning ham oldingi davrlardan farqli madrasalarda ilm oli-shi yo’lga qo’yildi. Yangi madrasalar: Ulug’bek madrasasi, Ulug’bek rasadxonasi qurildi. Ular-da tajribali allomalar qatori Ulug’bekning o’zi ham ilm toliblariga dars bera boshladi. Bobosi davrida keltirilgan chet tillarda bitilgan asarlar-ni tarjima qildirib sharhlattirdi.
Ulug’bek davrida yetishgan allomalar. - Bu davrda ilm-fan shu qadar ko’p yutuqlarga erishdiki bu davr Turkistonning ikkinchi uyg’o-nish davri ham deyildi. Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug’bekning ta’limini olgan Ali Qushchi Mav-lono Muhiddin, Mavlono Koshiy, Miram Chala-biy va Ulug’bek madrasasida yetishib chiqqan ko’plab olimlar ilm fanda katta burilishlar ya-sashdi. Birgina Ulug’bekning ‘zijji jadidi ko’ra-goniy’ asarida 1018 yulduzning o’rni va hara-kat yo’li aniq bayon qilinadi.
Ulug’bek rasadxonasi - Ulug’bek rasadxonasi o’z dav-rining shubhasiz eng katta yutuqlaridan biri bo’ldi. Bu yerda juda ko’plab yangi as-boblar yaratildi va ular yor-damida juda katta aniqlikda yulduzlar harakati kuzatildi va qayd etib borildi. Buning nati-jasida quyosh va oy tutilishla-rini oldindan aytish imkoniyati paydo bo’ldi.
Hirotning madaniyat markaziga aylanishi - Xuroson poytaxti bo’lmish Hirotga Temuriyzo-da Husayn Boyqaroning kelishi va olib borgan islohotlari natijasida Hirot tez orada madani-yat markaziga, alloma, shoir, hunarmandlar-ning ijod saroyiga aylandi. Bu borada shoh Husayn Boyqaroga uning bolalalikdan birga o’sgan yaqin do’sti, g’azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy yaqindan yordam berdi. Deyarli barcha bunyodkorlik ishlari mir Alisher maslahati bilan bo’lar edi.
Navoiy davrida ilm-fan - Navoiy nafaqat vazir balki shohga eng yaqin mahrami ham edi. Bu davrda xalq farovon ya-shadi va ilm-fan madaniyat rivojlandi. Navoiy bilan bir qatorda keksa shoir Lutfiy, Abdurah-mon Jomiy, shoir Binoiy, tarixchi Xondamir, Zayniddin Vosifiy, Sohib Doro, Sulton Ali Mash-hadiy, Sulton Muhammad va musavvir Kamo-liddin Behzodlar ham Hirotning yuksalishiga katta hissa qo’shdilar. Abdurahmon Jomiy va Navoiylar o’z xamsalarini yozdilar.
Bunyodkorlik ishlari - Bu davrga kelib kelib Hirotda misli ko’rilmagan ajoyib binolar, osmono’par minoralar qurildi. Navoiy boshchiligida qurilgan Ixlosiya, Unsiya, Shifoiya binolarning ta’rifi yetti iqlimga taraldi. Unsiya katta rabot mehmonxona bo’lgan bo’l-sa, shifoiyada kasallar davolanardi va bir yo’la talabalarga tabobat sirlari ham o’rgatilar, shu yerning o’zida ularning ta’limi uchun alohida hujralar tashkil etildi
Boburiylar- temuriylar davomchisi sifatida - Zahiriddin Muhammad Bobur ibn Umarshayx temuriylar sulolasidan bo’lgan. U otasi Umar-shayx mirzoning bevaqt o’limidan so’ng o’n ikki yoshida Andijon taxtiga o’tiradi. Ko’p yillik urinishlardan so’ng ham Samarqand nasib et-magach, Shayboniyxon zulmidan qochib oldin Qobul, keyin esa Hindistonga yurish qiladi va u yerda muqim qolib, yangi sulola – Boburiylar sulolasini quradi.
Boburiylar hindistonda - Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonga ez-gu niyatlar bilan – yangi madaniyat markazi barpo etish niyatida keldi. Dastlab fuqarolar bilan aloqalarni yaxshiladi, tinchlik o’rnatdi, butun Hindistonni birlashtirdi. Boburdan so’ng ayniqsa uning nabirasi Akbar zamonida mam-lakat gullab yashnadi, yangi obidalar qurilib, ilm-fan rivoj topdi. Hatto notinch bo’lib qolgan Turon o’lkasidan ham ilm ahli Hindistonga yopi-rilib kela boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |