Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit



Download 22,08 Kb.
bet4/4
Sana29.12.2021
Hajmi22,08 Kb.
#84068
1   2   3   4
Bog'liq
AMIR TEMUR

Jangi loy, Loy jangi — Amir Temur va amir Husayn ibn Musallabning Jeta (Moʻgʻuliston) xoni Ilyosxoʻjaga qarshi jangi (Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"siga koʻra 1360 y. 16 iyunda, Sharafiddin Ali Yazdiynit "Zafar- noma"siga binoan esa 1365 y. 22 mayda boʻlib oʻtgan). 1361 y. Amir Temur va amir Husayn moʻgʻullar istilosiga qarshi bosh koʻtarib, 3 yil davom etgan janglardan soʻng , nihoyat 1364 y. oxirida ularni Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq boʻlishadi. Biroq, 1364 y. bahorida Ilyosxoʻja Movarounnahrga katta qoʻshin bilan yurish qiladi. Shunda Amir Temur va amir Husayn Toshkent bilan Chinos oraligʻida, Chirchiq daryosi boʻyida unga qarshi lashkar toʻplaydi. Ilyosxoʻja Konibodom tomonidan ularga yaqinlashib kelgach, ikki taraf lashkarlari qarama-qarshi saf tortadi. Amir Husayn qoʻshinning barangʻarshta, uning qunbuliga esa arlot qabilasidan Tilonchi, hirovuliga Oʻljaytu qoʻmondonlik qiladi. Juvangʻarta Amir Temur, uning qunbuliga qipchoq qavmidan Sori Bugʻo, hirovuliga Temir Xoʻja Oʻgʻlon bosh boʻladi. Gʻulyaa Joku, Sayfuddin, Murod, Abbos Bahodir kabi atoqli amir va beklar jangga hozir turadi. Amir Temur va amir Husaynning birlashgan bu qoʻshini son jihatdan dushman lashkaridan ancha koʻp edi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, shunda Ilyosxoʻja halol jangda gʻolib kelolmasligini payqab, bir hiyla ishlatadi: yadachi yada toshi yordamida kuchli jala yogʻdiradi. Natijada jang maydoni loylanib, Amir Temur va amir Husayn qoʻshini mushkul ahvolda qoladi, kiyim-kechak, qurol-yarogʻlar shu darajada namiqib ketadiki, otliqning ham, piyodaning ham qimirlashga majoli yetmaydi (shu bois bu jang tarixda J. l. nomi bilan mashhur). Ilyosxoʻja lashkari esa kigiz yopinib, oʻzlarini yomgʻirdan pana qiladilar. Shunday ogʻir sharoitga qaramay, Amir Temur dushmanning barangʻariga qattiq zarba beradi. Lekin, shu asnoda dushman qoʻshinining qunbuli Tilonchi yetakchiligidagi qunbuldan ustun kelib, uni amir Husayn boshchiligidagi juvangʻargacha quvib boradi. Amir Husayn askarlari sarosimaga tushib, qocha boshlaydi. Qoʻshinning oʻng qanotidagi bu xatarli vaziyatni koʻrgan Amir Temur oʻz qoʻl ostidagi navkarlar bilan dushmanning amir Shamsuddin boshchiligidagi juvangʻariga kuchli zarba berib, uni toʻzitib yuboradi. Soʻng , u amir Husaynga chopar yuborib, qoʻlga kiritilgan gʻalabani mustahkamlash uchun dushmanning asosiy kuchlariga birgalikda hujum qilish lozimligini maʼlum qiladi. Ammo, amir Husayn bunga koʻnmaydi. Ertasi ertalab yana jang boshlanib, Ilyosxoʻja qoʻshini yengiladi. Amir Temur va amir Husayn uni quvib ketayotib, amir Shamsuddin boshchiligidagi juvangʻardan ajralib qolgan moʻgʻullar toʻdasiga duch kelib, ular bilan jang qilishga majbur boʻladi. Shunda dushman parokanda navkarlarini toʻplab, qayta tartibga keltirishga muvaffaq boʻladida, tashabbusni oʻz qoʻliga olib, kuchli zarba bilan Amir Temur va amir Husayn qoʻshinini ikkiga ajratib yuboradi va gʻalaba qozonadi. 10 mingdan ortiq askaridan ayrilgan Amir Temur va amir Husayn Kesh tomon chekinadi.


Download 22,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish