Amir Temur tuzuklari


Temuriylar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat



Download 21,89 Kb.
bet3/3
Sana25.12.2022
Hajmi21,89 Kb.
#895975
1   2   3
Bog'liq
Tarix

Temuriylar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.


Sohibqiron Amir Temur Xitoyga qilinaѐtgan harbiy yurish vaqtida
qattiq og'rib, 1405 yil 18 fevral kechasi O'tror hokimi Berdibekning
saroyida vafot etadi. O'z davrining mohir tabiblari va ularning sardori
bo'lmish taniqli tabib Fayzulloh Tabriziyning davo-korlari buyuk
hukmdor tanasidagi og'irlikka davo bo'la olmadi. Qazosiga qadar ixtiѐri
o'zida bo'lgan Sohibqiron Amir Temur o'ziga voris va taxt valiahdi etib
nevarasi Pirmuhammad Jahongirni vasiyat qilib qoldirdi. Amir Temur
barpo etgan buyuk saltanat (jami o'z ichiga 27 ta o'lka va viloyatlarni jam
etgan) garchi Temurning mahorati va kuch-qudrati ila mustahkam turgan
bo'lsa-da, lekin u ichki jihatdan siѐsiy ancha zaif, umumiqtisodiy asosga
347 ega bo'lmagan edi. O'g'illar, nabiralarga mamlakatni qism-qismlarga bo'lib berilganligi va suyurg'ol tartibi ham Amir Temur davlati parokandaligini kuchaytirar edi. Amir Temur jasadi Samarqandda dafn etilishi va motam marosimlari tugamasdanoq, toju-taxt uchun shahzodalar o'rtasida o'zaro kurash kuchayib ketdi.
Qobul va shimoliy Hind mulklarning hokimi bo'lmish
Pirmuhammadni ko'pchilik taxt egasi sifatida ko'rishni hohlamas ham edi.
Buning ustiga u ancha uzoqda bo'lib, Samarqandga tezlik bilan etib kelish
uchun imkoni ham yo'q edi. Amir Temur vafotidan so'ng Movarounnahr,
Xuroson, Eron, Ozarbayjon, Iroq va boshqa yerlarda notinchlik boshlanib,
g'alaѐnli vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Sekin-asta Temur kuch-qudrati
bilan barpo etilgan buyuk saltanatga putur eta boshladi. Fosih Havofiy
Temurdan so'ng tirik qolgan uning o'g'il va nabiralarini sanab, jami
ularning soni 36 taga yetishini ta'kidlagan edi. Ayniqsa ular orasida
Shohrux (1377-1447) va uning o'g'li Ulug'bek (1394-1449) alohida hurmat
bilan tilga olib o'tilgan. Shu davr muarrixlari taxt egaligiga ko'proq
Shohruxni ma'qul ko'rib, uning insoniy sifatlariga yuqori baho berar
edilar. Shohrux taxt egasi bo'lishidan avvalroq ham o'zining oqil va ilmli,
zukko va taqvodorlik sifatlari bilan hurmat qozongan edi. Shuningdek, bu
vaqtda Temurning boshqa bir o'g'li Mironshoh (1366-1408) ham haѐt bo'lib, u ham asosiy taxt da'vogarlaridan biri hisoblanar edi.
Temurning sadoqatli amirlaridan ko'pchiligi, jumladan Shohmalik va
Shayx Nuriddinlar ham toju taxt Shohrux Mirzoga tegishi tarafdori
edilar. Shunday bir vaqtda Mironshoh Mirzoning o'g'li, shimoliy yerlar
(Toshkent, Sayram, Turkiston) hokimi Xalil Sulton (1384-1409) shoshilinch
ravishda, o'zining ming chog'li askari bilan 1405 yilning 18 mart kuni
Samarqandni egallaydi va o'zini Movarounnahr hukmdori deb e'lon qiladi.
Hatto u Pirmuhammadga tegishli Amudarѐning o'ng betidagi yerlarni ham o'z tasarrufida deb e'lon qiladi. Avval boshda uni qo'llagan Movarounnahr
amirlari, harbiy sarkardalar ko'p o'tmay undan ixloslari qayta boshlaydi.
Xalil Sulton va ayniqsa uning xotini Shodimulk poytaxtda ko'plab nojoiz
ishlarga izn berishadi, Temur davridaѐq nufuzli bo'lgan ba'zi amaldor,
zodagonlar mulklarini tortib ola boshlashadi. Davlat xazinasi o'z holicha
sovurila boshlanib, hokimiyatga ko'plab nomaqbul kishilar kela boshlaydi.
Shohrux bilan birinchi o'zaro nizodan so'ng Xalil Sulton garchi uning oliy
hukmdorlik huquqini tan olsa-da, Movarounnahr uning ixtiѐrida
qolajagini ma'lum qiladi. Xalil Sultonni Iroq tomonidan boshqa bir kuch
otasi Mironshoh Mirzo ham qo'llab-quvvatlay boshlaydi. Siѐsiy
kaltabinlik yo'lini tutgan Xalil Sultondan norozilik tobora kuchaya
boshlaydi. Farg'ona hokimi Amir Xudoydod Xalil Sultonga qarshi bosh
ko'taradi. Shohruxning sadoqatli kishisi bo'lmish Shayx Nuriddin O'tror
hokimi, o'z ukasi bo'lmish Berdibek bilan birga boshqa bir isѐn
ko'tarilishiga sababchi bo'ladi. Xalil Sultonning ukasi Mirzo Sulton
Husayn Amudarѐ bo'ylarida o'z akasiga qarshi bosh ko'taradi. Xorazm esa
348 Oltin O'rdalik taniqli sarkarda Amir Idiku o'zbek tomonidan ishg'ol
etiladi.
1405-1406 yillarda Xalil Sultonning Shohrux, Pirmuhammad
qo'shinlari bilan Movarounnahr taxti uchun bir necha bor harbiy to'qnashuvi sodir bo'ladi. Butun Temur saltanati o'zaro toju-taxt kurashlari domiga tortiladi. Yagona hisoblangan saltanat Shohrux boshqaraѐtgan Xuroson, Balxdan to Hind yerlarigacha bo'lgan hududga hokim Pirmuhammad, G'arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq tasarrufida bo'lgan Mironshoh va uning avlodlari (Umar Mirzo, Abu Bakr) yerlariga bo'linib ketdi. Movarounnahr Xalil Sultonga rasman qarashli deb hisoblansa-da, Turkiston, O'tror, Sayramda Amir Berdibek, Farg'onada esa Amir Xudoydod hukmronlik qilishar edi. Barcha temuriylarni saltanatning yuragi bo'lmish Movarounnahrni egallash istagi tark etmas edi.
Movarounnahr hokimi Xalil Sultonning o'z holicha ish tutishi,
temuriy zodagon, amirlarning kamsitilishi, musulmon ulamolari,
jumladan naqshbandiya tariqatining taniqli shayxi Muhammad Porsoning
tahqirlanishi muxolif kuchlarning dushmanligini kuchaytirib yubordi. Shu
vaqtning o'zida o'zaro fitna va g'alayonlarning navbatdagi qurbonlari ham
paydo bo'ladi.
Download 21,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish